О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta



Yüklə 2,53 Mb.
səhifə39/106
tarix27.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#199190
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   106
ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLARNING XILLARI VA TURLARI






Kurort tabiiy hududlar













Rekratsiya tegralari










Dendrologiya bog’lari













Xayvonot va botanika bog’lari










Himoya tegralari










Davlat qo’riqxonalari













Davlat biosfera qo’riqxonalari










Davlat buyurtma qo’riqxonalari













Davlat milliy tabiat bog’lari










Davlat tabiat yodgorliklari





6-rasm-Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va ob‘ektlarni ekologik xuquqiy holati bo’yicha tasniflash


Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hudud va ob‘ektlar milliy Boylik va umumxalq mulki hisoblanadi. Faqatgina dendrologiya, botanika va hayvonot bog’larini tashkil etish, ularda ekologik- xuquqiy talablarni joriy qilish maxsus «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risida»gi qonunning 4-moddasiga muvofiq, Ushbu 3 turdagi tabiiy-antropogen tashkillashtirilgan ob‘ektlar boshqa shakllardagi mulk bo’lib chiqishi ham mumkin.
Yer kodeksining 8-moddasiga binoan alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari alohida bir yer toifasiga ajratiladi. Soliq kodeksining 101-moddasi 3- bandiga ko’ra, tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga molik yerlar-davlat qo’riqxonalar, milliy va dendrologiya bog’lari, botanika bog’lari, buyurtma qo’riqxonalar (ov qilishga mo’ljallangan zakaznikalardan tashqari), tabiat yodgorliklari, ixota daraxtzorlari yer uchastkalari yer solig’idan ozod qilinadi. Ularda belgilangan maqsaddan tashqari barcha faoliyat taqiqlanadi. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda foyda olish maqsadida xo’jalik faoliyati yuritiladigan bo’lsa, u jolda yer solig’i va ijara xaqi undirib olinadi.
1999 yil 20 avgustdagi «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida»gi qonunning IV bobiga muvofiq, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda favqulodda vaziyatlar (suv toshqini, zilzila, ko’chish va h.k.) ruy bergan taqdiri, ularning huquqiy holatiga o’zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruvini Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, maxsus vakolatlangan vazirliklar, davlat qumitalari, agentlik va idoralar amalga oshiradilar. Davlat nazoratini esa Tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi olib boradi.
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ularni rivojlantirish va joylashtirishning bosh shakliy loyihasi yoki Tabiatni muhofaza qilishning hududiy majmua shakliy loyihasi muvofiq barpo etiladi va Vazirlar mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu tasdiqlanish tegishli yer maydonini zaxiralash(ajratish) to’g’risidagi qaror qabul qilinishiga asos bo’la oladi. Zaxiralangan yer maydonida xo’jalik faoliyati to’xtatiladi yoki cheklanadi.
«Davlat kadastrlari to’g’risida»gi qonunning 5-moddasiga ko’ra, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastrlarining yagona tizimida turadi. Uni yuritish tartibi 1998 yil 10 martda Vazirlar Mahkamasining 109-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasining alohida muhofaza kuzatiladigshan tabiiy hududlari davlat kadastrini yuritish tartibi to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq o’tkaziladi. Ushbu kadastrda alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning xuquqiy maqomi, geografik joylanishi, miqdor va sifat ko’rsatkichlari, ekologik, ilmiy, ma‘rifiy va boshqa xil ahamiyati to’g’risidagi, yer egalari va yerdan foydalanuvchilar haqidagi ma‘lumotlar aks ettiriladi. Tegishli davlat kadastri, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari bosh boshqarmasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi va O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
O’zini o’zi boshqaruv idoralari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni yo’lga qo’yishda, ekologik, ma‘rifiy, madaniy tadbirlarni o’tkazishda davlat organlariga hamkorlik qilishlari mumkin.



Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin