O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Xususiy pedagogik yoki didaktik yondashuv



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə89/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   146
Укув кулланма 2022

Xususiy pedagogik yoki didaktik yondashuv yaxlit ta’lim jarayonining borishini belgilab beruvchi bilim olish bosqichlari (o‘quv materialini o‘rganishni, uni anglab yetish, mustahkamlash, amaliy faoliyatda bilimlarini qo‘llash)ni ifodalaydi. Mazkur yondashuvga ko‘ra ta’lim mazmuni o‘quvchilar tomonidan bilim egallash bosqichlarining ketma-ketligiga amal qilish asosida faoliyatni tashkil etishdan iborat.

  • Psixologik yondashuv L.S.Vigotskiyning (1896-1934 yillar) ta’limning shaxs rivojlanishida asosiy omil bo‘lishi haqidagi “yaqin rivojlanish zonasi” deb yuritiluvchi qarashining yaratilishi bilan bog‘liq. Unga ko‘ra, ta’lim faqat yaqin zonada qurilganda, hali to‘la shakllanmagan, lekin o‘quv jarayonini qurishga asos bo‘la oladigan mexanik harakatlar asoslangandagina mazmunga ega bo‘ladi.

  • Dialektik yondashuv tabiat, jamiyat va fikrlashning harakatlanishi hamda rivojlanishi borasidagi umumiy qonunlarni yorituvchi falsafiy ta’limotga asoslanadi. Unga ko‘ra ta’lim jarayoni inson ongining borliqni aks ettira olishiga imkon berishi zarur. Haqiqatni bilish murakkab jarayon. Dialektik yondashish g‘oyasiga ko‘ra rivojlanishning asosi qarama-qarshilik hisoblanadi. Rivojlanish qarama-qarshi kuchlar kurashidir.

    Dialektik yondashishga binoan ta’lim jarayonining asosiy qarama-qarshiliklari quyidagilar sanaladi:

    1. Ijtimoiy-tarixiy (ilmiy) bilimlar hajmi va o‘quvchi o‘zlashtirgan bilimlar hajmi o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshilik ta’lim jarayonini harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. U ta’lim mazmunini doimiy takomillashtirishga olib keladi. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini ijtimoiy-texnik taraqqiyot darajasiga yaqinlashtirish zaruriyati ta’lim mazmunini tubdan yangilash, uni yangi tamoyil, shakl, metod va vositalarini izlashni muhim ijtimoiy vazifa qilib qo‘ymoqda.

    2. O‘quvchining bilimi va u egallab olishi kerak bo‘lgan shakl, metod va vositalari) darajasi o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshilikni hal etish o‘quvchining intellektual rivojlanishi sur’ati va darajasiga bog‘liq. Bir xil mazmun va hajmdagi o‘quv materiali ham aqliy rivojlanishning turli ko‘rsatkichlari orqali namoyon bo‘lishi mumkin.

    3. Yüklə 1,55 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   146




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin