O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


O‘quvchining mavjud rivojlanish darajasi bilan ijtimoiy buyurtmada ko‘zda tutiluvchi rivojlanish darajasi o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Agarda ijtimoiy



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə90/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   146
Укув кулланма 2022

O‘quvchining mavjud rivojlanish darajasi bilan ijtimoiy buyurtmada ko‘zda tutiluvchi rivojlanish darajasi o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Agarda ijtimoiy


talab bolaning idrok etish imkoniyatidan yuqori bo‘lsa, unda jiddiy qiyinchilik yuzaga keladi.

  1. Aksiologik (yunoncha “axios” – qimmatli, logiya – fan) yondashuv – qadriyatlar haqidagi falsafiy ta’limot bo‘lib, unga ko‘ra ta’lim jarayonida o‘quvchi hayot, sog‘liq, muhabbat, oila, ta’lim, mehnat, tinchlik, ishonch, go‘zallik, ijod, insoniylik va shu kabi qadriyatlar bilan tanishtirib borilishi lozim.

  1. Ta’lim qonuniyatlari va prinsiplari. O‘quv jarayonida amal qiluvchi barcha qonuniyatlar umumiy va xususiy xarakter kasb etishiga ko‘ra ikki guruhga ajratiladi. Amal qilinishiga ko‘ra yaxlit didaktik tizimni qamrab oladigan qonuniyatlar umumiy, amal qilinishiga ko‘ra faqat alohida tarkibiy qismlariga tegishli bo‘lgan qonuniyatlar esa xususiy deb ataladi.

Ta’lim qonuniyatlari quyidagilardan iborat: 1) ta’lim omillari, shart-sharoitlari va natijalari o‘rtasida o‘zaro aloqadorlikning mavjudligi; 2) ta’lim jarayonining ijtimoiy omillar va jamiyat ehtiyojlari bilan bog‘liqligi; 3) ta’lim, rivojlanish va tarbiyaning o‘zaro birligi; 4) har qanday ta’lim jarayonida o‘qituvchi, o‘quvchi va o‘rganilayotgan obyektlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning talab etilishi; 5) ta’lim jarayoni samaradorligining o‘quvchilar tomonidan ko‘rsatiladigan o‘quv faolligi asosida ta’minlanishi; 6) malakalarning muayyan operatsiya va harakatlarning muntazam, ko‘p bora takrorlanishi natijasida hosil bo‘lishi; 7) o‘zlashtirishning puxtaligi takrorlashning izchilligiga bog‘liq ekanligi; 8) o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan murakkab faoliyat usullarining o‘qituvchi tomonidan ularga eng oddiy faoliyat usullarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishi natijasi ekanligi.
Ta’lim qonuniyatlari asosida unga qo‘yiladigan talablar – ta’lim tamoyillari aniqlanadi.

Ta’lim jarayonida quyidagi tamoyillar ustuvor xarakter kasb etadi: ijtimoiy- g‘oyaviylik; onglilik va faollik; ilmiylik va tushunarlilik; ko‘rgazmalilik; mustahkamlik; tarbiyalovchi xarakterga egalik; fundamentallik va amaliy yo‘nalganlik (ta’limning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi); tabiat bilan uyg‘unlik; madaniy taraqqiyot bilan uyg‘unlik; ta’limning o‘quvchilar yoshi va individual xususiyatlariga mos kelishi; insonparvarlik; oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning muvofiqliligi; pedagogik hamkorlik.


  1. Yüklə 1,55 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin