Ichki (mnemonik, yunonchadan “mnemonikon” eslab qolish madaniyati) harakatlarga materialni eslab qolish, uni tartibga solish va tashkil etish, shuningdek, tasavvur va fikrlash harakatlari kiradi.
Har qanday bilimni o‘zlashtirishda o‘quvchilardan idrok etish madaniyatiga ega bo‘lish va o‘quv materialini anglab yetish talab etiladi. Pedagogik jarayonda o‘quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning ma’nosini yetarli darajada tushunmay, faqat tovushlar birligi sifatida qabul qilinishi va yodlab olinishi xavfilidir.
Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining tuzilishi.O‘quvchilarning o‘quv faoliyatlarini samarali boshqarish uchun bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining mohiyati hamda bilimlarning egallash bosqichlaridan yetarlicha xabardor bo‘lish. Bilimlarning egallash quyidagi bosqichlarda kechadi:
Bilimlarni egallash bosqichlari
Bilimlarni egallashda o‘zlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar bosqichma-bosqich boyib va mustahkamlanib boradi. Bu holat bilimlarni egallashning dinamik xarakterini ifodalaydi. Jarayonni sxema yordamida quyidagicha ifodalash mumkin:
Birinchi bosqich idrok etish hisoblanadi. Idrok etish aniq maqsadga yo‘naltirilgan anglash jarayoni bo‘lib, u tanlash xususiyatiga ega. Shu bois o‘quvchilarga mavzuni, ya’ni, ularning nimani o‘rganishlari (masalani qo‘yish)ni tushuntirib berish orqali o‘quv materiali bilan dastlabki tanishish amalga oshiriladi. Mazkur bosqich o‘quvchi qaysi hodisa va voqealarni, predmetlarni o‘rganish haqida yetarlicha tasavvurga ega bo‘lganida va o‘quv masalasini tushunib yetganda yakunlanadi.
Ikkinchi bosqich o‘quv materialini anglab yetish bo‘lib, u ma’lumotlarning nazariy jihatlarini ajratib olish va tahlil qilishdan iborat. Bunda asosiy mazmunni topish, tushunchani ajratib olish, ularning belgilarini asoslab berish, tushuntirish materialning xususiyatini aniqlab olish, misollar va tushuntiruvchi dalillar to‘plamini o‘rganib chiqishi kerak. O‘quvchi eng asosiy, ikkinchi darajali hamda qo‘shimcha, tushuntiruvchi elementlarni ajrata olishi lozim. O‘quvchi o‘quv masalasini yechish usulini tushunsa, bilimlar o‘rtasidagi tizimni anglab yetsa ushbu bosqich yakunlangan sanaladi.
Uchinchi bosqich – eslab qolish va mustahkamlash bo‘lib, o‘zlashtirilgan bilimlarni uzoq vaqt davomida saqlab qolishdan iborat. Unda idrok etish faoliyati ko‘proq mashqlar, mustaqil va ijodiy masalalar xususiyatiga ega bo‘ladi. Nazariy material, tushuncha, qoida, isbotlar turli mashqlarda takrorlanadi. O‘qituvchi o‘quvchilarning topshiriqlarni tushunib bajarishlarini kuzatib borishi kerak. O‘quvchilar matnlarni mexanik ko‘chirib olishlari, topshiriqlarni bajarishlari, qoida va tushunchalarni chuqur anglab yetmay bajarishlari mumkin. Bosqich yakunida o‘quvchilar nazariy materiallarni biladilar va ulardan mashqlarni bajarish, masalani yechish, teoremani isbotlashda foydalanishni biladilar. Ularda o‘quv malakalari va ko‘nikmalari shakllantirilgan bo‘ladi.
To‘rtinchi bosqich bilimlarni amaliyotda qo‘llashdan iborat. Bilimlarni qo‘llash o‘rganilayotgan materialning mazmuni xususiyatiga qarab faoliyat turli shakllari va ko‘rinishlarida amalga oshirilishi mumkin. Bu o‘quv mashqlari, laboratoriya ishlari, tadqiqot topshiriqlari, maktab yer maydonidagi ishlar bo‘lishi mumkin.
Ta’limning gnoseologik asoslari.O‘quv jarayonini mantiqiy qurilishi ta’lim mazmunining gnoseologik xususiyatlariga bog‘liq.
Muhammad al-Xorazmiy (IX asr) bilish nazariyasi rivojlanishiga katta hissasini qo‘shgan. U birinchi bo‘lib koinot ob’yektlarining harakatlari hamda yerdagi nuqtalarining joylashishini jadval ko‘rinishida aks ettirib, tajriba-kuzatish va tadqiqotlar metodlarini ilmiy jihatdan asoslab berdi, yagonalikning birligi tamoyili, alohida va umumiy, induksiya va deduksiyalarning mohiyatini aniqlashtirdi; matematik masalalarni yechishning algoritmik metodini ishlab chiqdi. Bu metoddan bugungi kunda ham foydalanib kelinmoqda.
Al-Kindiy (IX asr) ilmiy bilishning uch bosqichli konsepsiyasini ilgari suradi. Alloma insonning bilishini: sezgiga oid va ratsional bilish tarzida ikkiga ajratadi. Sezib bilishning predmeti va obyekti barcha jism va moddiy narsalar hisoblanadi. Kindiyning fikricha, sezib bilish aql uchun muhim materialni beradi.”Faqatgina aql tashqi dunyo haqida haqiqiy bilim va tushunchani ishlab chiqishga qodir”, - deb hisoblaydi Kindiy.
Abu Nasr Forobiy (X asr) Kindiy g‘oyalarining mohiyatini aniqlashtiradi. Biror narsani bilishga intilgan inson avvalo uning ma’lum holatini o‘rganadi, mavjud bilimlarini o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan bilimlarga yo‘naltiradi. Alloma fanlar klassifikatsiyasi, bilish faoliyatini tashkil etishga oid tavsiyalarni ishlab chiqadi. “Yaxshi nazariyotchi bo‘lish uchun deydi, - Abu Nasr Forobiy, - qaysi fan bilan shug‘ullanishidan qat’iy nazar quyidagi uchta shartga amal qilish kerak: