O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə103/126
tarix12.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#112156
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   126
jinoyat huquqi

16.3. Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini
yo‘qotganligi munosabati bilan jinoiy
javobgarlikdan ozod qilish

Ishni tergov qilish yoki sudda ko‘rish vaqtida sharoit o‘zgarganligi tufayli sodir etilgan qilmish yoki jinoyat sodir etgan shaxs o‘zining ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotgan deb topilsa, jinoyat sodir etgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. Bu normada ikki mustaqil, lekin ma’no va mazmun jihatdan jinoiy javobgarlikdan ozod qilishda bir-biriga yaqin bo‘lgan asoslar ko‘rsatilgan: sharoit o‘zgarganligi tufayli qilmishning ijtimoiy xavfliligini yo‘qotishi va sharoitning o‘zgarishi bilan shaxsning ijtimoiy xavfliligini yo‘qotishi.


Bu ikki asos mavjud bo‘lishi uchun ish tergov qilish yoki sudda ko‘rilishi jarayonida obyektiv holatning shunday o‘zgarishi tushuniladiki, bu holat natijasida shaxs yoki sodir etilgan qilmish yoxud ikkisi ham bir vaqtning o‘zida ijtimoiy xavfliligini yo‘qotadi. Shu bilan bir qatorda bu jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning ikki turining tabiati va aniq asosi bir xil emas.
Qilmishning ijtimoiy xavfliligini yo‘qotishi uchun ikki asos bo‘lishi lozim:

a) sharoitning o‘zgarishi;


b) mazkur o‘zgarish qilmishning ijtimoiy xavfliligini yo‘qoti­shiga olib kelishi.

Sharoitning o‘zgarishi deganda, obyektiv voqeiylikning o‘zga­rishi bois sodir etilgan jinoyatning yangi ijtimoiy sharoitlarda o‘zining ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi tushuniladi. Odatda, obyektiv holatning o‘zgarishi, nafaqat, mavjud ijtimoiy xavfli qilmishning, balki shu turdagi ijtimoiy xavfli qilmishlarning ham ijtimoiy xavfliligi yo‘qotilishiga olib keladi. Ayni vaqtda sharoitning o‘zgarishi butun davlat miqyosida (umumiy), shuningdek, mu’lum bir hududda (lokal) ham bo‘lishi mumkin. Bu shart-sharoitning o‘zgarishi aybdor shaxsning xohish-irodasidan tashqarida sodir bo‘lib, jamiyatning barcha fuqarolariga yoxud muayyan viloyat, tuman va hokazolar aholisiga, xodimi va ishchilariga taalluqli bo‘lishidir. Masalan, g‘ayriqonuniy ravishda taqiqilangan joyda baliq ovlash ijtimoiy xavfli hisoblanib, Jinoyat kodeksining 204-mod­dasiga ko‘ra javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi. Agar baliqlarning ko‘payib ketishi yoki hayvonot olamining qirilib ketishi natijasida ov qilishga ruxsat berilgan bo‘lsa, bunday harakat jinoyat hisoblanmaydi.


Bu o‘zgarishlar uncha ko‘p uchramaydi va bu asosga ko‘ra javobgarlikdan ozod qilish istisno qiluvchi xususiyatga ega. Bu holatning o‘zgarishi bevosita jinoyat tushunchasi bilan bog‘liq, bundan ikki xulosa kelib chiqadi:

1) bunday holatda javobgarlikdan ozod qilish fakultativ emas, balki majburiydir;


2) bu sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavfliligiga va aybla­nuvchining shaxsiga bog‘liq bo‘lmaydi.

Yuqorida qayd etilganlardan jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning birinchisida obyektiv holatning shunday o‘zgarganligi tushuniladiki, buning oqibatida oldingi ijtimoiy xavfli va jinoiy jazoga sazovor qilmish o‘zining ijtimoiy xavfliligini yo‘qotadi, ya’ni qilmishning jinoiyligini yo‘qotishi, qilmishga nisbatan yangi obyektiv sharoitda ma’muriy yoki intizomiy ta’sir chorasi qo‘llanishi mumkinligini istisno etmaydi.


Ikkinchi asos ham tashqi shart-sharoitning o‘zgarishini ifodalaydi. Qilmishning ijtimoiy xavfliligini yo‘qotuvchi holatdan farqli ravishda, u shaxs tomonidan jinoyat sodir etilgunga qadar yoki jinoyat sodir etilgandan so‘ng sharoitning o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, aybdor shaxsni ijtimoiy xavflilik nuqtayi nazaridan huquqiy baholashning o‘zgarishidir. Jinoyat sodir etgan shaxsni ijtimoiy xavfli emas, deb topish uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni sodir qilishda aybdor bo‘lgan shaxsni, ba’zi holatlar munosabati bilan xavflilik darajasi yo‘qolgan, deb hisoblashdan iboratdir. Masalan, harbiy xizmatni o‘tashga chaqirilgan shaxs uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir qilgan bo‘lsa, tergov organi yoki sud uni javobgarlikdan ozod qilib, harbiy xizmatni o‘tashiga imkon berishi mumkin. Bunda jinoyatning xavflilik darajasi o‘zgarmaydi, balki shu jinoyatni sodir qilishda aybdor bo‘lgan shaxs bundan so‘ng xavfli emas, deb topiladi. Bu holatda ijtimoiy xavfli qilmish yoki muayyan hududdagi sharoitning o‘zgarishi emas, balki jinoyat sodir etgan shaxsning o‘zi yuridik jihatdan baholanadi.
Shaxsning yoki qilmishning ijtimoiy xavfliligini yo‘qotgan, deb topish uchun, dastlabki tergov, sud majlisi yoki undan so‘ng vujudga kelganligini e’tiborga olish lozim. Vaziyatning o‘zgarishi bilan ayblanuvchi shaxs surishtiruvchi yoki tergovchining prokuror roziligi bilan qabul qilgan qarori, prokurorning qarori, sudning jinoyat ishini tugatish haqidagi qarori yoki ajrimiga ko‘ra, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. Agar shaxs ishning tugatilishiga qarshilik bildirsa, bunday holatda ish tugatilmaydi. Bunday holatda ish umumiy tartibda ko‘rilib, sudning ayblov yoki oqlov hukmi chiqarilishi bilan tugatiladi.
Shaxs yoki qilmish ijtimoiy xavfliligini yo‘qotishi sababli aybdorni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish muayyan ijtimoiy munosabatlarning dekriminalizatsiya qilinishi, deb hisoblash uchun asos bo‘la olmaydi. Dekriminalizatsiyada jinoyat tarikibi – obyekti bo‘lmaganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘lmaydi. Bunda shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun asoslar mavjud bo‘lmaydi.



Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin