Bir - biridan faqat ishorasi bilan farq qiladigan sonlar qarama - qarshi sonlar deyiladi.
Demak, 4va -4 sonlari qarama-qarshi sonlardir. Huddi hsuningdek, -3 va 3, -2 va 2, -1 va 1va h. k. sonlar qarama - qarshi sonlardir.
Qarama - qarshi sonlar koordinata o‟qida sanoq boshidan bir hil uzoqlikda joylashgan bo‟ladi.
Koordinata o‟qida har qanday songa qarama - qarshi bo‟lgan faqat bitta son bor.
Har qanday sonning oldiga “-“ ishorasi qo‟yilsa shu songa qarama - qarshi son hosil bo‟ladi.
Masalan, 2 ga qarama - qarshi son -2, -7 ga qarama -qarshi son esa –(-7) = 7. Umuman, k soniga qarama-qarshi son –k. 0 soni o‟ziga o‟zi qarama - qarshi sondir.
0 = -0 = + 0
Sonning moduli.
Sonnong moduli deb koordinata o‟qida sanoq boshidan shu songa mos keluvchi nuqtagacha bo‟lgan masofaga aytiladi.
15 - rasm A nuqtaniing koordinatasi 4 ga teng, bu nuqta sanoq boshidan 4 birlik o‟ngda joylashgan. O A kesmaning uzunligi yani sanoq boshi O nuqtadan 4 soniga mos keluvchi A nuqtagacha bo‟lgan masofa ham 4 ga teng: OA =4.
Demak, ta‟rifga ko‟ra, -3 sonining moduli 3 ga teng (15 - rasm). B(-3) O A(4)
-5 -4 -3 -2 -1 0 1 2 3 4 5
3 birlik 4 birlik
15 – rasm.
Sonning moduli sonning absalyut qiymati ham deyiladi. a sonning modul а
kabi belgilanadi. Shunday qilib: 4
= 4,
3 = 3
Dostları ilə paylaş: |