O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Тamom bo‘lmagan va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə99/126
tarix12.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#112156
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   126
jinoyat huquqi

15.4. Тamom bo‘lmagan va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash

Sud sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlarni e’tiborga olib, alohida hollarda ushbu kodeks «Maxsus» qismining moddasida nazarda tutilgan mazkur jinoyat uchun belgilangan jazoning eng kam qismidan ham kamroq yoki shu moddada nazarda tutilmagan boshqa yengilroq turdagi jazoni tayinlash mumkin.


Sud shu asoslarni e’tiborga olib, ushbu kodeks «Maxsus» qismining moddasida qo‘llanilishi shart, deb ko‘rsatilgan qo‘shimcha jazoni tayinlamasligi ham mumkin.
Sodir etilgan qilmish xususiyatlarini ifodalovchi holatlar, ya’ni aybdorning shaxsi, aybning shakli va darajasi, jinoyat qilish sharoiti va sabablari, shaxsning jinoyat sodir qilguncha va undan keyingi xulq-atvori jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamay­tiruvchi holatlar, deb topilishi mumkin.


15.5. Bir necha jinoyat uchun jazo tayinlash

Huquqiy davlat qurishda, avvalo, qonunlarga tayangan holda insonparvarlik va odillik tamoyillari asosida odil sudlovni amalga oshirish lozimdir. Mazkur tamoyillarga to‘liq rioya qilish Jinoyat qonuni talablari og‘ishmay bajarilishini taqozo etadi. Jinoyat qonunida bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash instituti mavjud bo‘lib, bu norma talablariga rioya qilmaslik yuqoridagi tamoyillarning buzilishiga olib keladi. Ushbu qoida buzilishini bartaraf qilishda ko‘maklashish maqsadida bir necha jinoyat uchun jazo tayinlashga oid qoidalarni qisman bo‘lsa-da yoritib berishni lozim, deb topdik. Jinoyat kodeksining 59-mod­dasiga binoan bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlashni quyidagi tartibda amalga oshirish nazarda tutilgan:


Shaxs «Maxsus» qismning turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyatni sodir etgan bo‘lib, ulardan birortasi uchun ham sudlangan bo‘lmasa, sud ushbu kodeksning 54-mod­dasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq, har qaysi qilmish uchun jazo tayinlab, so‘ngra tayinlangan yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan jinoyatlar majmuyi bo‘yicha jazo tayinlaydi.
Agar jinoyatlar majmuyini faqat ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar tashkil etsa, unda tayinlangan yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi. Bunda uzil-kesil tayinlangan jazo sodir etilgan jinoyatlardan eng og‘iri uchun nazarda tutilgan eng ko‘p jazo muddatidan yoki me’yoridan ortiq bo‘lmasligi lozim.
Agar jinoyatlar majmuyini tashkil etuvchi jinoyatlardan loaqal bittasi og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat bo‘lsa, ushbu kodeksning «Umumiy» qismida shu jazo turi uchun belgilangan doirada tayinlangan jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan jazo uzil-kesil tayinlanadi. Jinoyatlar majmuyi bo‘yicha har xil turdagi jazolarni qo‘shish yo‘li bilan jazo tayinlashda ushbu kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinib, jazoning og‘irroq turi uzil-kesil tayinlanadi.
Jinoyatlar majmuyi bo‘yicha tayinlangan asosiy jazoga sud ayrim jinoyatlar uchun tayinlangan qo‘shimcha jazolarni ham qo‘shishi mumkin. Bunda muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qo‘shimcha jazoning uzil-kesil tayinlangan muddati ushbu kodeksning 45-moddasida nazarda tutilgan eng ko‘p muddatdan ortiq bo‘lmasligi lozim.
Agar ish bo‘yicha hukm chiqarilganidan keyin mahkumning ana shu ish bo‘yicha chiqarilgan hukmga qadar sodir etilgan yana boshqa jinoyatda aybli ekanligi aniqlansa ham jazo o‘sha tartibda tayinlanadi. Bunday holda jinoyatlar majmuyi bo‘yicha sud tomonidan tayinlangan jazo muddatiga birinchi hukm yuzasidan jazoning o‘talgan qismi qo‘shiladi.
Yuqoridagi jinoyatlar jami bo‘yicha jazo tayinlash qoidalari quyidagi hollarda qo‘llaniladi:

1) jinoiy qilmish jinoyat qonunining turli moddalari bilan kvalifikatsiya qilinganda;


2) shaxs bir xildagi bir necha harakatlarni sodir etgan bo‘lib, ulardan biri tugallangan jinoyat tariqasida, boshqalari esa, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish, suiqasd yoki ishtirokchilik tariqasida kvalifi­katsiya qilinganda;
3) ish bo‘yicha hukm chiqarilgandan keyin mahkumning birinchi ish bo‘yicha chiqarilgan hukmgacha yana boshqa jinoyatda aybdorligi aniqlanganida.

Jinoyatlar majmuyi tariqasida aybdorga jazo tayinlash ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda sud Jinoyat kodeksining 54-moddasida belgilangan jazo tayinlash qoidalarini qo‘llagan holda aybdor sodir etgan har qaysi jinoyatga alohida jazo tayinlaydi. Bunda sud har qaysi jinoyat uchun alohida-alohida asosiy jazoni tayinlaydi va agar zarur bo‘lsa, har bir jinoyatning xususiyatiga qarab qo‘shimcha jazo tayinlaydi. Jinoyatlar majmuyini tashkil etuvchi har qaysi jinoyat uchun alohida jazo tayinlash Jinoyat kodeksining 59-moddasining muhim talabidir va undan chetga chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu qoidaning jazo tayin­lashdagi ijobiy xususiyatlarini quyidagilarda ko‘rish mumkin:


a) jinoyatlar majmuyiga kiruvchi alohida jinoyatlar uchun amnistiya va avf etishni ancha yengillashtiradi;


b) bunday jinoyatlar kassatsiya yoki nazorat tartibida ko‘rilganda har bir jinoyat uchun jazoni yengillashtiruvchi yoki og‘irlash­tiruvchi holatlarini e’tiborga olishda;
d) ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilinganlarga nisbatan jazoni o‘tash koloniyasi rejimi turini belgilashda, shaxsni o‘ta xavfli retsidivist, deb topish masalalarini hal qilishni osonlashtiradi.

Agar sud aybdorga jazo tayinlashda Jinoyat kodeksining 57-mod­dasini qo‘llashni zarur, deb topsa, bu masalani birinchi bosqichda, ya’ni har qaysi jinoyat uchun alohida jazo tayinlashda hal qilishi lozim. Ikkinchi bosqichda sud tegishli jazo turini belgilovchi Jinoyat kodeksining «Umumiy» qismi moddalarida belgilangan doirada ayrim jinoyatlar uchun tayinlangan jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish yo‘li bilan aybdorga u sodir etgan barcha jinoyatlar jami uchun jazo tayinlaydi, masalan, aybdor ikkita jinoyatni sodir etib, sud bir jinoyat uchun bir yil, ikkinchi jinoyat uchun ikki yil muddatga axloq tuzatish ishiga hukm qilib, ish haqidan 20 foizdan ushlab qolishni belgilagan bo‘lsa, jinoyatlarning har biri uchun tayinlangan muddatlarni qisman qo‘shib, jinoyatlar jami tariqasida ikki yarim yil, to‘la qo‘shish yo‘li bilan uch yil muddatga axloq tuzatish ishiga hukm qilishi va ish haqidan 20 foiz ushlab qolishni tayinlaydi. Chunki Jinoyat kodeksining 46-moddasiga ko‘ra, jinoyat sodir qilgan shaxslarga nisbatan axloq tuzatish ishlari uch yildan ortiq muddatga tayinlanishi mumkin emas. Masalan, sodir etilgan ikkita jinoyatdan biri uchun sud aybdorga uning ish haqidan 15 foizini ushlab qolish bilan bir yil axloq tuzatish ishlarini, boshqa jinoyat uchun ham ish haqidan 25 foizini ushlab qolish bilan bir yil axloq tuzatish ishlari tayinlangan. Jinoyatlar majmuyi tariqasida sud aybdorga ish joyi bo‘yicha ish haqidan 25 foizini, yana bir yil davomida 15 foizini davlat foydasiga ushlab qolish bilan ikki yil axloq tuzatish ishlari tayinlagan. Agar jinoyatlar 18 yoshga to‘lmagan, voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, jarima, axloq tuzatish ishlari va qamoq turdagi jazolar Jinoyat kodeksining 82, 83, 84-moddalarida belgilangan doirada qo‘shiladi.


Shaxsning sodir etgan jinoyatlari uchun sud aybdorga har xil turdagi jazolarni tayinlashi ham mumkin. Masalan, bitta jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish, boshqasi uchun axloq tuzatish ishlari qamoq yoki jarima va boshqa jazolar. Jinoyatlar majmuyini tashkil etuvchi ayrim jinoyatlar uchun turli xil jazolarni qo‘shish masalasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi, 2-qismida yoritib berilgan. Qonunga binoan sud mazmuniga ko‘ra, jinoyatlar majmuyini tashkil etuvchi jinoyatlar uchun jazolarni to‘la yoki qisman qo‘shish masalasini qonunda belgilangan jazo tayinlash talablarini hisobga olgan holda o‘z ixtiyori bilan hal qiladi.
Jinoyat kodeksining 59-moddasi, 5-qismida «jinoyatlar maj­muyi tariqasida tayinlangan asosiy jazoga sud ayrim jinoyatlar uchun tayinlangan qo‘shimcha jazolarni ham qo‘shib tayinlash mumkin», deyilgan. Jinoyatlar majmuyiga kiruvchi ayrim jinoyatlar uchun qo‘shimcha jazolar dastlab asossiz ravishda tayinlangan bo‘lsa, yuqori turuvchi sudlar keyingi instansiya tartibida jinoyat ishlarini ko‘rishda ularni hukmdan chiqarib tashlaydi. Jinoyatlar majmuyi tariqasida tayinlangan asosiy jazoga ayrim jinoyatlar uchun tayinlangan bir necha turli xil qo‘shimcha jazolarni tayinlash mumkin. Masalan, harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish va muayyan huquqdan mahrum qilish.
Jinoyat kodeksining 59-moddasi, 4-qismida ko‘zda tutilgan holatlarda jazo tayinlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
yangi aniqlangan jinoyat ishi uchun 59-modda talablariga ko‘ra, 54-modda asosida alohida jazo tayinlanadi;
yangi aniqlangan jinoyat ish bo‘yicha tayinlangan jazoga oldingi ishi bo‘yicha tayinlangan jazolar qo‘shiladi.

Jinoyatlar jami uchun belgilangan qat’iy jazo birinchi hukm bo‘yicha tayinlangan jazodan kam bo‘lishi mumkin emas, chunki bunday holda jazolarni qo‘shish vaqtida birinchi hukm bo‘yicha tayinlangan jazoning o‘talmagan qismidan emas, balki uning to‘liq miqdoridan kelib chiqiladi. Jinoyatlar jami bo‘yicha tayinlangan jazodan chegirib, keyingi ish bo‘yicha sudgacha ehtiyot chorasi yoki ushlab turish tartibida qamoqda o‘tirgan vaqti va birinchi hukm bo‘yicha o‘talgan jazo muddati chegirib tashlanadi.





Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin