O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rtamaxsus ta’limvazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 66,35 Kb.
səhifə2/16
tarix21.03.2023
ölçüsü66,35 Kb.
#88966
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
kurs ishi Azimova Xadicha

Kurs ishining predmeti: Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning kattalar bilan muloqotining xususiyatini o’rganish
Kurs ishining maqsadi: Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda kattalar bilan muloqotining mumamosini o’rganish
Kurs ishining obyekti: Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar.
Kurs ishining vazifalari :

  • Kurs ishining nazariy qismini ilmiy adabiyotlar asosida yoritib berish ;

  • Bog‘cha yoshidagi bolalarda kattalar bilan muloqotning xususiyatlari tahlil qilish ;

  • Maktabgacha yosh davrida muloqot jarayonining o’ziga xosligi anqilash ;

  • Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda o’yin jarayonida psixalogik xususiyatlar

  • Bog’cha yoshdagi bolalar muloqotining xorij va o’zbek psixalogiyasida o’rganilganligi

  • Kurs ishining mavzusiga bog`liq taqdimot materiallarini tayyorlash;

  • Kurs ishi bo’yicha xulosalar chiqarish.

Kurs ishining nazariy ahamiyati: Olingan ma`lumotlar va xulosalar hozirgi zamon pedagogika va psixologiya fanlaridagi mavjud bo`lgan maktabgacha va kichik maktab yoshi bolalar tarbiyasiga oid tadqiqotlar haqidagi tushuncha va nazariyalarni yanada to`liqtiradi va chuqurlashtiradi
Kurs ishining tarkibi va xajmi. Kurs ishi: kirish bo`limi ikkita bobdan, yakuniy bo`limi, adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat. Ko`lami 37 bet.


I BOB Maktabgacha yoshdagi bolalarning kattalar bilan muloqot jarayonining psixalogik ahamiyati



    1. Maktabgacha yosh davrida muloqot jarayonining o’ziga xosligi

Bog’cha yoshidagi bolalar shaxsining shakillanishiga ko’ra, bu davrni uch bosqichga ajratish mumkin.
Birinchi davr- bu 3-4 yosh oralig’ida bo’lib bola emotsional jihatdan o’z o’zini boshqarishining mustahkamlanishi bilan bog’liqdur;
Ikkinchi davr- bu 4-5 yoshni tashkil qilib axloqiy o’z-o’zini boshqarish;
Uchinchi davr esa shaxsiy ishchanlik va tadbirkorlik xususiyatining shakillanishi bilan harakterlanadi. Maktabgacha yosh davrdagi bolalarning kattalar bilan muloqoti va ulardagi nutqning rivojlanishi hisobiga chuqurlashadi. M.I.Linsa maktabgacha yoshdagi bolalarni kattalar bilan muloqotining vaziyatdan tashqari xarakterini ta’kidlab uning 2 shaklini ko’rsatgan. Bola 3-4 yoshga to’lganida hamkorlik o’rniga muloqotning bilish shakli shakillanadi. Muloqatning bu shaklida yetakchi motiv bu – bilishdir. Bunda kattalar bilan hamkorlik qilib tevarak-atrof bilan tanishadi, kattalar bilan “nazariy hamkorlik” jarayoni amalga oshadi. Bola hayvonlar, narsalar planetalar, nimadan yasalganlgi haqida juda ko’p “Nima uchun?” degan savolni beradi. Kattalar bu tomondan bilim manbai sifatida idrok qilinadi, savollariga va o’ziga jiddiy munosabatda bo’lishni va hurmat talab qiladi. Bu ehtiyojning mukammal ekanligi shundaki, bu yoshdagi bolalarga xos bo’lgan tez hafa bo’luvchanlikda namayon bo’ladi. Bola 6-7 yoshga to’lganida muloqotning oliy shakli- vaziyatdan tashqari shaxsiy muloqotga o’tiladi. Bunda bola kattalarga oila haqida, qayerda ishlashi, nima ish qilishi haqida savollar bera boshlaydi. Endi kattalar bola uchun ijtimoiy bilish manbai sifatida namayon bo’ladi. Bolaning kattalar bilan muloqoti hamdardlik, o’zaro bir-birini tushunish, qarashlarning umumiyligiga intilish kabilar bilan chuqurlashadi. Uch yoshda bola tengdoshlari bilan muloqotda emotsiyalar, ifodali qarashlardan foydalaniladi. 3-4 yoshli bola uchun tengdoshlari birgalikdagi amaliy faoliyatning ishtirokchisiga aylanadi, uning individual xarakterologik xislatlarini sherigi payqamaydi. 4 yoshda tengdoshi muloqot she’rigiga aylanadi. 4-5 yoshda she’rigini o’zi bilan teng mavjudod sifatida ko’rib o’zini u bilan taqqoslaydi. 5-7 yoshga kelib tengdoshi bolaning ko’z o’ngida indivdualikka aylanadi, u bola uchun muhim suhbatdoshga aylanadi, muloqotning ko’pchilik ko’rsatgichlari bo’yicha kattalardan o’zib ketdi. Bola o’zini va tengdoshini bir butun shaxs sifatida idrok qiladi unga shaxsiy munosabatini bildiradi.
A.S.Axundjanova tomonidan “Maktabgacha yoshdagi bolaning turli muloqat vaziyatlarida nutqi funksiyalari va shakillari xususiyatlari” mavzusidagi tadqiqotida aniqlashicha bu yosh davrida nutq shaklining rivojlanishida syujetli rolli o’yinlar jarayonida muloqat bilan birgalikda tengdoshlari bilan mahsuldor faoliyat turlari ham qulay sharoit hisoblanadi.
E.Z.Usmonova rahbarligida B.B.Nurillayev tomonidan “Maktabgacha yoshdagi bolani tafakkurini modellashtirish faoliyatining tengxurlari bilan muloqotda rivojlanishi” mavzsusida ilmiy tadqiqot olib borilgan. B.B.Nurullayevning tadqiqotida aniqlanishicha maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkurning modellashtiruvchi faoliyati bu yod davr uchun hos bo’lgan faoliyat bo’lib, unda bolalarning intelektual imkoniyatlari to’liq namoyon bo’ladi. Bu yosh davrda tengdoshlari bilan muloqat taffakurining modellashtiruvchi faoliyatining o’zgartirishning asosiy shartidir. Modellashtirish vazifalarini birgalikda hal qilish tashqi predmetli faoliyatning ichki rejaga o’tishiga imkon tug’duradi. Bola tengdoshini modellashtirishga o’rgatib ushbu faoliyatni egallashning sifati jihatidan yangi darajasiga o’tadi. O’zaro ta’sir qilish sheriklarning o’zaro rivojlanishida muhim omil hisoblanadi.
Bolalar psixologiyasining asosiy kategoriyalari, ya’ni tushunchalari qatoriga quyidagilar kiradi: “ yosh “, “bolalik”, “taraqqiyot”, “o'sish”, “determinizm”, “geteroxronlik’, “tizimlilik”. Albatta, fanning kategoriyalari faqat bu tushunchalar bilan cheklanmaydi. Asosiy kategoriyalar jumlasiga bulardan tashqari, “taraqqiyotning ijtimoiy vaziyati, “yetakchi faoliyat tipi’, va boshqa bir qator tushuncha lami kiritish mumkin. Bu tushunchalar psixologiya sohasidagi ilg‘or tadqiqotlar natijasida shakllangan va fanga olib kirilgan. Bolalar psixologiyasi fanini o'rganish ma’lum ma’noda ushbu fanning kategoriyalarini o‘zlashtirishdan iborat. Quyida biz bolalar psixologiyasi fanining ayrim asosiy kategoriyalari xususida alohida to'xtalib o'tamiz:
Bolalik — ontogenezning dastlabki davrlarini belgilash uchun (tug‘ilgandan o'smirlikkacha bo'lgan davrni belgilash uchun) qo'llanadigan tushuncha. Yosh davrlarining an’anaviy tasnifiga ko'ra bolalik — go'daklik (tug'ilgandan lyoshgacha), ilk bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha), maktabgacha yosh (3 yoshdan 6-7 yoshgacha) va kichik maktab yoshi (6-2 yoshdan 10-11 yoshgacha) davrlami o'z ichiga oladi. Bolalik jadal psixik taraqqiyot davridir.
Taraqqiyot — narsa yoki hodisalaming vaqt o'tishi bilan miqdor va sifat jihatdan o'zgarishi natijasida yuqoriroq darajaga ko'tarilishi.
Psixika taraqqiyoti — tug'ilgandan boshlab yosh davrlari o'tishi bilim psixika faoliyatining takomillashishidir. Psixik taraqqiyot bolaning insoniyat tarixi davomida to‘plagan bilim va tajribalami o'zlashtirishi hamda shaxs sifatida shakllanib borishi jarayonidan iborat. Yosh - individ psixik taraqqiyotining aniq vaqt chegarasiga ega bo'lgan bosqichi. Psixik taraqqiyotning har bir bosqichida individda muayyan fiziologik va psixologik o‘zgarishlar kuzatiladi. Odatda psixologiyada xronologik va psixologik yosh ajratiladi. Xionologik yosh inson tug‘ilgandan boshlab necha yosh yashaganini ifodalaydi. Psixologik yosh esa inson psixik rivojlanishi darajasini aks ettirib, ko'pincha aqliy yosh deb ataladi. Aqliy yosh turli yoshdagi odamlar uchun moljallangan maxsus test topshiriqlari orqali aniqlanadi. Aqliy yoshning xronologik yoshga nisbati bola psixik taraqqiyotining o‘ziga xos ko'rsatkichi — intellektual rivojlanish koeffitsientini hosil qiladi, bu koeffitsient ingliz tilidan olingan qisqartma IQ harflari orqali belgilanadi.
Tarixdan ma’lumki, maktabgacha tarbiyaning rivojlanishi bilan birgalikda tarbiyalash dasturi ham takomillashib boradi. Maktabgacha muassasalar ishini tashkil etish, uning mazmuni va metodlari yuzasidan asosiy ko‘rsatmalar 1919-yilda Maorif xalq komissariati maktabgacha tarbiya bo‘limining vazifasi «Oila o‘chog‘i va bolalar bog‘chasini yuritish yuzasidan instruksiya»da bayon qilib berilgan edi. Maktabgacha tarbiya sifatini yaxshilash uchun bolalar bog‘chasi ishining ilmiy asoslangan dasturini yaratish katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
«Programma»ga oid har bir hujjat muayyan tarixiy bosqichda vujudga keldi va maktabgacha tarbiya nazariyasi va amaliyoti rivojlanishining tegishli bosqichini aks ettirdi. «Programma»ning dastlabki loyihasi 1932-yilda chiqarilgan edi. Bu hujjat bolalar faoliyatining tegishli turlariga mos keladigan
bilimlardan: ijtimoiy-siyosiy tarbiya, mehnat tarbiyasi, musiqaharakat tarbiyasi, tasviriy faoliyat, matematika, savod bo‘limlaridan iborat edi. Unda bolalar bog‘chasidagi bolalar bilan ishlash vazifalari va hajmini belgilashga urinib ko‘rilgan edi. «Programma»ning vujudga kelishi esa maktabgacha tarbiya muassasalari ishini tartibga solishga, tarbiyachi-pedagoglar faoliyatiga ko‘proq
yo‘nalish va mazmun bag‘ishlashga yordam berdi. 1934-yilda takomillashtirilgan «Tarbiyalash programmasi» nashr etildi. Unda bolalar bog‘chasida bolalarning ko‘p qirrali hayotini tashkil etish va uning mazmuni masalalariga katta e’tibor berildi.
«Programma»da ijtimoiy tarbiya, jismoniy tarbiya, rasm chizish, loy va plastilindan narsalar yasash, mehnat mashg‘ulotlari, nutqni o‘stirish, kitob va rasmlar bilan mashg‘ulotlar, tabiat haqidagi bilimlaming kurtaklari, dastlabki matematik tasawurlami rivojlantirish, savod chiqarish mashg‘ulotlari bo‘limlari bor edi. Shu bilan birga unda muhim kamchiliklar mavjud edi, chunonchi,murakkab bilish materialining kiritilganligi, bolalaming yosh xususiyatlari hisobga olinmaganligi, pedagogik jarayonni tashkil etishda tarbiyachining rahbarlik roliga yetarli baho berilmaganligi shular jumlasidandir. 1938-yilda «Bolalar bog‘chasining tarbiyachisi uchun qo‘llanma» nashr etildi. Unda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalami tarbiyalash vazifalari to‘g‘ri yoritildi. Shaxsni har tomonlama kamol toptirish, bolalaming yosh xususiyatlarini hisobga olish haqida aniqroq gap yuritildi. «Qo‘llanma»da ilgarigidek, bolalar bilan ishlash mazmunini yosh guruhlariga qarab emas, balki tarbiyaning ayrim bo‘limlari bo‘yicha belgilangan edi. Bu esa u yoki bu yoshdagi bolalar bilan ishlash uchun dastur materialini tanlashda tarbiyachini qiyin ahvolga solib qo'yar edi. Jismoniy, aqliy, axloqiy tarbiyaning ko‘p gina masalalari «Qo‘llanma»da yetarli darajada o‘z aksini topdi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim berish masalalari ilmiy asosdaochib berilgan, ota-onalar bilan ishlash ham yetarli yoritilgan edi. 1953-yilda bolalar bog‘chasida ta’limning joriy etilishi munosabati bilan ta’lim-tarbiya ishlari sifatini oshirish va bolalami maktabgacha tayyorlash maqsadlarida «Qo‘llanma» qayta ishlab chiqildi. Unda tarbiyachining rahbarlik roli ta’minlangan holda tashkil etilgan mashg‘ulotlarda bolalar o‘zlashtirishlari kerak bo‘lgan bilim mundarijasi ancha aniq ko‘rsatib berildi. 1959-yil may oyida «Maktabgacha tarbiya muassasalarini yanada rivojlantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarga tarbiya berish va tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida» qaror qabul qilindi. Qarorda jumladan mahalliy sharoit va imkoniyatlami hisobga olgan holda bolalar muassasalarining ikki tipini — yasli va bolalar bog‘chalarini yagona maktabgacha muassasaga (yasli bog‘cha) birlashtirilishi hamda yasli va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalami tarbiyalashning yagona dasturini ishlab chiqish ko‘zda tutildi. Yangi hujjatga maktabgacha tarbiya pedagogikasi, bolalar psixologiyasi va bolalaming o‘sishini o‘rganadigan yondosh fanlar to‘plagan ma’lumotlar hamda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalami tarbiyalashning eng yaxshi usulini umumlashtirish asos qilib olindi. «Ilk yoshdan to maktabga kirish yoshigacha bo‘lganbolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarining yagona programmasi» birinchi marta 1962-yilda e’lon qilindi. «Programma»da e’tibor tarbiya jarayonida yosh davomiyligi o‘rtasidagi aloqa uzilib qolishini tugatishga qaratilgan edi. Ilgarigi programmaning metodik jihatlariga qaraganda unda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim berish masalalari ko‘proq aks ettirildi. «Mashg‘ulotlarda ta’lim berish» bo‘limida taqdim etilgan material ta’lim berishda sistemalilikni amalga oshirish, bolalarning bilim minimumini tola o‘zlashtirish, ulaming atrofdagi voqelik, predmetlar va hodisalaming o‘zaro bog‘liqIigini anglay olishlari uchun qulay sharoitlar yaratdi.
«Programma» shuningdek bola shaxsiyatini har tomonlama kamol toptirish uchun zarur bo‘lgan muayyan bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar, yurish-turishdagi ijobiy odatlar, axloqiy fazilatlami shakllantirishni ham ko‘zda tutdi. Unga mashg‘ulotlar, dam olish, ko‘ngil ochish, uyqu, ovqatlanish, sayr qilish rejimi kiritilgan. Tarbiyachi «Bolalar bog‘chasida tarbiya programmasi»ga
ko‘ra, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaga o‘yinlar, ko‘ngil ochish va mehnat orqali ta’lim berish, turmush jarayonida tarbiyalashning ko‘p tomonlama vazifalari hal etilishini ta’minlamog‘i kerak edi. 1969-yilda takomillashtirilgan «Bolalar bog‘chasida tarbiya dasturi» chop etildi. U ilmiy tadqiqot va eng yaxshi ish tajribasidan foydalanish asosida tuzilgan bo‘lib, maktablar boshlang‘ich ta’limining yangi programmaga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan talablami hisobga oldi. Shundan keyingi yillarda bu «Programma» ba’zi qo‘shimcha va tuzatishlar bilan bir necha marta, masalan, 1978-yilda, 1988- va 1995-yillarda qayta nashr etildi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, barcha sohalar singari ta’lim-tarbiyada ham ko‘pgina yangilanishlami amalga oshirish ehtiyoji tug‘ildi. Buning uchun esa pishiq-puxta ishlangan, ma’lum maqsad va vazifalarni o‘zida mujassamlashtirgan istiqbolli dastur talab etilardi. Bola dunyoga kelgan kunidan boshlab, davlat, jamiyat hamda ota-ona zimmasiga uni sog‘lom, aqlli, xushxulqli tarbiyalash vazifasi qo'yiladi. Davlat va jamiyatning kelajagi yosh avlodning qanday voyaga yetishiga ko‘p jihatdan bog'liqdir. O‘z navbatida jamiyat taraqqiyoti millatning ma’naviy darajasi bilan belgilanadi.Sog‘lom avlodni tarbiyalash davlat va jamiyatning ustuvor yo‘nalishidir.
Davlat va jamiyat maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalami yagona
talab asosida rivojlantirish vazifasini qo'yadi. Shunga ko‘ra, «Maklabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlatlalablari»ga tayangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarga integral tarzda ta’lim-tarbiya berish maqsadida 2002-yilda «Uchinchi ming yillikning bolasi» dasturi o‘zbek olimlari tomonidan yaratildi. Bugungi kunda respublikamizning qishloq joylarida maktabgacha yoshdagi bolalaming 17 foizi ta’lim-tarbiya muassasalarida, qolgan 83 foizi esa bevosita oilada tarbiyalanadi. Shu bois, taqdim etilgan dastur tarbiyachilar va ota-onalarga mo‘ljallangan.



    1. Yüklə 66,35 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin