O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 350,23 Kb.
səhifə50/62
tarix20.06.2023
ölçüsü350,23 Kb.
#133287
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   62
jITmmj7T4l6WJhod972

So‘z yasovchi suffiksi o‘zbek tili affiksi bilan almashtirilgan o‘zlashma – terminlar.
Rus tili terminologiyasi tarkibining salmoqli ulushini so‘z yasovchi suffikslar bilan yasalgan, motivlangan terminlar tashkil qiladi (Istoriya leksiki russkogo literaturnogo yazika 1981; 152-166).
So‘z o‘zlashtirish jarayonida kam miqdordagi terminlar so‘z yasovchi suffikslari bilan birga o‘zlashtiriladi (metallist, militarist, motorist, nigilist, sotsialist, oportunist, kommunist va h.k.). Biroq aksariyat hollarda terminlar yasashda qatnashgan suffikslar o‘zbek tilining aynan bir xil, o‘xshash affikslari bilan almashtiriladi.
So‘z yasovchi suffikslari –chi affiksi bilan almashtirilgan terminlar

  1. - ist: tank-chi (tankist), traktor-chi (taktorist), shtanga –chi (shtangist), parashyut-chi (parashyutist), roman-chi (romanist), torpeda- chi (torpedist), radiometr-chi (radiometrist), monarxiya-chi (monarxist), futbol-chi (futbolist), signalchi (signalist) va h. k.;

  2. - nik: transport-chi (transportnik), montaj-chi (montajnik), neft- chi (neftyanik), desant-chi (desantnik) va h. k.;

v) - shik: armatura–chi (armaturshik), tunnel-chi (tunnelshik), tramvay-chi (tramvayshik), falsovka–chi (falsovshik; falsovshitsa), postanovka-chi (postanovshik), signal-chi (signalshik) va h. k.;
g) - chik: proxod-chi (proxodchik), raketa-chi (raketchik), razvedka- chi (razvedchik), prokat-chi (prokatchik), parketchi (parketchik) va h. k.;
d) - ovshik// -lshik: kran-chi (kranovshik), seyalka-chi (seyalshik),
nivelirovka-chi (nivelirovshik), shtamp-lovchi, shtampovka-chi
(shtampovshik) va h.k.;
y) – yor: lift-chi (liftyor), bashnya-chi (bashnyor), eksport-chi
(eksportyor), import-chi (importyor), boks-chi (boksyor) va h. k.;

  1. tor: aviasiya-chi (aviator), eksperiment-chi (eksperimentator), ekspropriasiya-chi (ekspropriator), evakuasiya-chi (evakuator), dekorasiya-chi (dekorator) va h.k.;

i) - sk (iy): gvardiya-chi (gvardeyskiy; gvardeyets), polisiya-chi
(politseyskiy) va h. k.;

  1. - smen: rekord-chi (rekordsmen), sport-chi (sportsmen), polisiya- chi (polismen), yaxta-chi (yaxtsmen) va h. k.

  2. - ant: diversiya-chi (diversant) va h. k.

Shunday qilib, shaxs oti, muayyan kasb-hunar egasi nomi hamda shaxsning holati, ahvoli, vaziyatini ifodalovchi ruscha suffikslarni o‘zbekcha (turkiy) –chi affiksi bilan almashtirish natijasida quyidagi jihatlar voqelanadi: a) ruscha-baylalmilal so‘zning asosi o‘zgarmagan holda yangi termin yasaladi ( respublika-chi – respublikanets, dozimetr- chi – dozimetrist, medalchi-medalist); b) o‘zlashma asos shakli to‘la tiklangandan so‘ng yangi termin yuzaga keladi( seleksiya - chi – seleksioner, seyalka - chi – seyalshik) va h.k.
O‘zbek tiliga o‘zlashgan fe’ldan yasalgan ot – terminlar. Ma’lumki, rus tilida fe’ldan yasalgan ismlar – ni(ye), -k(a), -atsi(ya),-izatsi(ya), - fikatsiya singari suffikslar ko‘magida hosil qilinadi. Mazkur suffiksli terminlar o‘zbek tili terminologiyasi sistemasiga o‘zlari ifodalovchi realiyalar va tushunchalar bilan birgalikda tayyor til birliklari sifatida kirib keladi. Masalan: amortizatsiya, nevrotizatsiya, neyrulyatsiya, anneksiya, assimilyatsiya, artikulyatsiya, alliteratsiya, aeronavigatsiya, korporatsiya, kriminalistika, kriminologiya, leksikologiya, intonatsiya, dissimilyatsiya va h.k.
Shu bilan bir qatorda, fe’ldan yasalgan ot – terminlar o‘zlashtirish jarayonida o‘zbek tili ta’siriga uchraydi va fe’ldan ot yasovchi suffikslar hech bir qiyinchiliksiz o‘zbekcha –lash,- lashtirish kabi faol affikslar bilan almashtiriladi. Ba’zi bir ashyoviy materiallarga murojaat qilamiz:


  1. Yüklə 350,23 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin