O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə88/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   146
Укув кулланма 2022

1) fan asosida yotuvchi barcha tamoyillarni yaxshi bilishi; 2) ushbu tamoyil va ma’lumotlar asosida zarur xulosani chiqarishi, ya’ni, mulohaza yuritish qoidalarini bilishi kerak; 3) xato nazariyalarni isbotlab berish va boshqa mualliflar fikrlarini tahlil qilishni, shuningdek, haqiqatni yolg‘ondan ajratish va xatoni tuzatishni bilishi zarur.


Abu Rayhon Beruniy Beruniy (XI asr) bilishni uzluksiz, to‘xtovsiz davom etadigan jarayon sifatida tushunadi. Allomaning fikricha, insoniyat borliqning haqiqiy mohiyati, hozircha noma’lum bo‘lgan jihatlarini kelajakda bilib oladi.
Abu Ali ibn Sinoning (XI asr) bilish nazariyasida sabab haqidagi ta’limot alohida o‘rin oladi. U sabablarni aniq, sezish asosida anglanadigan va yashirin, tashqi holatlarini tahlil etish asosida tushuniladigan sabablarga ajratadi va hodisaning mohiyati uning yuzaga kelish sabablarini aniqlash yo‘li bilan anglanishi mumkin deb hisoblaydi.
Chex pedagogi Y.A.Komenskiy XVII asrda ta’lim jarayonining mohiyatini ilmiy asoslashga urindi. Alloma bolaning aqliy, jismoniy o‘sishini tabiiy qonuniyatga muvofiq kelishi g‘oyasini asoslangan holda ta’lim jarayoni, uning tuzilishi, tamoyil va metodlari belgilaydi. Y.A.Komenskiy ushbu g‘oyasi G‘arb olimlarining ta’lim jarayonining gnoseologik asoslarini ko‘rsatish, o‘quv jarayoniga tabiiy va ijtimoiy qonuniyatlar ta’sirini yoritishga urinishlaridan biridir.
XVIII asrda fransuz olimi Jan Jak Russo ham insonning tabiat va jamiyatdagi o‘rni haqidagi falsafiy g‘oyalar asosida ta’lim mohiyatini ochib berishga uringan. Uning fikricha, ta’lim jarayonining mohiyati bolaning atrof-muhitni bilishiga asoslanadi.
Hozirda ta’lim mohiyatini tushunishga turlicha yondashuv mavjud. Ya’ni:

  1. Sotsiologik yondashuvga ko‘ra ta’limning mohiyati ijtimoiy tajribalarni yoshlarga yetkazishdan iborat. O‘quvchilar insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasi natijalari bo‘lgan bilimlarni o‘rganadilar. Ta’limning mazmuni o‘quvchilarga ajdodlar tajribasini o‘zlashtirishga xizmat qiluvchi jarayonini tashkil etishdan iborat. Bu qoida ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning muhim omili – shaxs kamolotini tushunishga ilmiy yondashishni anglatadi.


  2. Yüklə 1,55 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin