O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Koyne - qardosh lahjalarning aralashuvidan yuzaga keladigan, natijada ularning o‘rnida qo‘llanadigan til. Mentallingvistika



Yüklə 350,23 Kb.
səhifə60/62
tarix20.06.2023
ölçüsü350,23 Kb.
#133287
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62
jITmmj7T4l6WJhod972

Koyne - qardosh lahjalarning aralashuvidan yuzaga keladigan, natijada ularning o‘rnida qo‘llanadigan til.
Mentallingvistika – tilshunoslikning til va tafakkur munosabati hamda shunga bog‘liq masalalarni tadqiq qiluvchi sohasi.
Mental maydon - turli voqelik va tasavvurdagi vaziyatlarning idrok etilishi.
Noverbal – so‘z bilan ifodalanmaydigan.
Panxroniya - til hodisalarini zamonga bog‘lamagan holda umumiy tarzda tadqiq etish.
Paradigma - muayyan so‘zning turlanish yoki tuslanish shakillari tizimi.
Prepozitiv terminelement – ilmiy-texnikaviy terminologiyada o‘zaklarga qo‘shilib, yangi gibrid terminlar yasovchi xalqaro, baynalmilal elementlar.
Retrospektiv - o‘tmishni o‘rganishga qaratilgan, o‘tmishga oid.
Referent - so‘z yoki belgiga tegishli narsa-buyum.
Seleksiyachilik - seleksiya ishi va seleksiya ilmi.
Semiologiya – belgilar haqidagi fan.
Semiotika - turli-tuman belgilar, ramzlar tizimining umumiy xususiyatlarini o‘rganuvchi fan.
Senariy - biror bir tipik hodisaga xos o‘zaro bog‘liq ashyoviy materiallar uzviyligining aks ettiruvchi namunaviy shakl misolida yoritilishi.
Simmetriya - biror narsaning ma’lum nuqta, chiziq yoki tekislikka nisbatan qarama-qarshi tomonda joylashgan qismlari orasidagi o‘xshashlik, mutanosiblik, uyg‘unlik, moslik, mushtaraklik.
Sinxroniya - til hodisalarining muayyan tarixiy taraqqiyot bosqichida mavjudligi va o‘zaro bog‘langanligi.
Substansiya – borliq va hodisalarning mohiyati, ilk asosi.
Substrat - mahalliy (mag‘lub) tilning bosqinchi(g‘olib)lar tilida saqlangan qoldiqlari, izlari.
Standartlashmoq - bir standart (namuna) ga kelmoq, standartga muvofiq bir xil, bir qolipda yasalmoq, tayyorlanmoq.
Termin - maxsus ilmiy-texnikaviy tushuncha (ma’no) larni ifodalovchi (atovchi) so‘z yoki so‘z birikmasi.
Terminografiya - umumiy leksikografiyaning terminologik lug’atlar tuzishning ham nazariy, ham amaliy masalalari bilan shug‘ullanuvchi qismi.
Terminologiya -1. Ilm, fan, texnika, san’at, madaniyat va boshqa sohalarda qo‘llanuvchi terminlar yig‘indisi, majmui. M.: tibbiy terminologiya, harbiy terminologiya va h.k.; 2. Tilshunoslikning muayyan til so‘z boyligida qo‘llanuvchi terminlar tizimini struktur, semantik, etimologik (genetik) va funksional jihatdan o‘rganuvchi sohasi.

Yüklə 350,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin