О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta



Yüklə 2,53 Mb.
səhifə38/106
tarix27.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#199190
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   106

Nazorat savollari





  1. «Yer osti boyliklari» iborasini tushuntirib bering.

  2. Yer osti boyliklarining necha xil funktsiyalari bor va ularni tushuntirib bering.

  3. Nima uchun yer osti boyliklarini xuquqiy muhofaza qilish zarur?

  4. O’zbekiston Respublikasi «Yer osti boyliklari to’g’risida»gi eski va yangi taxrirdagi qonunlarning asosiy farqi nimada?

  5. Kontsessiya shartnomasi qanday shartnoma hisoblanadi?

  6. Yer osti boyliklaridan foydalanishni qanday davlat organlari nazorat qiladi?

  7. Konchilik munosabatlariga qanday ijtimoiy munosabatlar kiradi?

  8. CHet el investorlariga milliy mineral boyliklardan foydalanishda qanday imtiyozlar beriladi?

  9. Yer osti boyliklaridan foydalanishning necha turi mavjud?

  10. Yer osti boyliklaridan foydalanuvchilarga qanday ekologik- xuquqiy talablar qo’yiladi?

  11. Yer osti boyliklari qonunchiligini buzganlik uchun qanday javobgarliklar mavjud?


  1. ma‘ruza



Mavzu: ANTROPOGEN O’ZGARGAN VA ALOXIDA MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLARNING EKOLOGIK-XUQUQIY JIXATLARI


Reja:

    1. SHaharlarda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning xuquqiy jixatlari.

    2. Agrar hududlarning ekologik xuquqiy jixatlari

    3. Sanoat hududlarning ekologik-xuquqiy jixatlari

    4. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ekologik xuquqiy jixatlari

Adabiyotlar: 5, 13, 19, 22, 23, 25, 38
Tayanch iboralar: Agrar hudud, alohida muhofaza etiladigan hududlar, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, rekratsion hududlar



    1. SHaharlarda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning xuquqiy jixatlari. Insoniyat ilmiy-texnik inqilobining oqibatlaridan biri urbanizatsiyadir (lotin tilida «urbanus» - shaharlik), ya‘ni sanoat va aholining shaharlarda mujassamlasha borishi. Ayniqsa, bu jarayon iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xos bo’lib, ularda aholining 70-80 foizi shaharlarda istiqomat qiladi. Natijada, ularda atrof tabiiy muhitga bo’lgan antropogen bosim boshqa hududlarga nisbatan bir necha bor yuqoridir.

SHaharlarda atrof tabiiy muhitning antropogen o’zgarganlik darajasi, avvalambor, uning katta yoki kichikligiga, sanoatlashganligi va ularning faoliyat yo’nalishlariga, maishiy xizmat ko’rsatish darajasiga va transport tarmoqlarining infrastrukturasiga bog’liq.
Yer kurrasida 170 dan oshiq millioner (aholisi 1 mln.kishidan ortiq bo’lgan) shaharlar mavjud. Aholishunoslik fanining qoidalariga binoan, katta shaharlarga aholisi 0,5 mln.dan oshiq bo’lgan aholi punktlari kirishini inobatga oladigan bo’lsak, yirik shaharlarning soni 2-3 barobar oshib ketadi. Undan tashqari, katta shaharlar biron-bir hududda o’zaro qo’shilib ketadigan bo’lsa, megapolis (grekchadan «megas»-katta, «polis»-shahar) larni hosil qiladi. Masalan, Nyu-York megapolisidan 17 mln. kishi, Mexiko, Tokio, Moskva, Qoxira kabi megapolislardan ham shunga yaqin aholi istiqomat qiladi. O’zbekistonning Toshkent va uning atrofidagi shaharlarida 3 mln. ga yaqin aholi yashaydi. Shaharlar soni bizda 60 yil ichida 120 taga ko’paygan va ulardan aholining 30% dan ortig’i istiqomat qiladi.
Aholining shaharlarda kompakt holda yashashi sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga ijobiy ta‘sir qilishi bilan bir qatorda atrof tabiiy muhitning ekologik xavfsizlik darajasiga salbiy ta‘sir ko’rsatmoqda. Shaharlarda tuproq, o’simlik va xayvonot dunyosi, suv va yer osti boyliklaridan foydalanish o’ta yuqori darajada bo’lgani uchun ham, ularda tabiiy ob‘ektlarning holati to’lig’icha antropogen o’zgargan ko’rinishdadir. Shaharlarda tabiiy jarayonlar kishilarning xo’jalik faoliyati bilan uzviy bog’langandir.
Ekologik tizimlarda nafaqat biologik yoki kimyo, balki fizik o’zgarishlar (elektromagnit maydon tebranishlari) ham o’ta kuchaygan ravishda namoyon bo’ladi.
Ilmiy tadqiqot natijalariga ko’ra, shaharlarda quyosh radiatsiyasi 15% gacha kamroq yer yuzasiga yetib keladi. Yomg’ir, do’l va qorlar 10% gacha ko’proq yog’adi, tuman 30- 100% ga ko’proq tushadi. Kasalliklar, ayniqsa, yuqumlilari, shaharlarda boshqa hududlarga nisbatan bir necha barobar ko’p ro’yxatga olingandir. Shaharlarda atmosfera havosining keskin yomonlashuvi tufayli aholi o’pka raki kasalliklari bilan qishloqdagilarga nisbatan 40 baravargacha yuqumli kasalliklar bilan esa 2 baravargacha ko’proq xastalanadilar. Shahardagi shovqin shaharliklarda asab kasalliklarini qishloq aholisiga nisbatan 75% gacha ko’paytirib yuborgan. N.K.Komilovaning ma‘lumotlariga ko’ra Buxoro viloyati shaharlarida aholining qon va qon tomir, psixik buzilish, asab tizimi va nafas olish yo’llari xastaliklari qishloq joylardagi aholiga nisbatan 10-15% ga yuqoridir.
SHaharlarda aholining kontsentratsiyalashuvchi va ayniqsa yuqori malakali ishchi kuchining ko’pligi u yerda sanoatning barcha turlarining rivojlanishiga sabab bo’ladi. AQSHning Tabiatni muhofaza qilish agentligi shaharlarda sanoat tarmoqlarini ekologik xavfsizlik darajasi bo’yicha 2 turga ajratadi: birinchi turga-atmofera havosiga yiliga 100 tonnadan ortiq hajmda chiqitlarni chiqaruvchi korxonalar: tog’-kon boyitish kombinatlari, ko’mir boyitish fabrikalari, koks zavodlari, qo’ng’ir ko’mir ishlab chiqaruvchi zavodlar, neft maxsulotlarini saqlash va tashish (hajmi 47,7 mln. litrdan ko’p bo’lsa), kimyo, metallurgiya, mis va alyumin zavodlari, qo’rg’oshin, tsink va qog’oz-tsellyuloza kombinatlari; ikkinchi turga-ko’proq suvlarni ifloslantiruvchi korxonalar: yog’ochni qayta ishlash, qog’oz va tsellyuloza kombinatlari, tekstil, teri oshlash va neorganik (bo’yoq, siyox, mineral o’g’it) va organik kimyo maxsulotlari (plastmassa, sun‘iy materiallar, yog’-sovun, pestitsid, gerbitsid) ishlab chiqaruvchi korxonalar, farmatsevtika, rezina, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat maxsulotlari, qurilish materiallari, mashinasozlik va metallurgiya sanoati tarmoqlari korxonalari kiradi.
SHaharlarda atrof-muhit holatiga sezilarli ravishda ta‘sir qiluvchi omillardan biri- maishiy kommunal xizmat xo’jaligi, uning atrof-muhitga ekologik ta‘siri shaharlarning kanalizatsiya va suv ta‘minoti, isitishning markazlashganlik darajasiga to’g’ri proportsionaldir. Markazlashgan kommunal xizmat tarmoqlarining yo’qligi tabiiy ob‘ektlarning ifloslanishiga va oqibatda, sanitar-epidemiologik holatning kuchayishiga sabab bo’ladi. Maishiy kommunal xizmatning yana bir ekologik ko’rsatkichi qattiq turdagi axlatlarni yig’ish va ularni utillashtirish masalasining yechilganligidadir. O’zbekiston bo’yicha yiliga 30 mln. m3 maishiy chiqitlar chiqadi va ular shahar atrofidagi rezervuarlarga tashlanadi. Lekin bu chiqitlarning 1/10 qismi shaharlarda qolib ketmoqda.
Maishiy chiqitlarni ajratish, saqlash, qayta ishlash va ularni xuquqiy tartibga solish hanuzgacha yo’l qo’yilmagan muammolardan biridir. Bu masalani ijobiy hal qilishda Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimligi tomonidan olib borilayotgan-maishiy axlatlarni yig’ish shoxobchalarini tashkil qilish va ularni navlarga ajratish bo’yicha chora-tadbirlar maqtovga sazovordir.
SHaharlarda atrof tabiiy muhitga ta‘sir ko’rsatish bo’yicha transport sohasi asosiy o’rin egallaydi. Avtomobil transportining umumiy transport vositalari (temir yo’l, havo transporti, metropoliten…) ichidagi salmog’i O’zbekistonda 70-85% ni tashkil etadi. Ekologik toza hisoblangan elektrotransport (trolleybus, tramvay, metropoliten, elektrovoz….) salmog’i umumiy transport vositalari bo’yicha atigi 7-10% ni tashkil etadi, xolos. Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanishiga katta ta‘sir ko’rsatayotgan transport tarmoqlaridan biri-aviatsiya. Ular havoda uglevodorod, azot va uglerod oksidlarining keskin ko’payishiga sabab bo’lmoqda. Lekin keyingi paytda A-300, «Boing» toifasidagi samolyotlar Bilan aviaparklarni to’ldirish bunday salbiy holatning kamayishiga olib keldi.
SHunday qilib, shaharlarda atrof tabiiy muhitga antropogen omillarning ta‘sir darajasi va turi boshqa antropogen o’zgargan hududlarga nisbatan o’ziga xos ko’rinishda namoyon bo’ladi. Mutaxassislarning fikricha, shaharlarda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish talablari quyidagilardan iborat bo’lishi kerak:

  • sanitar va epidemiologik holatni yaxshilash;

  • xo’jalik faoliyatining ekologik xavfsizlik darajasini ta‘minlash;

  • axlat va maishiy chiqitlarni qat‘iy me‘yorlash va ularni utillashtirish;

  • shovqinchizlikni ta‘minlash;

  • ko’kalamzorlashtirish va obodonlashtirishni yo’lga qo’yish;

  • transportda alternativ energiya (elektr, quyosh energiyasi, vodorod yoqilg’isi, motorsiz transport…) turidan keng foydalanish;

  • ekologik texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy qilish;

  • yashil muhofaza hududlarini barpo qilish;

  • sanoat va energetika korxonalari, aeroportlarni shahar chekkasiga olib chiqish;

  • qurilish ishlarini tabiiy komponentlarga kam ta‘sir etadigan qilib olib borish va rekultivatsiya (qayta tiklash) talablariga rioya etish;

  • maishiy va sanoat suvlarini tozalash va ularni ikkilamchi ishlatish choralarini joriy etish;

  • bino va inshootlarni (ayniqsa o’ta zararli korxonalarda) joyning seysmik talablariga qarab loyihalash, qurish va hokazo.

2002 yil 4 aprelda qabul qilingan «SHaharsozlik kodeksi»ning 4, 6,8 –moddalarida ko’rsatilganidek, jamiyat, davlat va shaxslarning shaharsozlik sohasidagi manfaatlarini inobatga olgan holda, xo’jalik va boshqa faoliyatning atrof-muhitga yetkazadigan zararli ta‘siriga yo’l qo’ymaslik, ekologik holatni yaxshilash talabi o’rnatilgan hamda yuridik va jismoniy shaxslarning majburiyatlari belgilangan.
SHu kunda O’zbekiston shaharlarida tabiatni muhofaza qilishning xuquqiy talablari Tabiatni muhofaza qilish, Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, Shaharsozlik kodeksi, Yer kodeksi, Suv va suvdan foydalanish, Atmosfera havosini muhofaza qilish, O’simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish, Chiqindilar, Davlat sanitariya nazorati, Avtomobil yo’llari, Davlat kadastrlari, Aholi sog’ligini muhofaza qilish, Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza
qilish to’g’risidagi qonunlar va shular asosida qabul qilingan qonun osti me‘yoriy xujjatlarda o’z aksini topgan va ular orqali tortibga solib turiladi.
Tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunning maqsadiga ayrim ob‘ektlar (jumladan, shaharlar) tabiatni muhofaza qilish, ularda yashaydigan fuqarolarni qulay atrof- muhitga ega bo’lish xuquqini kafolatlash ham kiradi (1-modda). Bunday kafolatni shaharlarda Vazirlar Mahkamasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasining Toshkent shahri, shahar qumitalari, shaharcha va shahar tarkibiga kiruvchi tuman mahalliy davlat idoralari amalga oshiradilar. Shaharsozlik kodeksining 18-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi shaharlarda tabiatni muhofaza qilishga doir yagona siyosatni olib boradi, tabiiy resurslardan foydalanish, ularni baholash, ulardan foydalanganlik va ifloslantirganlik uchun to’lovlarning yagona tartibini belgilaydi, tabiiy ofatlar va yirik avariyalar yoki ekologik tang vaziyatlardan aholini saqlash va ularni bartaraf qilish yo’llarini ishlab chiqadi. Ekologik o’quv-tarbiya va maorif tizimini yaratadi va Ushbu yo’nalishdagi mamlakatimiz ahamiyatiga molik ekologik chora-tadbirlarni olib boradi.
«Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida»gi qonunning 10-moddasi va shaharsozlik kodeksining 19-20 moddalariga binoan mahalliy davlat boshqaruv organlari Toshkent shahri va uning tumanlari, Respublikamiz shahar toifasiga kiruvchi aholi punktlari hokimliklari o’z hududlarida: tabiatni muhofaza qilishning asosiy yo’nalishlarini belgilaydilar; tabiiy resurslarni kadastrlash, moddiy-texnika ta‘minotini yo’lga qo’yish, sub‘ektlarning tabiatdan foydalanishi, uni ifloslantirish, unga chiqitlarni chiqarish va utillashtirish tartibini belgilaydilar; ular faoliyatini cheklash, man qilish, to’xtatish, to’lovlarni o’ndirish va boshqa qonunlarda ko’zda tutilgan vakolalarni ham o’taydilar.
SHahar Tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi idoralari O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi tizimidagi organ bo’lib, u Respublika Davlat qumiatsining «Tasdig’i» va shahar hokimining «Kelishuvi» bilan qabul qilinadigan Nizomlariga binoan faoliyat yurgizadilar va shahar xalq deputatlari, boshqa mahalliy idoralar bilan muvofiqlashgan tarzda ish olib boradilar. Shahar Tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi idoralari o’z vakolat doirasida qabul qilgan qarorlari tegishli hududda sub‘ektlar uchun majburiy hisoblanadi.
SHaharlarda xalq xo’jalik tarmoqlari faoliyatining atrof tabiiy muhitga va aholiga salbiy ta‘sirini kamaytirish hamda tabiiy resurslarni tiklab borishni kafolatlovchi me‘yorlar va standartlar bilan belgilab qo’yish juda muhim xuquqiy chora hisoblanadi. Ekologik me‘yorlarni shaharlarda mahalliy tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi, Sog’liqni saqlash boshqarmasi, sanoatda ishlarni bexatar olib borishni nazorat qilish va kon nazorati bo’linmalari o’zlariga berilgan vakolatlarga muvofiq olib boradilar. Bu me‘yorlarga binoan shahardagi korxona, tashkilot va muassasalar, fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning atrof-muhitga salbiy ta‘sir etishi mumkin bo’lgan eng yuqori darajasi yoki ruxsat etilgan me‘yori (REM, RECHM, RET, REKM…) aniqlanadi. Bunday chegaralanishlar shaharlarda REM (zaxarli moddalar kontsentratsiyalashuvining eng yuqori ko’rsatkichi) atmosfera havosi va suvlar uchun olinadi. Moddalarning atmosfera havosi yoki suvda inson organizmida hech qanday patologik o’zgarishlarga olib kelmaydigan darajasi SN 245-71 raqamli Instruktsiyada REM sanitar me‘yorlarining 160 xil moda va 35 turdagi kombinatsiyalarda atmosfera havosi ifloslanish darajsining ruxsat etilgan me‘yori bo’yicha belgilangan. Masalan, uglerod oksidi bo’yicha ifloslantirish me‘yori sutkasiga 1,0 mg/m3, harakatda bo’lmagan ob‘ektlar uchun 20 mg/m3 ga tengdir.
RECHM-shaharlarda ma‘lum bir korxona yoki tashlash manbai bo’lgan sub‘ektlar tomonidan zararli moddalarni chiqarish miqdori. U SN- 369-71 bo’yicha amalga oshiriladi va GOST 17.2.3.02-78 bo’yicha hisoblanadi. Agarda ma‘lum bir ob‘ektda 2 va undan ortiq tashlagich manbalari (ventilyatsiya va energetik qurilma) bo’lsa, bu korxona uchun RECHMning umumiy ko’rsatkichlari belgilanadi. Har bir RECHM bo’yicha tashlash
inventarizatsiyasi (pasporti) tuziladi. Unda tashlandiqlarning son va sifat ko’rsatkichlari bo’yicha ma‘lumotlar, chiqitlarni tozalash usullari va ekologik texnologiyalarni takomillashtirishning yo’llari berilgan bo’ladi. Bu pasportlarni har 5 yilda alohida bir qabul qilingan shakllarni to’ldirish asosida qayta ko’rib chiqiladi. Xuddi shunday jarayonlar Davlat standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi tomonidan RET (okovalarning eng yukori kursatkichi), REKM (kimyoviy moddalarni ishlatishning eng yuqori miqdori) va boshqa me‘yoriy ko’rsatkichlar bo’yicha ishlab chiqiladi va shahar sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan tasdiqlanadi.
SHaharlarda alohida bir tabiiy ob‘ektlardan foydalanish differentsial qonun, mahalliy boshqaruv va nazorat organlarining qabul qilgan me‘yoriy xujjatlari orqali tartibga solinadi.
SHahar hududidagi yerlar Yer kodeksining 8-moddasiga binoan axoli punktlari yerlari fondiga kiradi. Shuning uchun ham ularni alohida muhofaza etish va ulardan foydalanishning o’ziga xos tartibi bor. Ushbu qonunning 59-moddasiga binoan shahar yerlari quyidagi toifalarga ajratiladi: qurilish, umumiy foydalanish; qishloq xo’jaligi; daraxtzorlar; sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadga mo’ljallangan yerlar; alohida muhofaza etiladigan hududlar; suv fondi yerlari; zaxira yerlar.
Biz Agrar hududdagi yerlardan samarali foydalanish deganda, Ushbu yerlardan yuqori hosil olish va tuproq unumdorligini saqlashni tushunsak, shaharlardagi yerlardan oqilona foydalanish deganda esa, qurilish va obodonlashtirish ishlarini ilmiy asoslangan tarzda, joy planirovka majburiyatlariga binoan olib borishni tushunamiz. Shahar yerlari shaharsozlik, yer tuzish xujjatlari bo’yicha chegaralanadi va ulardan maqsadli foydalanish uchun ruxsatnomalar beriladi. Foydalanuvchilar esa yer kodeksining 11 bob, 79-82 moddalarida belgilangan yerlarni muhofaza qilishning quyidagi ekologik talablariga rioya etishlari shart:

  • ob‘ektlar, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, qurish va ulardan foydalanishda yerlarning holatiga salbiy ta‘sir

  • ko’rsatadigan Yangi texnologiyalarni joriy etish chog’ida Tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi ruxsatnomalarini olish;

  • har bir xo’jalik jarayonini ekologik ekspertizadan o’tkazish;

  • yashil maydon, dov-daraxtlarni iloji boricha saqlab qolish;

  • rekultivatsiya qilish;

  • maishiy va sanoat chiqitlarini tashlaydigan rezervuarlar tashkil etish va h.k.

SHaharsozlik kodeksining 29-moddasida ko’rsatilganidek, shaharlarda aholini joylashtirishda atrof-muhit holatini mu‘tadillashtirish maqsadida:

  • alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar;

  • suv ob‘ektlarini muhofaza qilish zonalari;

  • rekratsion hududlar;

  • ekstremal tabiiy-iqlim sharoitlariga ega bo’lgan hududlarni tashkil etish belgilangan.

SHaharlarni rivojlantirish loyixalalarida, albatta, ekologik xavfsizlikni ta‘minlovchi talablarni inobatga olish, aholi punktlari rejalarida aholi soniga qarab, sanitar-gigienik me‘yorlarni o’rnatish talab etiladi. Shaharsozlik kodeksining 6 bobida shahar atrofi asosan ekologik va sanitar funktsiyalarni bajaruvchi zonalardan iborat bo’lishi prioritet (birlamchi) me‘yor tariqasida o’rnatilgan. Mazkur qonunning 7-yakunlovchi bobida ekologik, rekratsion, sanitar-gigienik tadbirlardavlat byudjeti, buyurtmachilar, yuridik va jismoniy shaxslarning mablag’lari hisobiga amalga oshirilishi ifodalangan.
SHaharlarda uy-joy, korxona, inshoot va boshqa ob‘ektlarni loyihalash, joylashtirish, qurish va ishga tushirish mobaynida aholining ichimlik suvga bo’lgan hamda maishiy ehtiyojlarini qondirish talablarini birinchi navbatda inobatga olish sharti bilan suvdan foydalanishlari «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi qonunning 11-moddasida bayon etilgan. Ushbu qonun bo’yicha aylanma harakatdagi suvlarning bug’lanishi, ifloslanishi va kamayib ketishining oldini olish, suv ob‘ektlarining boshqa tabiiy ob‘ektlarga zarar yetkazishiga yo’l qo’ymaslik, sho’rlanish, zax bosish va qurib qolishdan muhofaza qilish talablari qo’yiladi.
Toza ichimlik suvidan oqilona foydalanish maqsadida katta shaharlarda, xususan, Toshkentda maishiy xizmat va ichimlik suvidan fuqarolarning foydalanish limitlari,
«Suvsoz» trestlari 1999 yil yanvariga kelib jon boshiga 9,9 m3/ oyiga yoki 118,8m3/ yiliga suv sarfi me‘yori belgilangan.
Limitdan ortiqcha foydalangan shaxslardan suvning har bir metr kubiga 64% ustama narxlar to’lash orqali amalga oshiriladi.
Suvdan va umuman tabiiy resurslardan foydalanishni cheklash barcha rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan me‘yor bo’lib, bu tadbir tabiiy boyliklardan samarali foydalanishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Gretsiya, Isroil kabi mamlakatlar qonunchiligida suvlardan samarali foydalanish o’ta qattiq boshqaruv va nazorat ostiga olingan tadbir bo’lib, u chuchuk suvning zaxirasi, sanoat tarmoqlari va aholining zichligi bilan bog’liq holda olib boriladigan masalalar toifasiga kiradi.
SHahar va aholi punktlarida, uning atrofidagi yashil mudofaa hududlarida yer osti boyliklari to’g’risidagi qonunga muvofiq yer qa‘rining ayrim uchastkalaridan foydalanish cheklangan yoki ta‘qiqlangandir.
SHunday qilib, shaharlarda ekologk xavfsizlikni ta‘minlash o’ziga xos xuquqiy boshqaruv va nazorat tizimini shakllantirishni taqozo etadi.

    1. Agrar hududlarning ekologik xuquqiy jixatlari. O’zbekiston Respubliksi agrar mamlakat bo’lib, aholisining 60% ga yaqini qishloq joylarda istiqomat qiladi, ishlab chiqarish saloxiyatining 1/3 qismi va tashqi savdoning 55% qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan bog’liq. Ishlab chiqarishda band bo’lgan aholining har ikkitasidan biri agrar sanoatdadir. Shuning uchun ham Prezident I.A.Karimov Vazirlar mahkamasining 1997 yil 8 fevraldagi hisobot yig’ilishida, Oliy Majlisning 1997 yil 25 dekabr, 1998 yil 30 aprel X-XI sessiyalarida qishloq xo’jaligida tub isloxotlarni uzatish zarurligi, uning natijasi esa mamlakatimiz hayotini belgilovchi qadam ekanligini o’qtirib olgan.

O’rta Osiyo, xususan, O’zbekiston, qadimdan dehqonchilik qilib kelidnadigan o’lka hisoblanadi. Tub aholining tirikchiligi ham tashqi Dunyo bilan o’zaro munosabatlari ham qishloq xo’jalik maxsulotlari va ulardan tayyorlangan maxsulotlar hisobiga amalga oshirilgan. Chor Rossiyasi va sobiq Ittifoq davrida, ya‘ni XIX asrning ikkinchi yarmidan to shu kungacha agrar soha mayda va o’rta qishloq xo’jaligi tovar ishlab chikarishdan yirik tovar ishlab chikaruvchi xujaliklariga aylantirildi. Mustaqillik davrigacha Turkiston o’lkasi mustamlaka o’lka bo’lib, SSSRning Yevropa qismidagi korxonalarga paxta, teri, ipak tolasi, meva maxsulotlari kabi xom ashyo maxsulotlari yetkazib berar edi. XX asr boshida O’zbekistonda 1,7-1,8 mln.ga sug’orilib dehqonchilik qilinadigan yerlar maydoni shu asrning 80-yillariga kelib 400 mln. gektarga yetdi. Qishloq xo’jalik maqsadlarida o’zlashtirilayotgan yerlar avvaliga tabiiy iqlim sharoiti o’ta qulay bo’lgan hududlar-CHirchiq, Oxangaron, Zarafshon, Surxon-SHerobod, Qashqadaryo, Quyi Amudaryo, O’rta Sirdaryo vohalari, Farg’ona vodiylarida amalga oshirildi. Aholining eng zich bo’lgan maydonlari ham aynan shu Agrar hududda joylashdi.
Kundan kunga ko’payib borayotgan aholi va agrar sanoat talabi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini ekstensiv tarzda oshirib borishga majbur etmoqda. Atrof tabiiy muhitga,
ayniqsa, agrar hududlarda yerga bo’lgan antropogen bosim darajasi ko’payib ketdi. Qishloq xo’jaligi maxsulotlarini ishlab chiqarishning ekstensiv usulini (ekin maydonlarini kengaytirish hisobiga maxsulot miqdorini oshirish) tanlagan sobiq Ittifoqda tabiiy ob‘ektlarning ekologik holati keskin yomonlashib ketdi. Mutaxassislarning ma‘lumotlariga ko’ra keyingi bir asr mobaynida sho’rlangan yerlar maydoni 2 mln. gektarga, shamol va suv eroziyasiga uchragan yerlar 3-3,5 mln.gektarga yetdi, kimyoviy ifloslanish butun sug’orma yer fondining 75-80 % ni tashkil qildi. 25-28 mlrd.kub metrni tashkil qilayotgan oqova va tashlandiq suvlar Amudaryo va Sirdaryolarni, oxir-oqibatda esa, Orol dengizi suvlarining sho’rlanganlik darajasini 203 barobarga, zararli moddalar-pestitsid, gerbitsid, azot, fosfor, kaliy elementlarning miqdorini ruxsat etilgan me‘yordan (PDK) 3-4 barobarga ko’payib ketishiga sabab bo’ldi. Dalalarni dorilashning «aero» usuli Agrar hududdagi yovvoyi yoki madaniy o’simlik va xayvonot dunyosiga, atmosfera havosining sifatiga, odam organizmi uchun xavfli bo’lgan toksikan (zararli) moddalarning suvlarda ko’payishiga olib keldi. Yangi o’zlashtirilgan tipik bo’z tuproqlarda uchraydigan va uning unumdorligi haqida morfologik ko’rsatma beradigan yomg’ir chuvalchangi miqdori tuproqning har bir metr kubida 300-1200 dan 1-2 donagacha tushib ketdi yoki umuman uchramaydigan bo’lib qoldi.
Agrar hudud-qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi bilan band bo’lgan hududlar. Agrar hududlarda yuzaga kelgan salbiy ekologik holatlar kishilarning hayotiga keskin ta‘sir qiladi. Yu.SHodimetovning ma‘lumotlariga ko’ra, pestitsidlar keng qo’llanadigan hududlardagi aholi orasida nafas olish, endokrin, yurak-qon tomir, jigar kasalliklari, kamqonlik, akliy yetishmovchiligi bo’lgan bolalar tug’ilishi, rak va ginekologiya kasalliklari boshqa noagrar hududlardagidan 2-3 marotaba ko’p uchraydi. Qishloq joylarda 14 yoshgacha bo’lgan bolalarda temir moddasi yetishmaydigan kamqonlik, faol sil kasalligi, virusli gepatit (sariq kasallik) va yuqori nafas yo’llariga mikroblar o’tiradigan kasalliklar tez-tez kuzatilib turildi. 1980 yillarga kelib pestitsidlardan 80 tagacha o’tkir va 60 tagacha surunkali zaxarlanish qayd etilgan.
Bu esa, Agrar hududda antropogen ta‘sirning kuchayishiga olib kelmoqda. Antropogen bosim natijasida yuzaga kelgan salbiy ekologik holatni 3 guruxga ajratish mumkin.
Birinchi guruxga qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqarishning negizi bo’lgan tabiiy ob‘ektlarning buzilishi; a) turg’unlik yillarida paxta yakkahokimligi va almashlab ekishning yo’lga qo’yilmaganligi oqibatida tuproq unumdorligining pasayib ketishi; b) tuproqlarning sho’rlanishi, eroziyaga uchrashi (suvdan yuvilishi), deflyatsiyalashuvi (shamol orqali uchirilishi), botqoqlashuvi, ifloslanishi, agrokimyoviy va agrofizik ko’rsatkichlarining yomonlashuvi, mikroorganizmlarning kamayib ketishi, kimyoviy tarkibining buzilishi; v) suv ta‘minotining buzilishi va sug’orma suvlar kimyoviy tarkibining yomonlashuvi; g) foydali organizmlarning (changlatadigan, zararli hashorat kushandalari, sanitar xayvonlar) kirilib ketishi; d) tabiiy yaylovlar ishlab chiqarish qobiliyatining pasayishi; ye) cho’llanish va tabiiy geodinamik (surilma, jarlanish, o’pirilish, chuqish, degish, solyuflyukatsiya, abraziya) jarayonlarining ortib borishi.
Ikkinchi guruxga ekologik salbiy oqibatlarning kuchayishini ko’rsatish mumkin. Bu nafaqat qishloq xo’jaligiga, balki atrof-muhitning buzilishi natijasida boshqa xalq xo’jaligi soxalariga zarar yetishdir. Misol uchun, gidrografik ob‘ektlar (ko’l, daryo, suv omborlari, kolelktor-drenajlar)ning ifloslanishi va ulardagi xayvonot dunyosining kamayishi; o’rmon va to’qayzorlarning kamayib ketishi; yovvoyi turdagi xayvonot va o’simlik dunyosi yashash muhitining torayib qolishi; atmosfera havosining tarkibida tuz, chang, og’ir metall kabi kimyoviy moddalarning ko’payib ketishi; ovchilik va baliqchilik xo’jaligining oksab qolishi; qo’riqxona va buyurtma qo’riqxona singari alohida muhofaza talab etadigan hududlarning muhofaza tartibining buzilishi va hokazo.
Uchinchi guruxga insonlar yashash muhitining Agrar hududda yomonlashuvini olsak bo’ladi. Buning natijasida sobiq Ittifoq davrida XX asrning 70-80 yillariga kelib qishloq aholisining o’rtacha umr ko’rish davri 3-5 yilga qisqargan.
Yuqorida keltirilgan salbiy oqibatlarning 3 guruxi davlatning agrar siyosatidagi iqtisodiy talablar bilan ekologik talablarni o’zaro uyg’unlashgan holda olib borishni talab etadi. Shuning uchun ham Prezident I.A.Karimov o’zining «Qishloq xo’jaligi taraqqiyoti – to’kin hayot manbai» degan asarida «Dehqonchilik madaniyatini ko’tarish tuproq holatining yaxshilanishi va atrof –muhitning ifloslanishining oldini olishiuchun kerak», deb bekor aytmagan. Bu o’rinda jamiyatdagi agrar munosabatlarni tartibga solishning xuquqiy asosini yaratish zamon talabidir. Mazkur dolzarb muammoning qonuniy asosi 1998 yil aprel-mayda bo’lib o’tgan O’zbekiston Respublikasi oliy Majlisning XI sessiyasida qishloq xo’jaligiga oid qabul qilingan bir qator qonunlarda o’z aksini topdi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida ekologik xavfsizlikni ta‘minlash uchun, avvalombor, Agrar hududni Ekologik xuquqning alohida bir antropogen o’zgargan va o’ziga xos «ob‘ekti» deb qarashni taqoza qiladi. Agrar hududda jamiyatdagi munosabatlarni xuquqiy boshqarish kontseptsiyasini ishlab chiqish talab qilinadi va ushbu qarashlar tizimi davlatning milliy xavfsizlik kontseptsiyasining asosiy elementlaridan biri bo’lib qolishini ta‘minlash darkor.
Sh.X.Fayziev tadqiqotlarida qishloq xo’jaligida ekologik xavfsizlik qoida va talablariga asoslangan ijtimoiy munosabatlar xuquqiy tartibga solish davlat va xuquqning vazifasi deb qaralishi to’g’ri talab etilgandir. Muallif qishloq xo’jaligida ekologik xavfsizlik talablari Konstitutsiyamizning alohida bir «Davlatning ekologik siyosati» bo’limida aks etishi kerakligini yoqlab chiqqan. Tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonunida «Qishloq xo’jaligida ekologik xavfsizlik talablari» degan alohida bir moda kirgazilishi juda ham maqsadga muvofiqligini ko’rsatib o’tgan.
Agrar hududda tabiatni muhofaza qilishning ijtimoiy, iqtisodiy, ma‘naviy, ma‘rifiy, siyosiy va xuquqiy choralari mavjud. Ulardagi ekologik xavfsizlikni ta‘minlashning xuquqiy choralarini 2 guruxga ajratish mumkin. Birinchisi, xo’jalik yuritishning ekologik me‘yorlarini ishlab chiqish va Amaliy tatbiqini ta‘minlash; ikkinchisi-antropogen buzilgan hududlarni sog’lomlashtiruvchi me‘yorlarni ishlab chiqish va ularni hayotga keng tatbiq qilish.
Har ikkala xuquqiy guruh chora-tadbirlarining, avvalambor, konstitutsiyaviy asosini yaratish kerak bo’ladi. Xo’jalik yuritishning salbiy-ekologik oqibatlarining oldini olishning konstitutsiyaviy asoslari O’zbekiston Respublika Konstitutsiyasining XI bob 50- moddasida fuqarolarning atrof tabiiy muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo’lish majburiyatidan kelib chiqadi. Bozor munosabatlariga o’tish davrida qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida yuzaga kelayotgan barcha turdagi mulkdorlar o’z mulkidan foydalanishlarida atrof-muhit holatiga zarar yetkazmasliklari sharti qo’yilgan (54 modda). Davlatga (55- modda), jumladan, mahalliy hokimiyatlarga (100-moddaning 5-bandi) tabiiy zaxiralarni umummilliy Boylik sifatida muhofaza qilish majburiyati yuklatiladi. Lekin jamiyatning ekologik xavfsizligini, xususan, Agrar hududda ekologik inqirozning oldini olishning konstitutsiyaviy asoslari Bosh qomusimizning alohida bir «Davlatning ekologik siyosati» bobida aks etgani ma‘qul, deb mutaxassislar fikr bildirmoqdalar. «Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga esa «Qishloq xo’jaligida ekologik xavfsizlik talablari» deb nomlangan alohida bir moda kirgizilishi juda ham maqsadga muvofiq bo’ladi. Aks holda, xalq xo’jalgimizning yetakchi sohasi bo’lgan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida ekologik talablar yetarli darajada namoyon bo’lmasligi mumkin.
1998 yil 18 martdagi Prezident Farmoniga binoan tasdiqlangan chuqurlashtirish Dasturida dehqonchilik tizimini rivojlantirish uchun yerdan oqilona foydalanish va tuproq unumdorligini ta‘minlash uchun; tuproq unumdorligini oshirish chora-tadbirlarini qo’llash; yerdan foydalanish, sifatini aniqlash va baholashni tartibga solish chora-tadbirlarini ishlab
chiqish; ekin maydonlari tuzilmasini maqbullashtirish, tumanlarda qishloq xo’jalik ekinlari yetishtirishni ixtisoslashtirish; noan‘anaviy qishloq xo’jaligi ekinlarini yetishtirish ko’zda tutilgan edi.
Dasturning Qishloq xo’jaligini kimyoviylashtirish va o’simliklarni himoya qilish bo’limida hech qanday ekologik talablar nazarda tutilmagan. Ekologik xavfsiz qishloq xo’jalik maxsulotlarini ishlab chiqishning xuquqi chora-tadbirlari belgilanmagan.
Yerlarni irrigatsiya va meliorativ holatini yaxshilash chora-tadbirlarida ham yangi yerlarni o’zlashtirishning ekologik talablari yoki eski texnogen buzilgan yerlarning ilmiy asosda qayta tiklash talablari bayon etilmagan. Vaholanki, har yili qishloq xo’jaligidagi sug’orma yer fondidan boshqa xalq xo’jaligi maqsadlari uchun 15-20 ming gektar yer ajratilmoqda. Bunday yuqotuvning o’rnini qoplash maqsadida sho’rlangan, botqoqlangan, eroziyaga uchragan Agrar hududdagi tashlandiq maydonlarni o’zlashtirish haqida hech narsa deyilmagan. Bizga ma‘lumki, respublikamizda 0,5 mln. gektardan ochiq jarlangan va texnogen buzilgan yerlarni qishloq xo’jalik oborotiga qaytarsa bo’ladi. Lekin meliorativ tadbirlar qonunchilikda o’ziga xos me‘yoriy xujjatlarni ishlab chiqishni talab qiladi.
Qishloq xo’jaligida o’zaro moliya va kredit munosabatlari, hisobga olish va hisobotni takomillashtirish bo’limida ekologik chora-tadbirlar uchun qo’shimcha byudjet ta‘minoti va imtiyozli kreditlar ajratish ko’zda tutilmagan. Ekologik rag’batlantirishning iqtisodiy mexanizmi ko’rsatilmagandir.
Qishloq infratuzilmasini rivojlantirishda ortiqcha mexnat potentsialidan, qulay tabiiy- iqlim va mineral xom ashyo resurslaridan nafaqat iqtisodiy, ijtimoiy, ma‘rifiy, madaniy balki ekologik-estetik nazardan unumli foydalanish ko’rsatilmagandir.
Xulosa qilib aytganda, 1999-2000 yillardagi davrda qishloq xo’jaligida iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish dasturi asosan Agrar hududda iqtisodiy masalalarning yechimini topishga qaratilgan bo’lib, «Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuning printsipi- «Iqtisod bilan ekologik tadbirlarni o’zaro uyg’unlashgan holda olib borish»ni inobatga olmagan edi. Vaholanki, qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy isloxotlarning maqsadi qishloq aholisining farovonligi va agrar sanoatining ishlab chiqarish samardorligini oshirish. Xalq farovonligining eng asosiy ko’rsatkichlaridan biri-ekologik xavfsiz muhitda sog’-salomat yashashdir.
Yuqorida aytib o’tilgan Dastur asosida qabul qilingan bir qator qonun xujjatlarida, xususan, Yer kodeksi, Qishloq xo’jalik kooperativi (shirkat xo’jaligi), Fermer xo’jaligi, Dehqon xo’jaligi to’g’risidagi, Davlat yer kadastri hamda Vazirlar Mahkamasining 1999 yildagi 299, 300-sonli qarorlarida tabiiy boyliklardan samarali foydalanish va ekologik talablar qishloq xo’jalik sub‘ektlarining xuquq va majburiyatlariga kirgizilmagandir.
2000 yil 25 maydagi Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risidagi qonunning 9- moddasiga muvofiq, har bir tadbirkor ( jumladan, fermer va dehqon xo’jaligi) o’z faoliyatida ekologik talablarga rioya etishi shart, aks holda uning faoliyati to’xtalishi (48 modda) va u javobgarlikka tortilishi (51-modda) mumkinligi ko’rsatib o’tilgan. Agarda tadbirkorlar (jumladan, qishloq xo’jaligida faoliyat yurgizayotganlar) suvdan samarali foydalansalar, mahalliy davlat xokimiyatlari tomonidan rag’batlantirish me‘yorlarini (5-bob) qo’llashlari ham inobatga olingan. Bunday ijobiy-xuquqiy usulni qo’llash mamlakatimiz qonunchiligida ekologiyalashtirishga tomon qo’yilgan katta qadamdir.
Afsuski, «Fermer xo’jaliklari to’g’risida»gi qonundan farqli «Dehqon xo’jaliklari to’g’risida»gi qonunda (27-modda) dehqonlarning noekologik harakatlari ular faoliyatining to’xtalishiga asos bo’lishi inobatga olinmagan. Dehqon xo’jaligi mayda qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqarishga va uncha katta bo’lmagan (0,35 gektargacha) yer uchastkalaridan foydalanish xuquqiga ega. Lekin ularning soni va qushloq xo’jaligi ishlab chiqarishida tutgan salmog’i bo’yicha agrar sanoatda yetakchi o’rinni egallashini inobatga oladigan bo’lsak,
dehqon xo’jaliklarini tugatishga sabab bo’lib ekologik talablar ham olinsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
Agrar sanoat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va kooperativlari (shirkat xo’jaliklari)ning printsiplaridanbiri yerlarni muhofaza qilish va tuproq unumdorligini oshirishni ta‘minlashdir. 1998 yil 30 apreldagi Qishloq xo’jalik kooperativi (shirkat xo’jaligi) to’g’risidagi qonunga muvofiq, Agrar hududda ekologik talablar faqatgina yerlardagina qo’llaniladi, xolos. Lekin u hamma xo’jalitk faoliyati jabhasida va hamma tabiiy ob‘ektlar bo’yicha olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun ham Agrar hudud bo’yicha yoki bevosita yohud bilvosita ta‘sir etishi mumkin bo’lgan qonun xujjatlarida ekologik talablarning alohida bob yoki modda qilib berilishi ekologik xavfsizlikni ta‘minlashda katta ahamiyat kasb etadi, deb o’ylaymiz.
Yer kodeksining asosiy maqsadi-hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini ko’zlab, yerdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish, tabiiy xususiyatlarini asrash va yaxshilashdir. Yer esa qishloq xo’jalik ishlab chiqarish vositasidir va shuning uchun ham undan, avvalambor, qishloq xo’jaligida foydalanishlik Kodeksda ko’zda tutilgan. Kodeksining 2-moddasi 6-bandiga binoan, yer to’g’risidagi qonun xujjatlarining asosiy printsiplaridan biri-erga va butun atrof tabiiy muhitga zarar yetkazilishining oldini olish va ekologik xavfsizlkni ta‘minlashdir. Ushbu printsip Davlat boshqaruv va nazorat organlarining vakolatlari doirasida ham aks ettirilgandir. Masalan, Vazirlar Mahkamasi yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishning yagona siyosatini olib boradi, mahalliy hokimiyatlar o’z hududlarida ekologik tadbirlarni ishlab chiqadilar va ularning amalga oshirilishini nazorat qiladilar.
Yer kodeksining Yer tuzish, Yerga bo’lgan mulkchilik, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo’lgan xuquqlari va majburiyatlarida ekologik talablar alohida band sifatida berilgan. Kodeksning 6-bobida qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarda ishlab chiqarish samaradorligini ko’tarishning asosiy omillaridan biri yerni xaqiqiy egalariga bo’lib berish ekanligi aniq qilib ko’rsatilgan. Yerlarni qishloq xo’jaligida muhofaza qilishning mazmuni (11-bob) va tartibi (79-modda) irrigatsiya, melioratsiya va boshqa qishloq xo’jalik inshootlarini qurish, loyihalash va ulardan foydalanishga oid ekologik talablar (81-81 modda) va bu talablarni o’z muddatida bajarganlar uchun iqtisodiy rag’batlantirish yo’llari (82-modda) ko’zda tutilgan.
O’zbekiston Respublikasi qonun xujjatlarida ko’rsatilganidek, Agrar hududda faoliyat yurgizayotgan sub‘ektlar ekologik xavfsiz muhitga ta‘sir etuvchi noqonuniy bitimlar tuzgani; unumdor yerlarni o’zboshimchalik bilan egallagani; turli sanoat, maishiy va yakka tartibda uy-joy qurganligi; tuproq unumdorligini yoki kadastr ma‘lumotlarining keskin ravishda yomonlashib ketishiga sabab bo’luvchi harakat yoki harakatsizliklar qilgani; atrof-muhit va yerlarni kimyoviy ifloslantirganliklari yoki fizik buzganligi; zaxarli modda va birikmalarni saqlash, tashish va qo’llash talablarini buzganligi natijasida yerlarning sifat ko’rsatkichlarini yomonlashtirib yuborganligi uchun Jinoyat kodeksining 183-197, 201, Ma‘muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 65-69, 8, 91, 95, 96, Fuqarolik kodeksining 11, 173, 214, 231, 516,
517, 541, 542, 551 hamda Yer kodeksining 90, 91-moddalariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Agrar hududga yer resurslaridan tashqari, zarar yetkazish mumkin bo’lgan tabiiy ob‘ektlar-suv resurslari, yovvoyi turdagi xayvonot, o’simlik dunyosi va ularning yashash muhiti ham kiradi.
Suv resurslaridan qishloq xo’jaligida asosan sug’orish hamda chorva mollarini ichimlik suvi bilan ta‘minlashda foydalaniladiyu foydalanishdagi ekologik talablar suvlarning kamayib ketishi, bug’lanishi va ifloslanishining oldini olishga qaratilgan bo’ladi. Shuning uchun ham 1993 yil 6 mayda qabul qilingan «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi qonunning X111 bobiga muvofiq, qishloq xo’jaligi xuquqi sub‘ektlari suvdan
maxsus foydalanishlari mobaynida yer osti va usti suvlaridan foydalanishning ekologik talablariga qat‘iy rioya etishlari, suvlarni sug’orish, oqizish davomida ortiqcha suv o’tkazuvchanlik (filtratsiya) va bug’lanishga yo’l qo’ymaslik shartlari zikr etilgan.
Agrar hududda gidrotexnik, maishiy, sanoat, madaniy va boshqa inshootlarni qurish mobaynida suvdan, ayniqsa, chuchuk suvdan foydalanishning samaradorligini ta‘minlash, ularni ifloslanish, zaxarlanish hamda tuproqlarning yuvilish, shurlanish, botqoqlanishiga sabab bo’luvchi oqibatlarning oldini olish choralarini ko’rishlari shart. Suv qonunchiligi O’zbekistonda suv ob‘ektlarini agrar hududlarda ifloslantirishi, buzilishi va yomonlashuviga olib kelishi mumkin bo’lgan ob‘ektlarni loyihalash, ishga tushirish, qurishni man qiladi. Tabiatni muhofaza qilish qumitasining BX 118.00277 19.5-91-«Suv ob‘ektlariga tashlandiq suvlar bilan oqizish me‘yori loyixalarini ishlab chiqish va ro’yxatlash tartibi»; BX 118.0027714.50-95- «CHorvachilik komplekslarida suvlarni muhofaza qilishning davlat nazorati bo’yicha metodik qo’llanma»; BX 118.0027714.6-92-«Suvlardan maxsus foydalanishga ruxsat berish va kelishish tartibi» kabi boshqaruv xujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Lekin bu boshqaruv xujjatlarining davlat standarti qilib hanuzgacha sobiq Ittifoq davrida ishlab chiqilgan GOST 17.1.3.04- 82-«Yer osti va usti suvlarining pestitsidlardan ifloslanishini muhofaza qilish talablari»; GOST 17.1.3.11-84-«Mineral o’g’itlardan yer osti va usti suvlarining ifloslanishini muhofaza qilish talablari»; GOST 17.1.3.13-86-«Yer usti suvlarining ifloslanishidan muhofaza qilishning umumiy talablari»; GOST 17.4.3.05-86-«Sug’orish va o’g’itlashda oqova suvlar va ularni yotqiziqlariga qo’yiladigan talablar»; SanPiN № 4630-88-«Yer usti suvlarini ifloslanishidan muhofaza qilishning sanitar qoidalari va me‘yorlari» kabi me‘yoriy xujjatlar amal qilmoqda. Respublika ekologik kompleks boshqaruv organlariga bu me‘yoriy xujjatlarni zamon talabiga va Agrar hududda yuzaga kelgan ekologik vaziyatga qarab qayta ko’rib chiqish muddati keldi, deb o’ylaymiz.
Amaldagi ekologik qonun xujjatlariga muvofiq chorvachilik komplekslarining katta- kichikligiga qarab, ularning atrofidagi sanitar zonalar chegarasi 3 kilometrgacha bo’lgan xalqani qamrab oladi. Baliqchilik havzalari atrofidagi himoya zonalari esa qishloq xo’jaligi mintaqalarida 2 kilometrgacha bo’lishi kerak. Agarda bu zonalarda qishloq xo’jalik maxsulotlari yetishtiriladigan bo’lsa, tuproq va madaniy o’simliklarni o’g’itlash yoki kimyoviy moddalar ishlatish yog’-moy, organik va mineral o’g’it yoki boshqa kimyoiy moddalarni saqlash uchun omborlar qurish, chorvachilik komlpekslarini barpo qilish va ulardan chiqadigan organik o’g’itlarni saqlash qat‘iyan man qilinadi.
Agrar hududda tabiiy turdagi o’simlik va xayvonot dunyosini muhofaza qilish
«O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida»gi, «Xayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida»gi qonunlarda ko’rsatilganidek, har bir sub‘ektdan maksimal darajada biologik genofondni saqlab qolishga harakat qilishlarini talab qiladi. Meliorativ inshootlar qurishda baliqlarni muhofaza qilish qurilmalarini tashkil etish, sholi, bug’doy, beda kabi qishloq xo’jaligi o’simliklarini yig’ishtirib olish davrida yovvoyi turdagi qush va xayvonlarni saqlab qolish choralarini ko’rish ko’zda tutilgan.
Lekin mutaxassislarning ma‘lumotlariga ko’ra, Agrar hududda 30-70% tabiiy turdagi xayvonlar va o’simliklar dunyosi qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash, melioratsiyalash va madaniy o’simliklarni yetishtirish davrida nobud bo’lmoqda. Shuning uchun hosilni mexanizatsiyalar yordamida yig’ishtirib olish paytida xayvonot dunyosini muhofaza qilish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish va ular hosilni mexanizmlar yordamida yig’ishtirib olishni daryo, o’rmon yoki tabiiy saqlangan joylardan boshlamaslik, xayvonlarni shu tomonlarga ko’chib o’tish imkonini beruvchi me‘yorlar bilan to’ldirish zarur. Amaldagi ekologik qonunchilik qishloq xo’jalik korxonalari tomonidan tabiatga yetkazilgan zararni qoplash bo’yicha talablarni qo’ysa-da, lekin hanuzgacha aniq bir ilmiy asoslangan boshqaruv, nazorat va ekspertiza xujjatlarining yo’qligi ajablanarli holdir.
1981 yilda qabul qilingan «Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida»gi qonunda farqli 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan shu nomdagi milliy qonunimizda atmosfera havosini tabiiy resurs sifatida qarab, uni muhofaza qilish nafaqat insonlar, balki himoyasiz tabiiy turdagi o’simlik va xayvonot dunyosi uchun kerakligi inobatga olingan. Yangi qonunga muvofiq (18-modda) Agrar hududda kimyoviy moddalarni, ayniqsa pestitsid, gerbitsid, defolantlar va mineral o’g’itlarni samolyotdan turib sepish man qilinadi. Ularni faqatgina yerdan turib ishlatish mumkin. Bu esa atrof-muhitni Agrar hududda sog’lomlashtirishga tomon qo’yilgan katta xuquqiy qadamdir.

    1. Sanoat hududlarning ekologik-xuquqiy jixatlari. Ekologik va iqtisodiy talablarni ma‘lum bir iqtisodiy kengliklarda amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish va amaliy tatbig’ini yo’lga qo’yish jamiyatdagi ekologik munosabatlarni tartibga solishning eng samarali vositasidir. Ana shunday iqtisodiy kengliklardan biri sanoat zonalaridir. Sanoat zonalari-noqishloq va noo’rmon xo’jalik sanoat tarmoqlari joylashgan va ishlab chiqarish faoliyati yurgiziladigan hududlar. Bunday hududlarga sanoat tarmoqlari yoki ularning majmuasi, ya‘ni mashinasozlik va metallurgiya korxonalari, neft-gaz sanoati ob‘ektlari, yengil va oziq-ovqat korxonalari, enegetika ob‘ektlari (AES, GES, GRES, TES), tog’-kon, kimyo, qurilish sanoatiga qarashli zavod, fabrika va korxonalarni aholi punktlaridan chetga olib chiqilgan zonalari kiradi.

Sanoat zonalarida, biz yuqorida aytib o’tganimizdek, atrof-muhitning ifloslanishi, buzilishi va ekologik xavfsizlik talablari boshqa antropogen o’zgargan ob‘ektlarga nisbatan o’ziga xos bo’lib, ularda ekologik-xuquqiy talablar quyidagilardan iborat:

  • texnologik jarayonlarning kamchikitli va chiqitsizligini ta‘minlash;

  • ifloslantirish va zaxarlanishni kamaytirish hamda zararli moddalarni neytrallashtirish (xavfsizlantirish);

  • energiyaning alternativ turlaridan keng foydalanish;

  • ekologik xavfsiz muxsulotlar chiqarish;

  • tozalagich texnologiyalarini doimo takomillashtirib borish va ularni davlat nazoratida ushlab turish;

  • ilmiy –texnologik jarayonlarni keng tatbiq qilish yoki tabiiy resurslardan juda yuqori darajada samardorlik bilan foydalanishni yo’lga qo’yish va hokazo.

Bunday ekologik –xuquqiy darajadagi talablar sanoat zonalaridagi korxonalarning hamma ishlab chiqarish bosqichlarida rejalash, loyihalash, joylashtirish, qurish, ish tushirish va tabiatga ta‘siri bo’lgan yangi texnologiyalarni joriy qilish jarayonini qo’llashni taqozo qiladi.
Sanoat zonalari yoki ularda biron–bir sanoat korxonasi joylashtirishni rejalashtirish xalq xo’jaligining soxaviy yoki umumiy iqtisodiy rivojlantirish dasturlarida ekologik xavfsizlik talablarini inobatga olish bilan boshlanishi kerak.
Sanoat korxonalarini joylashtirishning asosiy nazorat xujjatlaridan biri bo’lib, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning Soxaviy, Hududiy yoki Bosh sxemalari hisoblanadi. Bu sxemalardan sanoat korxonalarini loyihalash muassasalari tabiiy resurslardan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilishning ruxsat etilgan me‘yorlarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi. Agarda loyihalanayotgan sanoat korxonasi shu zonadagi ekologik me‘yor talablariga davob bermasa, loyihalash to’xtatilishi lozim.
Sanoat korxonalarini qurish vaqtida qurilish tashkilotlari loyihadagi ekologik va sanitar talablarni bilishlari va ularga to’la e‘tibor berishlari kerak. Shu bilan birgalikda, loyihachilar-avtorlik nazoratini, quruvchilar-qurilish nazoratini, tibbiyot xizmatchilari-sanitar nazoratini amalga oshirishlari shart. Agarda sanitar va ekologik talablar qurilish davomida
buziladigan bo’lsa, davlat nazorat organlari ularni bartaraf etish shartlarini ko’rib chiqishlari, kerak bo’lsa qurilish ishlarini to’xtatib qo’yish va ekologik xavfsizlikni ta‘minlash bo’yicha loyiha va qurilish ishlarini qayta ko’rib chiqishni talab qilishlari mumkin.
Ko’pgina demokratik mamlakatlar qonunchiligida sanoat korxonalarini joylashtirish va qurishda jamoat birlashmalari va mahalliy aholining fikrlarini inobatga olish ko’zda tutilgan. Jamoatchilik talabi bilan Yevropada shimoliy daryolar janubga oqizilmaydigan bo’ldi, Qrim yarim orolining kurortlar hududida Qrim AES qurilishi, Germaniya va Belgiyaning ekologik inqirozli hududlarida TESlar qurilishi to’xtatildi.
Sanoat ob‘ektlarini qurish jarayonida eng ko’p uchraydigan noekologik xarakatlar- loyihalarni qayta ko’rib chiqish va qurilish ishlarini arzonlashirish yoki inflyatsion jarayonlarni oldindan belgilashda «smeta» ko’rsatkichlarining to’g’ri kelmasligi oqibatida ekologiyalashgan texnologiyalarni o’rnatmaslik.
Sanoat zonalarida korxonalarni ishga tushirishdan avval, ularni ekologik ekspertizadan o’tkazish shartlari Ekologik ekspertiza to’g’risidagi qonunning 11-moddasiga muvofiq sanoat korxonalarining ishga tushirilishi ekologik xavfsizlikni ta‘minlab berish imkoniyatiga ega bo’lmasa, ya‘ni loyihada ko’zda tutilgan tozalovchi va chiqitlarni zararsizlantirish inshootlari qonun xujjatlaridagi me‘yorlarga to’g’ri kelmasa, bunday sanoat ob‘ekti o’z faoliyatini boshlay olmaydi. Korxonalarni qabul qilish komissiyasi tarkibida, albatta, ekologik va sanitar-epidemiologik nazorat organlari mutaxassislarining qatnashuvini ta‘minlash darkor. Komissiya raisi va a‘zolarining shaxsiy javobgarliklari Jinoiy va Ma‘muriy javobgarlik to’g’risidagi kodekslarda alohida belgilangandir.
«Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida»gi qonunning 41-moddasida korxonalar, tashkilotlar va boshqa ob‘ektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, rekonstruktsiyalash, ulardan foydalanish va ularni tugatishga doir ekologik talablar belgilangan. Lekin mazkur moddada xo’jalik yurgizish vazifasi yuklatilgan sanoat yoki boshqa turdagi korxonalarni ishga tushirish bo’yicha muhim talablar nazarda tutilmagan.
Ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan korxonalarga ekologik guvohnomalar berish
«Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida»gi qonunning 46-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. Ekologiya yoki gigiena guvohnomasiga ega bo’lmagan, shuningdek, xo’jalik yuritish davomida belgilangan ekologik-sanitar mezonlarni buzgan korxonalar xom ashyo va materiallardan foydalanishi, texnologiya jarayonlarini joriy etishi va tayyor maxsulotlar ishlab chiqarishi man etiladi. Ekologik guvohnomalar berish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi va Tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi hamda Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Sanoat zonalarida tabiiy resurslardan foydalanish limitlari va me‘yorlari, atrof- muhitga yetkazilgan zararlarni korxonalar tomonidan qoplashning xuquqiy me‘yorlari
«Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida»gi qonunning 4,5,11 boblarida keltirilgan bir qator moddalar va qonun osti me‘yortiv xujjatlar asosida tartibga solinadi. Sanoat zonalarida ekologik talablarni xo’jalik yurituvchi sub‘ektlar tomonidan buzganlarga, avvalambor, iqtisodiy javobgarlik choralarini qo’llash (MJTK 50-modda), bu xuquqbuzarliklar bir necha bor takrorlansa yoki bir marotaba qo’pol ravishda buzilsa, yuridik javobgarlikning jinoiy jazo turlarini qo’llash ko’zda tutilgan.

    1. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ekologik xuquqiy jixatlari Mahalliy, regional va milliy ekologik xavfsizlikni ta‘minlash uchun tuman, viloyat yoki respublika miqyosida ekologik rayonlashtirish olib boriladi. Ekologik rayonlashtirishda muayyan hududlarni, ularning atrof tabiiy muhit holati va kelajak istiqbollariga qarab bo’lib chiqiladi. Bo’lingan konturlarda xalq, millat yoki davlatning tabiiy genofondini saqlash yoki ma‘lum bir ekologik maqsadlarni ko’zlagan holda alohida muhofaza etiladigan hududlar ajratib olinadi.

Alohida muhofaza etiladigan hududlar deb tarixiy-madaniy, siyosiy va ekologik maqsadlarni ko’zlagan holda davlatning alohida e‘tibori bilan qo’riqlanadigan hududlarga aytiladi.


Ular uch korinishda namoyon bo’ladi: alohida muhofaza etiladigan tarixiy-madaniy hududlar-tarixiy yodgorliklar, ansambl va arxitektura majmualari, tarixiy ahamiyatga moyil bog’lar; alohida muhofaza etiladigan siyosiy hududlar-harbiy va o’quv poligonlari, davlat chegarasi yoki atom yadrosi bilan ishlovchi korxonalar atrofi kabi hududlar; alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar.


Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar deb ekologik, madaniy-sog’lomlashtirish, ilmiy, estetik, rekratsion (dam olish) maqsadlarni ko’zlab, davlatning alohida e‘tibori bilan ko’riqlanadigan tabiiy hudud va ob‘ektlarga aytiladi.

Ularga yer uchastkalari, yer qa‘ri, suv kengliklari, o’rmonlar va milliy tabiiy merosga kiruvchi aniq bir tabiiy ob‘ektlar kirishi mumkin.


Aloxida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar nafaqat o’zlarining tabiiy xususiyatlarining noyobligi, balki o’zga hududlarning ekologik barqarorligini ta‘minlashda ham katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, Chotqol-Ugam tog’ tizmasida qo’riqxonalarning tashkil etilishidan maqsad, noyob tabiat boyligini saqlash bilan bir qatorda, Toshkent shahri va uning atrofida yashovchi deyarli 3 milliondan ortiq aholini toza ichimlik suvi bilan ta‘minlab beruvchi daryolarning to’yinish manbalarini (qor va muzliklar, buloqlar va chashmalar) saqlab qolishdir.
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ekologik xuquqiy holatiga qarab, ularni ijtimoiy-ekologik, qo’riqxona-ekologik, iqtisodiy-ekologik xillarga ajratiladi (6-rasm).
Ijtimoiy ekologik xil -aholining madaniy–sog’lomlashtirish va rekratsion maqsadlarni ko’zlagan holda tashkillashtirilgan, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar. Bu degan so’z, aholining salomatligi va uning qulay atrof-muhitga ega bo’lish xuquqini muayyan hududlarda ijtimoiy-ekologik muhofaza qilish maqsadida, ularda alohida bir xuquqiy holatni tashkil etish.
Qo’riqxona-ekologik xil -ilmiy, estetik va madaniy-oqartuv maqsadlarni ko’zlagan holda tashkillashtirilgan, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va ob‘ektlar. Tabiiy merosni saqlab qolish, biologik xilma-xillikni saqlash, ilmiy va reproduktiv (qayta tiklash) masalalarni hal qilish, aholining o’z go’zal va betakror diyoriga bo’lgan mexrini uyg’otish, tabiat go’zalliklaridan baxra olish va Vatanni sevish kabi vazifalarni bajarish maqsadida tashkillashtirilgan va alohida xuquqiy maqomga ega bo’lgan hududlar va tabiat yodgorliklari.
Iqtisodiy–ekologik xil -davlatning iqtisodiy qudratining barqaror rivojlanishiga xizmat qiluvchi tabiiy ob‘ektlarni muhofaza qilish maqsadida tashkillashtirilgan hududlar va ob‘ektlar. Ifloslanmagan yoki kimyoviy moddalar bilan zaxarlanmagan suv hamda noyob va qimmatbaho konlar nafaqat insonlarga ijtimoiy yoki ekologik maqsadlarda, balki qishloq xo’jaligini sug’orish suvi bilan ta‘minlash, baliq xo’jaligini yuritish, qimmatbaho mineral boyliklarni saqlash va ularni davlat ravnaqi uchun xizmat qildirish maqsadlarini ham ko’zlaydi.
Barcha xildagi alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga xos bo’lgan xuquqiy qoidalar va me‘yorlar mavjud. Ushbu xuquqiy me‘yorlar 1993 yil 7 maydagi Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, Tabiatni muhofaza qilish, Suv va suvdan foydalanish, Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish, O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish, Yer osti boyliklari to’g’risidagi qonunlar, yer, Jinoyat, Fuqarolik, Ma‘muriy javobgarlik to’g’risidagi, Mehnat kodekslari kabi o’nlab qonunlar va qonun osti me‘yoriy xujjatlar orqali tartibga solinadi. Barcha Ekologik xuquqmanbalarining asosiy maqsadi hozirgi va kelajak avlod manfaatlarini ko’zlab noyob hamda fuqarolarning
ekologik-xuquqiy talablarini qondiruvchi qimmatli tabiat majmualarini va yodgorliklarini xuquqiy muhofaza qilishdir.







Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin