О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta



Yüklə 2,53 Mb.
səhifə37/106
tarix27.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#199190
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   106
Mavzu: YER OSTI BOYLIKLARIDAN FOYDALANISHNING EKOLOGIK-

XUQUQIY ASOSLARI




Reja:
    1. Yer osti boyliklarini xuquqiy muhofaza qilish zaruriyati

    2. Yer osti boyliklaridan foydalanishda ekologik-xuquqiy talablar


    3. Konlardan foydalanish munosabatlarini ekologik-xuquqiy tartibga solish

Adabiyotlar: 5, 19, 37, 39, 42
Tayanch iboralar: yer osti boyliklarining ekologik funktsiyasi, kontservatsiya, rekultivatsiya, funktsional,



    1. Yer osti boyliklarini xuquqiy muhofaza qilish zaruriyati



Yer osti boyliklarining ekologik funktsiyasi-ekologik tizimda turuvchi, yer ustining tabiiy fundamenti, tuproq va ularni hosil qiluvchi ona jinslarning tarkib topishidagi mineral asosi ekanligi.

Mineralning kimyoviy, fizik va biologik yemirilishi natijasida ona jinslar hosil bo’ladi va tirik organizmlarning faoliyati natijasida ular tuproqqa aylanadi. Bunday tabiiy jarayon er osti minerallarining ekologik tizimlarda ishtirok etishini ta‘minlab beradi.




Yer osti boyliklarining xuquqiy holati-er osti boyliklarini muhofaza qilish, mineral xom ashyodan o’ta samaradorlik bilan foydalanish va buning natijasida buzilgan tabiiy komplekslarni qayta tiklashda yuzaga keladigan munosabatlarning xuquqiy tartibga solinishi.

O’zbekiston Respublikasida yer osti boyliklarining xuquqiy holati Konstitutsiyada belgilangan imperativ me‘yorlar va uning asosida ishlab chiqilgan umumlashtirilgan me‘yorlar (Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida, Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risida…) kodifikatsiyalangan (Yer kodeksi, Jinoyat kodeksi, Ma‘muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks, Fuqarolik kodeksi…) va ixtisoslashtirilgan (Yer osti boyliklari to’g’risida, Kontsessiyalar to’g’risida…) qonunlar va qonun osti me‘yoriy xujjatlar asosida tartibga solinadi.


Yer osti boyliklaridan xuquqiy foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir ijtimoiy munosabatlar ushbu xuquq tarmog’ining predmetidir. Yer osti boyliklarini xuquqiy tartibga solish mazmuni ruxsat beruvchi, oldini oluvchi va ta‘qiqlovchi xuquqiy me‘yorlar orqali ularni muhofaza qilish hamda ulardan o’ta samaradorlik bilan foydalanishdir.

    1. Yer osti boyliklaridan foydalanishda ekologik-xuquqiy talablar. Yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofazalashning ekologik-xuquqiy talablari O’zbekitson Respublikasi Konstitutsiyasining 50,54 va 55 –moddalarida imperativ shaklda o’z aksini topgan. Ularga binoan, har bir fuqaro yoki mulkdor atrof tabiiy muhitga (jumladan, yer osti boyliklariga) nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo’lishi va ulardan oqilona foydalanishi zarur. Ushbu shartlar kengaytirilgan tarzda «Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida»gi qonunda berilgan bo’lib, unga muvofiq (18-modda) yer osti boyliklaridan yuridik va jismoniy shaxslar quyidagi ekologik talablar asosida foydalanishlari mumkin: qazilma boyliklarni qazib olishda mineral xom ashyodan kompleks va oqilona foydalanish ta‘minlansa; atrof tabiiy muhit va yer osti boyliklari ifloslanishining oldi olinsa; foydalanilgan yer uchastkalarini rekultivatsiya (qayta tiklash yoki buzilgan yerlarni qayta madaniylashtirish ishlari) qilinsa; qayta tiklanadigan foydali qazilmalardan tabiiy qayta tiklanishga erishilsa.

Umumlashtirilgan ekologik-xuquqiy talablar ixtisoslashtirilgan holda yangi taxrirdagi 2002 yil 13 dekabr «Yer osti boyliklari» va 1995 yil 30 avgustdagi «Kontsessiyalar to’g’risida»gi qonunlarda o’z aksini topgan va ular quyidagilardan iborat:

      • tog’-kon sanoatidagi ishlarni (qidiruv, kovlash va rekultivatsiya qilish) yer qa‘ridan foydalanish loyihasiga muvofiq olib borish va uni ekologik ekspertizadan o’tkazish;

      • yer qa‘rini to’la-to’kis o’rganish, yer osti boyliklaridan oqilona va kompleks foydalanish hamda ularni muhofaza qilish;

      • konlarning foydali qazilmalar mo’l uchastkalarini tanlab ishlatish, mineral xom ashyo qazib olish va uni qayta ishlashda foydali qazilmalarning me‘yordagidan ortiq nobudgarchiligiga yo’l qo’ymaslik;

      • yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bog’liq ishlarning zararli ta‘siridan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish;

      • yer osti boyliklaridan foydalanish chog’ida buzilgan yer uchastkalarini ulardan keyinchalik boshqa maqsadlarda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish;

      • ichimlik suvi sifatida foydalaniladigan suv to’plash va yer osti suvlari to’planadigan maydonlarda tog’-kon sanoati va maishiy chiqindilarning yig’ilib qolishiga yo’l qo’ymaslik;

      • alohida ilmiy va madaniy qimmatga molik yer osti boyliklari uchastkalarini davlat qo’riqxonalari yohud tabiat, yoki madaniyat yodgorliklariga mo’ljallab ajratib olish;

      • chet ellik investorlar yer osti boyliklaridan foydalanish davomida atrof-muhitni muhofaza qilish va ishlarni ekologik jihatdan bexatar olib borishlari hamda yer usti yohud yer osti uchastkalarini bosqichma-bosqich bexatar qilib qaytarib berishlari

va qonun-xujjatlarda nazarda tutilgan boshqa ekologik-xuquqiy chora-tadbirlarni olib borish.
Yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishdagi ekologik-xuquqiy talablar bevosita yoki bilvosita «Chet el investitsiyalari», «Mulkchilik», «Suv va suvdan foydalanish», «O’simliklar va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida»gi qonunlar, Yer kodeksi, Soliq kodeksi hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Konchilik tashlamalarini foydali qazilma konlari ishlab chiqish uchun berish tartibi to’g’risida», «Qazib olingan va qazib olish jarayonida yo’qotilgan foydali qazilmalarning zaxiralarini yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar xisobidan o’chirish tartibi to’g’risida», «Foydali qazilmalarni ishlab chiqish paytida yer osti boyliklarini muhofaza qilishning yagona qoidalari»ga bag’ishlangan qarorlarda aks ettirilgan.
Amaldagi me‘yoriy xujjatlarda aks ettirilgan yer ostidagi boyliklardan foydalanishdagi ekologik-xuauaiy talablarning moxiyati va vazifalariga ko’ra 4 guruxga ajratish mumkin;

  1. er osti boyliklarini to’liq va kompleks holda o’rganish orqali ularni ishlatish yoki kontservatsiya qilish orqali muhofazalash;

  2. mineral xom ashyolarni qidirish, qazib olish va rekultivatsiya qilishni faqatgina ixtisoslashtirilgan davlat organlar nazoratida olib borish va ularni amalga oshirish davomida atrof tabiiy muhitning boshqa ob‘ektlariga zarar yetkazmaslik;

  3. ishlatilgan konlarni yoki ularni ekspluatatsiya qilish davomida yer uchastkalarini o’z vaqtida rekultivatsiya qilib borish;

  4. noyob turdagi mineral boyliklarni va ularning komplekslarini aloxida muhofaza qilish tartibini o’rnatish.

    1. Konlardan foydalanish munosabatlarini ekologik-xuquqiy tartibga solish. O’zbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga o’tishning besh tamoyilidan biri - davlatning bosh isloxotchiligidir. Davlat isloxotlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berar ekan, yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning hozirgi zamon talablariga mos tushadigan siyosiy yo’lini ishlab chiqishi hamda uni izchillik bilan amalga oshirishi kerak. Chunki «ijtimoiy jixatdan yo’naltirilgan hozirgi bozor- davlat tomonidan tartibga solib turiladigan bozordir».

Konchilik munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solish vazifalari Yer osti boyliklari to’g’risidagi qonunning II bobiga binoan quyidagilardan iborat:

  • er osti boyliklarini geologik jixatdan o’rganish va muhofaza qilish, mineral resurslardan oqilona, kompleks foydalanish, ular bilan bog’liq bo’lgan ishlarni bexatar yuritishga doir me‘yorlar va qoidalarni belgilash;

  • mineral xom ashyo bazasini rivojlantirishni ta‘minlash;

  • foydali qazilmalarning asosiy turlarini qazib olishning hozirgi paytdagi va istiqbolga mo’ljallangan hajmlarini belgilash;

  • er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun to’lovlarni belgilash va o’ndirish;

  • yer osti boyliklari kadastrini o’tkazish, monitoringini olib borish;

  • yer osti boyliklarini muhofazalash va ulardan oqilona foydalanish ustidan davlat nazoratini o’rnatish va h.k.

Yuqorida sanab o’tilgan vazifalarni bajarishda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, davlat organlarining o’zi to’g’risidagi qonunlar yoki nizomlariga muvofiq konchilik munosabatlarini tartibga solib turadi. Ularning vakolatlari mohiyati va mazmuniga ko’ra 2 katta guruxga: umumiy va maxsus boshqaruv vakolatidagi davlat organlariga ajratiladi.
Umumiy boshqaruv vakolatidagi davlat organlariga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va mahalliy hokimiyat organlari kiradi. Maxsus davlat boshqaruv organlari o’z navbatida-kompleks, sohalar va funktsional boshqaruv organlariga ajratiladi.
Yer osti boyliklarining xuquqiy holatini belgilovchi ko’rsatkich O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining faoliyatiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. Konstitutsiyamizning 78-moddasi va 1994 yil 22 sentyabrdagi o’zi to’g’risidagi konstitutsiyaviy qonunning 4- moddasidagi Oliy Majlis quyidagi vakolatlarga ega.

  • er osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir qonunlarni ishlab chiqadi, qarorlar qabul qiladi va ularning ijrosini nazorat qilishni tashkillashtiradi;

  • unga hisobot beruvchi Tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi orqali yer osti boyliklaridan foydalanishda ekologik xavfsizlikni ta‘minlashning kompleks nazoratini tartibga solib turadi;

  • davlatning yer osti mineral xom ashyo bazasidan foydalanish dasturlarini qabul qiladi, bu borada ichki va tashqi siyosatning asosiy yo’nalishlarini tasdiqlaydi;

  • mineral resurslardan foydalaganlik uchun to’lovlarni joriy qiladi va ularga oid imtiyozlarni belgilaydi;

  • konchilik sanoatini rivojlantirish bo’yicha byudjet harajatlarini qabul qiladi;

  • yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo’yicha bitimlarni ratifikatsiya (tasdiqlaydi) hamda denonsatsiya (barvaqt to’xtatadi) qilish kabi ishlarni amalga oshiradi.

Oliy Majlis tomonidan 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan «CHet el investitsiyalari to’g’risida»gi qonunning yangi taxriri Respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirishda tog’-kon sanoatiga chet el investitsiyalarini jalb qilishning xuquqiy asosini yaratdi.


O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofiq, Prezident-er osti boyliklarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish borasidagi ichki va xalqaro siyosatini belgilaydi; Ushbu sohadagi ishlar fuqarolarning ekologik xavfsizligiga salbiy ta‘sir ko’rsatmasligiga kafillik beradi; yer osti mineral xom ashyodan foydalanish va uning muhofazasiga doir qonunlarni imzolaydi hamda farmon, farmoyish va qarorlar qabul; ekologik talafot ko’rgan tog’-kon sanoatining hududlari bo’yicha favqulodda holat joriy etadi va shu kabi boshqaruv masalalarni hal qiladi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlatimizning ijro etuvchi organi sifatida Konstitutsiyamiz, o’zi to’g’risidagi va Yer osti boyliklari to’g’risidagi qonunning 8- moddasiga ko’ra, bir qator o’ta muhim vazifalarni bajaradi;



      • er osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir qonunlar ijrosini ta‘minlaydi;

      • er osti boyliklari kadastrini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

      • konchilik va u bilan bog’liq bo’lgan inqirozli holatni bartaraf etadi, yer ostida bo’layotgan tabiiy ofatlarning (endogen jarayonlarni) kelib chiqish sababini aniqlaydi hamda ularning ekologik xavfsizlik darajasini ta‘minlashning chora- tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

      • er osti boyliklaridan samarali foydalanish, ularni muhofaza qilish hamda qayta tiklash (rekultivatsiyalash) bo’yicha targ’ibot, o’quv, ta‘lim va malaka oshirishni yo’lga qo’yadi;

      • mineral xom ashyolardan foydalanish tartibini tasdiqlaydi va shunga o’xshash uz vakolati doirasida faoliyat yuritadi.

Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 13 yanvardagi «Konchilik tashlamalarini foydali qazilma konlarini ishlab chiqish uchun berish tartibi to’g’risida»gi qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasida «Zarafshon-Nyumont», «WMC Zormitan LTD», «Nyumont- O’zbekiston LTD-Mitsun» kabi qo’shma korxonalar sovet davridan qolgan konchilik chiqitlarini qayta boyitish orqali turli qimmatbaho rangli metallarni olmoqdalar. Chet el firmalarining 15 yillik muddatda va qulay xuquqiy negizda ishlashi tog’-kon sanoatiga yuqori unumdorlikka ega bo’lgan texnologiyalarning kirib kelishiga sabab bo’lmoqda.
Mustaqil O’zbekiston Respublikasida konchilik munosabatlarini tartibga solishda, sobiq Ittifoqdan tubdan farqli ularoq, mahalliy davlat boshqaruv organlarining faoliyatida to’laqonli namoyon bo’la boshladi. Konstitutsiyamiz, «Mahalliy davlat hokimiyati va Yer osti boyliklari to’g’risida»gi qonunning 9-moddasiga muvofiq ular shahar, tuman va viloyat ahamiyatiga molik bo’lgan konchilik munosabatlarini tartibga solishda faol ishtirok etmoqdalar. Ular:

  • er osti va usti mineral xom ashyo resurslaridan foydalanish, ularni ekologik xafsizlik darajasini ta‘minlash bo’yicha hududiy boshqaruv dasturlarni ishlab chiqadilar va amalga oshiradilar;

  • er osti boyliklari kadastrini va monitoringini amalga oshiradilar hamda ularga binoan mahalliy to’lovlarni o’ndirib oladilar;

  • konchilik sanoatidan chiqqan chiqitlarni tashlash, ko’mish uchun ruxsatnomalar beradilar va ularni bekor qiladilar;

  • mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan qurilish, tog’-kon sanoati korxonalarining ekologik faoliyatini nazorat qiladilar va asosli ravishda uni to’xtatib qo’yadilar hamda Konstitutsiyaga va boshqa qonunlarga zid bo’lmagan xuquqiy-ekologik tadbirlarni olib boradilar.



Davlatning yer osti boyliklarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishdagi maxsus vakolat tizimidagi kompleks boshqaruvni Geologiya va mineral resurslar davlat qumitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi, Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish inspektsiyasi, Favqulodda xodisalar bo’yicha vazirlik olib boradi.

Ushbu davlat organlari mulk shaklidan qat‘i nazar, yer osti boyliklaridan foydalanilayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatlarini inson salomatligi va atrof- muhit holatiga bezarar olib borayotganlarini boshqarib va nazorat qilib turadi.


Bizlarga ma‘lumki, yer osti boyliklaridan bir qator xalq xo’jaligi sohalarida ham foydalanadilar. Shuning uchun har bir sohada o’zining boshqaruv va nazorat bo’linmalari mavjud bo’lib, davlatning maxsus boshqaruv organlariga yordam berish uchun ular maxsus ko’rinishdagi soxaviy boshqaruv vakolatiga egadirlar. Ularga O’zsanoatqurilish, Qishloq va suv xo’jaligi, Mudofaa, Avtomobil yo’llari vazirliklari kabi davlat organlari kiradi.
Davlat boshqaruv organlarining maxsus boshqaruv tizimida funktsional vakolatga ega bo’lgan davlat idoralarining yer osti boyliklarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni tartibga solishdagi ahamiyati kattadir. Masalan, alohida muhofaza qilishga molik tog’ sanoatiga qarashli ob‘ektlarning xuquqni muhofaza qilish organlarining harbiylashtirilgan idoralari tomonidan qo’riqlanishi, ulardagi xo’jalik ishlarining bexatar olib borilishiga va oqibatda, ekologik inqirozli holatning oldini olishga olib kelmoqda. Davlat standartlashtirish va metrologiya qumitasi o’z funktsional vazifasiga ko’ra, mineral xom ashyolarni qidirish va qazib olishlarning xalqaro ekologik standartlarga mos kelishini tartibga solib turadi. Soliq inspektsiyasi esa o’z vakolati doirasida yer osti va usti mineral boyliklaridan foydalanganlik yoki bu foydalanish davomida atrof-muhitni ifloslantirganliklari uchun xo’jalik yurituvchi sub‘ektlardan soliqlar va to’lovlar o’z muddatida undirib olishi orqali tabiatga yetkazilgan zararni moliyaviy qoplashga imkon
yaratadi. Xuquqni muhofaza qilish davlat idoralarining funktsional boshqaruv vazifalari yer osti boyliklaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish qonunchiligi buzilishining profilaktik chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda konchilik qonun xujjatlarini buzganlarga nisbatan jazo choralarini qo’llashdan iboratdir.



Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin