O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə101/126
tarix12.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#112156
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   126
jinoyat huquqi

QILISHNING ТURLARI


16.1. Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish va
uning turlari

Jinoyat qonuniga muvofiq, sodir etgan qilmishida jinoyat tarkibi mavjud bo‘lgan, shuningdek, jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxs ham jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish instituti sodir etilgan qilmish Jinoyat kodeksida javobgarlik belgilangan jinoyatni sodir etishdan ixtiyoriy qaytish (26-modda), muayyan jinoyat tarkibi mavjud bo‘lgan, ammo kam ahamiyatli qilmish (36-modda), zaruriy mu­dofaa (37-modda), oxirgi zarurat (38-modda), ijtimoiy xavfli qil­­­mish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish (39-mod­­­da), buyruq yoki vazifani ijro etish, kasb yoki xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilik kabi jinoyat huquqiy munosabatlarda qilmishning jinoiyligini istisno etuvchi holatlar tushunchasi bilan ifodalanuvchi holatlardan farq qiladi. Chunki jinoiy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi normalar sodir etgan qilmishi jinoyat bo‘lmagan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Boshqacha qilib aytganda, bunday qilmishlar aybsizlik mezoni bilan baholanadi.


Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish shaxsni oqlashdan ham farq qiladi. Shaxsni oqlash, oqlovchi hukm chiqarishga asos bo‘lgan jinoyat tarkibining mavjud emasligi yoki sodir etilgan jinoyatga shaxsning aloqador emasligida ifodalanadi.
Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun ikki belgi mavjud bo‘lishi lozim:

a) shaxsning jinoyat tarkibi mavjud bo‘lgan qilmishni sodir etishi, shuningdek, uni jinoiy javobgarlikka tortish uchun barcha asoslarning mavjud bo‘lishi;


b) mazkur shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun barcha qonuniy asos va shart-sharoitlarning mavjud bo‘lishi.

Shaxs tomonidan sodir etilgan qilmishda jinoyat tarkibi belgilarining mavjud bo‘lmasligi, uni jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lmaydi.


Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish o‘z mazmuniga ko‘ra, shaxsni sodir etilgan qilmishning huquqiy oqibatlaridan ozod qilishdan iboratdir. Shaxsni jinoiy javobgarlikdan har qanday asoslarga ko‘ra ozod qilish qilmishning huquqiy tabiatini o‘zgartirmaydi. Chunki sodir etilgan qilmish doimo jinoyat bo‘lib qolaveradi va o‘z mohiyatini o‘zgartirmaydi.
Demak, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish – vakolatli davlat organining sudlov yoki ayblovni bekor qilish, shuningdek, jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan davlat majburlov chorasini qo‘llashni bekor qilish haqidagi akti.
Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish ikkiga bo‘linadi:

birinchisi shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish muddatining o‘tganligi yoki amnistiya akti asosida jinoiy javobgarlikdan ozod qilish.


Qonunda ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lgan hollarda jinoyat ishini ko‘rayotgan surishtiruv, tergov organlari va sud shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilishi va jinoyat ishini yuritishni tugatishi lozim. Bu Jinoyat kodeksining 64-moddasida belgilangan jinoiy javobgarlikka tortish muddatining o‘tishi yoki amnistiya aktining qo‘llanishi to‘g‘risidagi qoidalardan kelib chiqadi.
Jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning ikkinchi turiga, javobgarlikdan ozod qilishning qolgan barcha turlari kiradi: qilmish yoki shaxsni ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi munosabati bilan; aybdorning o‘z qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan; yarashganlik munosabati bilan; kasalligi tufayli javobgarlikdan ozod qilish (65–67-moddalar) va voyaga yetmagan shaxsga nisbatan majburlov chorasini qo‘llagan holatda javob­garlikdan ozod qilish (88-modda) kiradi. Bu moddalarda ko‘rsa­tilgan holatlar surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud uchun majburiyat keltirib chiqarmaydi, balki bu ularning huquqlari bo‘lib hisoblanadi. Bu Jinoyat kodeksining jinoiy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi moddalarida belgilangan: «Jinoyat sodir etgan shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin», degan qonuniy asosga ko‘ra belgilanadi.
Jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning umumiy sharti shaxsning ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganligi hisoblanadi.
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan qilmish deganda, qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar tushuniladi.
Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarga esa, qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ortiq, lekin besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. Masalan, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o‘ldirish (Jinoyat kodeksining 100-moddasi), kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish (Jinoyat kodeksining 106-moddasi).
Jinoyat kodeksining 65–67-moddalariga asosan javobgarlikdan ozod qilishda jinoyatning tasnifidan tashqari boshqa holatlar, yetkazilgan zararning xususiyati, aybdorning shaxsi va ijtimoiy xavflilik darajasi ham e’tiborga olinishi lozim, bundan shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish maqsadga muvofiqliligi kelib chiqadi. Bunday holatlarga: jinoyat tufayli yetkazilgan zararning aniq miqdori va uni qoplanganligi haqidagi rasmiy ma’lumotlar, Fuqarolik kodeksida ko‘rsatilgan jismoniy va ma’naviy zararning qoplanganligi, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish masalasi ko‘rilayotgan shaxs haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, boshqa ma’lumotlar (oilaviy ahvoli, nima bilan shug‘ullanishi va boshqalar) kiradi. Jinoyat protsessual qonunchiligida belgilangan dalillar va jinoiy javobgar­likdan ozod qilish shartlari aniqlangan bo‘lishi lozim.
Yuqorida ko‘rsatilgan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish turidan farqli ravishda, kasalligi tufayli yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi, javobgarlikka tortish muddatining o‘tishi, shuning­dek, amnistiya akti bilan javobgarlikdan ozod qilishda sodir etilgan jinoyatning aniq bir turi ko‘rsatilmagan. Bunday ozod qilish ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni sodir etgan shaxs bilan bir qatorda og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Ikkinchi farqi shundaki, javobgarlikka tortish muddatining o‘tishi bilan yoki amnistiya akti asosida jinoiy javobgarlikdan ozod qilish jinoiy ishni ko‘rayotgan surishtiruv organlari, prokuratura va sud uchun qonunda belgilangan holatlar aniqlangan vaqtdan boshlab majburiy hisoblanadi.
Jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish tushunchasi bir-biridan mazmun jihatidan farq qiladi:

birinchidan, qo‘llanish asosiga ko‘ra, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish umumiy qoida bo‘yicha faqat ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilsa, jinoiy jazodan ozod qilishda jinoyatning tasnifi (og‘irlilik darajasi)ga qat’iy bog‘liq emas;


ikkinchidan, subyektiga ko‘ra, jinoyat protsessi ishtirokchisi tomonidan jinoiy javobgarlikdan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi ozod qilinishi mumkin. Jinoiy jazodan esa, faqat mahkum, shuningdek, sud hukmi e’lon qilingan shaxs ozod qilinishi mumkin.
Jinoiy javobgarlikdan shaxs, nafaqat, sud tomonidan, balki surishtiruv, tergov va prokuratura organlari tomonidan jinoiy ishni dastlabki tergov jarayonida yoki shaxs jinoyat protsessi ishtirokchisi bo‘lmay turib, ya’ni jinoyat ishini qo‘zg‘atishdan oldin ozod qilinishi mumkin. Jinoiy jazodan ozod qilish esa, faqat sud qarori bilan (jinoiy jazodan ozod qilib sudning hukmi, jinoyat ishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim yoki qaror) chiqarish bilan amalga oshiriladi.
Aynan bir asos ishning qaysi bosqichda ko‘rilayotganligiga qarab jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilishga ham xizmat qilishi mumkin. Yuqoridagi holat amnistiya aktiga tegishli bo‘lib, u shaxsga nisbatan sud hukmi chiqarilgunga qadar jinoiy javobgarlikdan, sud hukmi chiqarilganidan so‘ng esa, asosiy va qo‘shimcha jazodan ozod qilish uchun tatbiq etiladi.
Jinoyat kodeksida jazodan ozod qilishning quyidagi turlari ko‘rsatilgan:

1) javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosa­bati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish (64-modda);


2) qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi muno­sabati bilan javobgarlikdan ozod qilish (65-modda);
3) aybdor o‘z qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan­ligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish (66-modda);
4) yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish (661-modda)
5) kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish ( 67-modda);
6) amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish (68-modda);
7) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan majburlov chorasini qo‘llagan holatda javobgarlikdan ozod qilish (88-modda).

Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish huquqiy jihatdan jinoyat sodir etgan shaxsni sodir etilgan qilmishning barcha huquqiy oqibatlari: sud hukmi asosida davlat tomonidan tayinlanadigan va shaxsni rasmiy tarzda jinoyatchi, deb topadigan ta’sir chorasidan, jazodan va sudlanganlikdan ozod qiladi. Shuningdek, bu institutning qo‘llanilishi barcha turdagi jinoyat protsessual majburlov va ehtiyot choralarini bekor qiladi. Shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uning aybsizligini anglatmaydi va uni fuqarolik-huquqiy, masalan, sodir etgan qilmishi uchun mulkiy javobgarlikni qo‘llash, shu­ningdek, ma’muriy, intizomiy ta’sir choralaridan ozod qilmaydi.





Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin