O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 350,23 Kb.
səhifə54/62
tarix20.06.2023
ölçüsü350,23 Kb.
#133287
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   62
jITmmj7T4l6WJhod972

avto-: avtonozir (avtokontrolyor), avtoyo‘l (avtodoroga), avtoyuklagich (avtopogruzchik), avtohavoskor (avtolyubitel), avtotirkama (avtopritsep), avtosug‘orgich (avtopolivshik), avtomaktab (avtoshkola), avtopoyga (avtogonki), avtopoygachi (avtogonshik), avtoulov (автомашина) va h.k.;
aero-: aeropurkagich (aeroopriskivatel), aerochanglagich (aeroopilitel), aerotadqiqot (aeroissledovaniye), aerosurat (aerosnimok) va h.k.;
agro: agrosanoat (agropromishlennost), agrokimyo (agroximiya), agromadaniyat (agrokultura), agroiqlim (agroklimat), agroo‘rmon (agroles) va h.k.;
anti-: antizarra (antichastitsi), antimodda (antiveshestvo), antidunyo
(antimir), antijismlar (antitela) va h.k.;
geo-: geosiyosat (geopolitika), geokimyo (geoximiya), geoiqlim
(геоклимат) va h.k.;
gidro-: gidroinshoot (gidrosoorujeniye), gidroko‘targich
(gidropodyomnik), gidrokuchaytirgich (gidrousilitel) va h.k.;
giper-: gipertekislik (giperploskost), gipertovush (giperzvuk),
giperchiziq (giperliniya), giperloyiha (giperproyekt) va h.k.;
izo- : izochiziqlar (izolinii), izomoy (izomaslo) va h.k.;
kvazi-: kvaziyulduz (kvazizvezda), kvaziquloq (kvaziuxo),
kvaziqavariq (kvazivipuklost), kvazidavlat (квазигосударство) va h.k.;
infra-: infratovushlar (infrazvuki), infraqizil (infrakrasniy),
infratizim (infrastruktura) va h.k.;
makro-: makroiqlim (makroklimat), makrosanoat (makropromishlennost), makrokoinot (makrokosmos), makrotuzilma (makrostruktura), makromaydon (makropole), makroiqtisodiyot (makroekonomika), makromatn (makrotekst va h.k.;
mikro-: mikroiqlim (mikroklimat), mikrofotonusxa (mikrofotokopiya), mikrotuzilma (mikrostruktura), mikromaydon (mikropole), mikrotuman (mikrorayon), mikromatn (mikrotekst), mikrojarrohlik (микрохирургия) va h.k;
moto-:motoaravacha (mototelejka), motopoyga (motogonki),
motopoygachi (motogonshik) va h.k.;
pnevmo-: pnevmoboshqarish (pnevmoupravleniye), pnevmobolg‘a (pnevmomolotok), pnevmoyuklagich (pnevmogruzchik), pnevmoqisish (pnevmodavleniye);
tele-:teledastur (teleprogramma), teleminora (telebashnya), teleboshqaruv (teleupravleniye), telealoqa (telesvyaz) , telequrilma (teleustanovka), teleloyiha (teleproyekt), teleusta (telemaster) va h. k.
Ayni chog‘da ba’zi prefiksoid-xalqaro terminelementlar ishtirokida yuzaga chiqqan terminlar donor tilda qanday shaklda bo‘lsa o‘zbek tiliga aynan o‘zlashadi: vidiokamera, vidiotelefon, vidioselektr, vidiokonferensiya, vidioseminar, ideogramma, kakografiya, avtoradio, avtopilot, avtoshturman, kibertexnologiya, neyrolingvistika, mikrobiologiya, mikrosemantika,
anifashizm, antisionizm, sossyurologiya va h.k.
Aksariyat monosemantik xarakterdagi avto-, anti-, gemato-, inter-, makro-, mikro-, poli-, ultra-, mono-, bi-, tri- singari propozitiv, ya’ni prefiksal, -bus, -drom, -log-, -navt, -trop; -fob, -for, -skop kabi postpozitiv, ya’ni postfiksal yoki gen, gon, gramma singari ham prepozitiv, ham postpozitiv terminelementlar o‘zbek tilida tarjimasiz, aynan qo‘llanadi: avtopoyga, antiteza, gemotologiya ,interferensiya,
polisemiya, poliartrit, ultratovush, monogrmma, monoteizm, bilingvizm, makromatn, mikrobiologiya, aerobus, svetafor, motodrom, teleskop, ixtiolog, seysmolog, turkolog, astronavt, kosmonavt, monogramma, grammafon va h.k.
Arxi-, giper-, inter-, infra-, super-, ultra-, ekstra- kabi prepozitiv terminelementlar sifat belgisining meyordan oshiqligi yoxud o‘zakdan anglashilgan ism ma’nosining oliy darajasini ifodalaydi: arxisema, gipertovush, interfeys, intervent, interlingvistika, infraqizil, ultrabinafsha, ekstraktiv, superkubok va h.k.
Xalqaro terminelementlar aniq ma’noni ifodalashga xoslangani bilan xarakterlanadi. Chunonchi, -log elementli terminlar biron fan sohasi mutaxassisini anglatishga xizmat qiladi: fonolog, nevrolog, terminolog, leksikolog, seysmolog, antropolog, formokolog, travmatolog, tekstolog, dialektolog va h.k. – log elementli ayrim o‘zlashmalar –shunos affiksli matnshunos, shevashunos, terminshunos singari terminlar bilan sinonimik uyani shakllantirishda qatnashadi.
Antonim, antroponim, gidronim, kosmonim, astroponiim, meronim, omonim, oronim, sinonim, toponim, xolonim singari terminlarning –onim postfiksal terminelementi zaminida shakllangani va muayyan munosabatlarni ifodalashga yo‘naltirilganiga shubha yo‘q.
Xalqaro prepozitiv terminelementlarni maxsus tadqiq etgan A.Madvaliyev (2017,40) ularni quyidagi uch guruhga bo‘lish mumkinligini ta’kidlaydi: 1) donor tillar, ya’ni lotin va yunon tillarida mustaqil ma’noli so‘zlar sanalgan va terminologik sistemalarda ma’nosi tushunarli bo‘lgan terminelementlar: avto-, agro-, allo-, antropo-, astro-, biblio-, bio-, gastro-, geo-, getero-, gibro-, gomo-, zoo-, ixtio-, karbo-, kardio-, kosmo-, kripto-, lito-, makro-, mezo-, mikro-, nevro-, neo-, nitro-
, poli-, radio-, sulfa-, tele-, tio-, elektro-, eritro- va h.k.; 2) lotin va yunon tillarida sanoq va tartib sonlarni anglatuvchi terminelementlar: bi-, geksa-, gepta-, detsi-, di-, milli-, nona-, penta-, proto- va h.k.; 3) lotin va yunon tillariga xos yuklama hamda pristavka (old qo‘shimcha yoxud old ko‘makchi) xarakteridagi terminelementlar: a-, an-, ana-, apo-, de-, dis-, in-, inter-, kontr-, meta-, para-, per-, pre-, pro-, re-, sin-, sim-, sub-, trans-, ultra-, eks-, en-, epi- va h.k.



Yüklə 350,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin