Majburiyatlar:
o’rmonni muhofaza qilish va qo’riqlash;
o’rmondan oqilona foydalanish;
o’rmonni takroriy (qayta) ko’paytirish (tiklash);
o’rmonning davlat hisobini olib borish;
o’rmondagi barcha tabiiy ob‘ektlarga zarar yetkazmaslik;
o’rmondan maxsus foydalanganlik uchun to’lovni o’z vaqtida to’lash;
alohida muhofaza etiladigan o’rmon fondiga tegishli xuquqiy holatni ta‘minlash;
o’zga foydalanuvchi shaxslarning xuquqlarini buzmaslik va qonun xujjatlarida belgilangan boshqa xuquqlar.
O’rmondan vaqtinchalik foydalanuvchilar o’rmon fondi uchastkasida belgilangan tartibda quyidagi xuquqlarga egalar:
muddatli va tegishli faoliyat yuritish;
yo’l ochish;
o’rmon maxsulotlarini joylashtirish uchun maydonchalar jihozlash;
ishlab chiqarish binolari va inshootlarini qurish.
Majburiyatlar:
o’zlariga berib quyilgan yaylovlar, pinchazorlardan oqilona foydalanish;
o’rmondagi tabiiy boyliklarga salbiy ta‘sir ko’rsatmaslik;
o’rmondan foydalanganlik uchun to’lovni o’z vaqtida to’lab borish;
o’zga shaxslarning xuquqlarini buzmaslik.
Qonunning 23-moddasiga ko’ra, davlat o’rmondan foydalanuvchilarning qonun bilan belgilangan faoliyatlariga aralashmaslik, xuquqlari buzilgan taqdirda ularni tiklash va yetkazilgan zararni to’la hajmda qoplash majburiyatini oladi. Qonunning 24-moddasida belgilangan tartibda o’rmondan foydalanuvchilar o’z xuquqlaridan voz kechishi, uning bekor qilinishi, olib qo’yilishi, mahrum qilinishi ham mumkin.
O’rmondan quyidagi maqsadlarda foydalanish uchun ruxsat beriladi:
daraxtzor va butazorlarni kesish;
qo’shimcha tarzda foydalanish (mol boqish, pichan o’rish, asal-arichilik, dorivorlar tayyorlash);
ovchilik ehtiyojlari uchun foydalanish;
ilmiy-tadqiqot olib borish;
madaniy-ma‘rifiy, tarbiyaviy, sog’lomlashtirish, rekratsion va estetik maqsadlarda hamda shu kabi qonun xujjatlarida belgilangan tartibda.
Fuqarolar Qonunning 30-moddasiga binoan, o’rmonda yovvoyi dorivor va ozuqabop o’simliklar, mevalar, qo’ziqorinlar yig’ishni bepul amalga oshirishlari mumkin. Lekin ular yong’in va ekologik xavfsizliklarga rioya etishlari, daraxt va butalarni sindirmasliklari, o’rmon ekinlariga shikast yetkazmasliklari, o’rmondagi atrof tabiiy muhit unsurlariga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar. Davlat chegarasidagi ormondan foydalanish tartibi Davlat chegaralarini himoya qilish davlat qumitasi va O’rmon xo’jaligi bosh boshqarmasi bilan birgalikda belgilangan xuquqiy tartibi asosida o’rnatiladi.
O’zbekistonda o’rmonlar, avvalombor, ekologik funktsiyani bajarar ekan, ularni qo’riqlash, muhofaza qilish, tiklash, ko’paytirish, maxsuldorligini oshirish, ya‘ni himoyalashni xuquqiy jixatdan ta‘minlash o’ta dolzarb masaladir.
«O’rmon to’g’risida»gi qonunning 32-moddasiga binoan, o’rmonlarni qo’riqlash-tegishli davlat organlari tomonidan o’rmonlardan noqonuniy tarzda foydalanish, ularga zararli ta‘sir ko’rsatishdan qo’riqlash.
O’rmonlarni muhofaza qilish esa ularga zararkunandalar, kasalliklar, tabiiy texnogen jarayonlar (eroziya, sel, deflyatsiya, solifluktsiya, abraziya…) ning oldini olish chora- tadibrlarini qo’llash orqali olib boriladi. Ushbu xuquqiy tartib O’rmon xo’jaligi Bosh boshqarmasi tomonidan belgilanadi.
O’rmonlarni tiklash uchun kesilgan o’rmon yoki o’rmonsiz yer o’rniga daraxt va butalar ekish, nav tarkibini yaxshilash, ularning maxsuldorligi va muhofazalash xususiyatini oshirish, genetik fondi va biologik xilma-xilligini saqlab qolish.
O’rmonlarni ko’paytirish o’z ichiga daraxtzorlarning zichligini oshirish, nav tarkibini yaxshilash, qimmatli navlarni ko’paytirish, boshqa yer fondi toifalaridan (masalan, qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlardan) o’rmon fondi yer toifasiga kiritish kabi tadbirlarni oladi.
O’rmonlarning maxsuldorligini oshirish ularni takroriy ko’paytirish, nav tarkibini yaxshilash, o’rmon melioratsiyasi va plantatsiyasini tashkil etish orqali amalga oshiriladi.
O’rmonlarni xuquqiy jihatdan himoyalash, yuqorida keltirilgan tadbirlar bilan bir qatorda, Qonunning 37-41 moddalarida belgilangan me‘yorlar asosida ham olib boriladi. Masalan, noqonuniy ravishda qo’lga kiritlgan o’rmon maxsulotlarini (daraxt, buta, hayvonot va o’simlik dunyosi turlari) olib qo’yiladi yoki keltirilgan zarar to’liq qoplanadi.
O’rmon fondi yerlarida o’rmonlarning holatiga va ularni takroriy ko’paytirishga ta‘sir etadigan korxonalar, inshootlar va boshqa ob‘ektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirish, Yangi texnologiyalarni joriy etishga ruxsat berilmaydi. Insonlarning o’rmonlarga salbiy ta‘sir etishi mumkin bo’lgan barcha faoliyat turi ekologik ekspertizadan o’tkazilishi va tegishli davlat organlari bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi shart.
O’rmon fondi yerlarida o’rmon xo’jaligini yuritish bilan bog’liq bo’lmagan qurilish va portlatish ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish, kabellar, quvurlar va boshqa kommunikatsiyalarni o’tkazish, parmalash va shu kabi ishlar davlat o’rmon xo’jaligi va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
O’rmonlarni xuquqiy jihatdan muhofazalash «O’rmon to’g’risi»gi qonun xujjatlarining talablarini buzuvchilar faoliyatlarini to’xtatib qo’yish, cheklash yoki taqiqlash orqali amalga oshirilishi mumkin. Ushbu yuridik tusdagi davlat organlarining harakatlari qurg’oqchilik, yong’inlar, ko’chmalar, zilzila, toshqin kabi tabiiy va texnogen salbiy oqibatlardan o’rmonlarni saqlash maqsadida ham qo’llanilishi mumkin.
O’rmonlarni xuquqiy muhofaza qilishning yana bir jihati o’rmonlarni muhofaza qilish, qo’riqlash, ulardan oqilona foydalanish va ularni takroriy ko’paytirishni moliyalashtirish hamda o’rmon xuquqi sub‘ektlarini iqtisodiy rag’batlantirish orqali amalga oshiriladi. Bunday
holat Ekologiya xuquqida tabiatni muhofaza qilishning ekologik-iqtisodiy mexanizmini yaratish, deb aytiladi.
O’rmonlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish doirasida kelib chiqadigan nizolar xo’jalik, fuqarolik, ma‘muriy va jinoiy protsessual tarzda hal qilinadi va tegishli xuquqbuzarliklar uchun yuridik javobgarlikni qo’llash orqali amalga oshiriladi. Masalan, Ma‘muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 77-80 moddalarida o’rmon fondidan foydalanish qoidalari, o’rmonda daraxt va butalarni kesish yoki ularni payxon qilish, yohud o’rmonlarni tiklash qoidalarini buzish, mansabdor shaxs yoki fuqarolarga ma‘muriy jazoni qo’llashga asos bo’la oladi. Ma‘muriy jazo mazkur moddalar bo’yicha Tabiatni muhofaza qilish va O’rmon xo’jaligi inspektorlari tomonidan qo’llanilishi mumkin.
Xayvonot dunyosiga munosabatning ekologik-xuquqiy maqsadi va vazifalari. Xayvonot dunyosini ekologik-xuquqiy muhofaza qilish-quruqlikda, suvda, atmosferada va tabiiy erkinlik holatida yashaydigan, O’zbekistonda doimiy yoki vaqtincha yashaydigan yovvoyi xayvonlarni, shuningdek, ilmiy yoki ekologik maqsadlarda yarim erkin sharoitda yoki sun‘iy yaratilgan yashash muhitida boqilayotgan xayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni xuquqiy jixatdan tartibga solish.
Maqsad esa hozirgi va kelajak avlod uchun xayvonot dunyosini xuquqiy yo’llar orqali saqlab qolishga erishishdir.
«Xayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida»gi qonunning 2-moddasiga binoan, Ushbu maqsadga erishmoq uchun quyidagi vazifalarni bajarish talab etiladi:
xayvonot dunyosining yashash sharoitlarini ta‘minlash;
ularning xilma-xil turlarini, tabiiy galalari butunligi va yashash muhitini saqlash maqsadida xayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish;
xayvonot dunyosini tiklash va takror yetishtirish soxasidagi munosabatlarni tartibga solish.
Xayvonot dunyosining inson hayotida tutgan o’rnining juda beqiyosligini inobatga olgan holda, O’zbekistonda u davlat mulki-umummilliy boylik deb e‘tirof etilgan. Davlat o’zining umumiy va maxsus vakolatgangan organlari orqali xayvonot dunyosini ekologik- xuquqiy jihatdan boshqaradi, tartibga soladi va muhofazasini ta‘minlaydi.
Xayvonot dunyosidan unumli foydalanish va uning muhofazasini xuquqiy jixatdan ta‘minlash maqsadida mustaqil O’zbekistonimizda bir qator muhim qonun xujjatlari qabul qilindi hamda ularning ekologik-xuquqiy mexanizmi yaratilmoqda.
Xayvonot dunyosining ekologik-xuquqiy jixatlari «Tabiatni muhofaza qilish»,
«Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar», «Xayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish» kabi qonunlar, Oliy Majlisning «Noyob va yo’q bo’lib ketayotgan o’simlik va xayvon turlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni tartibga solish» (1993), Vazirlar Mahkamasining «Yovvoyi xayvonlar va o’simliklar muhofazasini kuchaytirish va ulardan foydalanishni tartibga solish choralari», «O’zbekiston Respublikasiga yirtqich qushlar olib kelinishini va ularning chetga chiqarilishini tartibga solish to’g’risida»gi qaror va yo’riqnomalarida to’liq aks ettirilgan.
O’zbekistonda barcha ko’rinishdagi xayvonlar Ekologik xuquqning ob‘ekti bo’la olmaydi.
«Xayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan fotsdalanish to’g’risida»gi qonunning 4-moddasida O’zbekistonda ekologik-xuquqiy jixatdan tartibga solinadigan xayvonot dunyosi ob‘ektlariga quyidagilar kiradi:
Dostları ilə paylaş: |