O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 350,23 Kb.
səhifə53/62
tarix20.06.2023
ölçüsü350,23 Kb.
#133287
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   62
jITmmj7T4l6WJhod972

Yasama terminlarni kalkalash. Chet (rus) tili yasama terminlarini kalkalash jarayonida o‘zbek tilida bor bo‘lgan mutanosib asos hamda so‘z yasovchi affiks tanlanadi. Buning natijasida o‘zbek tilida mutlaqo yangi termin hosil bo‘ladi, bunday terminlar ayniqsa ilm-fan va texnika terminologiyasi tizimida keng ko‘lamda aks etgan: to‘g‘rilagich (vipryamitel), taqsimlagich (raspredelitel), ko‘targich (podyomnik), itargich (tolkatel), tebranish (amplituda), oziqlagich (pitatel), iqlimlashish, iqlimlashtirish (akklimatizatsiya), o‘rmonshunos (lesovod), issiqxona (teplitsa), davlatshunos (gosudarstvoved), hissador (dolshik), vasiyatchi (zaveshatel), buyurtmachi (zakazchik), tamg‘alash (kleymeniye), moydon (maslyonka), portlatgich (vzrivatel) va h.k.
Qo‘shma terminlarni kalkalash. Qo‘shma terminlarni kalkalab tarjima qilish jarayonida ularning har ikki komponentiga mutanosib tushadigan o‘zbekcha so‘z tanlanadi. Xususan: yarimo‘tkazgich (poluprovodnik), shaltoqsepgich (jijerazbrasivatel), ariqkovlagich (kanavakopatel), suvo‘lchagich (vodomer), gazo‘lchagich (gazomer), tezotar (skorostrelniy), moyjuvoz (masloboyka), bug‘tarqatgich (paroraspredelitel), tulkiquyruq (lisoxvost), yog‘och kesuvchi (lesorub), muzyorar (ledokol), kamqonlik (malokroviye), arzonbaho (malotsenniy), junqanot (zool.sherstokril), asalxo‘r (zool. medoyed), qisqa metrajli (korotkometrajniy), qiziltan (krasnokojiy), qizilqanot (zool. krasnoperka), kartoshkaekkich (kartofelesajalka), kartoshkaqazgich (kartofelekopatel), suvgul (bot. vodokras), suvqovoq (bot.gorlyanka) singari katta miqdordagi terminlar ayni shunday yo‘l bilan hosil qilingan. Internet tarmoqlarida qo‘llanayotgan katta miqdordagi ikki tarkibli termin-birikmalarning birinchi komponenti inglizcha, ikkinchi komponenti esa o‘zbekcha so‘z bilan berilmoqda. M.: Banyan tarmog‘i,
Internet tarmog‘i, Internet banki, Internet texnologiyasi, Internet provayderi va h.k.
Ayrim hollarda ikki tarkibli o‘zlashma terminlarning birinchi komponenti inglizcha leksemalarning qisqargan bosh harfi, ikkinchi komponenti esa o‘zbekcha elementdan tashkil topishi kuzatiladi: DNS serveri, BGP bayonnomasi, NSFNET tarmog‘i, CASE tizimi va h.k.
Bugungi kunda internet terminlari tizimida faol ishlatilayotgan www.mail.ru, www.hotmail.ru, www.mail.uz, www.inbox.uz singari pochta qutilari orqali kiriladigan bepul elektron pochta xizmati hamda gipermatnli sahifalarga kirishni havola qiluvchi www.saytlar termin- birikmalar qatorini yanada boyitishda xizmat qilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, o‘zlashayotgan qo‘shma terminlarning ikkinchi komponenti ma’no nuqtai nazardan unga mos tushuvchi o‘zbekcha so‘z bilan har vaqt ham almashtirilavermaydi:
-xona: ko‘chatxona (lesopitomnik), - zor: ko‘chatzor (lesopitomnik),
- dor: yerdor, zamindor (zemlevladelets), -chan; yonuvchan (legkovosplamenyayushiysya), - xo‘r: qasamxo‘r (klyatvoprestupnik),- soz: kemasoz (korablestroitel), -qich: yirtqich (krovojadniy), -ish: nurlanish (lucheispuskaniye) va h.k.
O‘zbek tili terminologiyasi tizimida ruscha-baynalmilal prefiksoidlar yoxud xalqaro terminelementlar (Madvaliyev, 2017, 34-54) yordamida hosil qilingan kalkalar faol qo‘llanadi (Begmatov 1985; 181; Doniyorov 1977; 145-146). Bunday usulda yasalgan terminlar sirasiga quyidagilarni kiritish o‘rinli:
avia-: aviaaloqa (aviasvyaz), aviaqism (aviachast), aviato‘p (aviapushka), aviasanoat (aviapromishlennost), aviakorxona (aviazavod) va h.k.;

Yüklə 350,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin