XULOSA
Ma‘lumki ekologiya tabiat qonunlarini o’rganuvchi fandir. Biroq har bir tabiatdan foydalanuvchi nafaqat tabiat qonunlarini bilishi, balki ekologik xuquqiy bilimlarni egallashi lozim. Hozirgi kunda bu tarmoq mustaqil fan darajasida rivojlanmoqda. Bunga asos bo’lib tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi O’zbekiston Konstitutsiyadan boshlab Oliy Majlis qarorlari, Prezident buyruqlari, Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari hisoblanadi. Ushbu talablarni bajarish, shubhasiz respublikamizning barqaror rivojlanishiga olib keladi.
SHuni alohida ta‘kidlash lozimki mustaqillik davrida ekologik xuquq masalalariga tegishli Prizident va Vazirlar Mahkamasi tomonidan 7 buyruq, 40 qonun, 8 kodeks, davlat boshqarmalarining 6 nizom, buyruq va qarorlar qabul qilindi. Ulardan 15 qonun tabiiy resurslarni muhofaza qilishga yo’naltirilgan. Birgina oddiy qonuniy xujjatlarni bilmaslik tabiatga va butun biosferaga qaytmas jarayonlarni olib kelishi mumkin. Har bir qonun bizni o’rab turgan tabiatni ko’p yillik o’rganishlar asosida qabul qilinadi. Shuning uchun ham biz amerikalik olim Barri Kommonerni (1974)-Tabiat yaxshi «biladi» deb ta‘kidlagan qonunini qo’llab quvvatlashimiz zarur. Ushbu uchinchi qonun hozircha bizning bilimimiz yetarli emasligi, tabiat o’z mexanizmi va faoliyatini «yaxshi» bilishini anglatadi. Bu qonun: tabiatni
yaxshilayman deb unga zarar yetkazmang; agar natijaga to’liq ishonmasangiz tabiiy jarayonlarga aralashmang-deb ogohlantiradi.
Hozirgi kunda nafaqat bo’lajak yuristlarga balki muhandis ekologlar (akademik bakalavr darajasidagi) o’quv rejasiga «Ekologik xuquq» ham predmet sifatida kiritildi. Ma‘ruzalar matnidan ko’rinib turibdiki, Predmetining asosiy o’rganuvchi savollari quyidagilardan iborat:
Ekologik xuquq predmetining maqsadi, vazifalari va asosiy tushunchalari.
Suv resurlaridan foydalanishning ekologik xuquqiy jixatlari
Yer munosabatlarida ekologik-xuquqiy qoidalar
Atmosfera havosiga ta‘sir etishning ekologik xuquqiy me‘yorlari
O’simlik va xayvonot dunyosini, o’rmonlarni muhofaza qilishning xuquqiy asoslari.
Yer osti boyliklaridan foydalanishning ekologik xuquqiy asoslari.
Antropogen o’zgargan va alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ekologik xuquqiy jixatlari.
Respublikamizning arid iqlimligini hisobga olgan holda 2 mavzuga ko’proq soat ajratilgan, seminar darslarda asosan asosiy qonunlar muhokama etiladi va ular bo’yicha referat tayyorlanadi. Bu fan muhandis-ekologlarning tabiatni muhofaza qilish doirasida yuridik bilimlarini oshiradi. Biz o’ylaymizki qabul qilinadigan qonunlar ro’yxati hali nihoyasiga yetgani yo’q, umidimiz kelajakda bioxilmaxillikni saqlash, barqaror rivojlanish, ekotizimni yaxshilash to’g’risada ham ko’pgina qonunlar qabul qilinadi va ushbu sohaga barcha mutaxassislarni ham qiziqishi oshaveradi.
Dostları ilə paylaş: |