O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rtamaxsus ta’limvazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Sahnalashtirish o‘yinlarining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 66,35 Kb.
səhifə5/16
tarix21.03.2023
ölçüsü66,35 Kb.
#88966
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
kurs ishi Azimova Xadicha

Sahnalashtirish o‘yinlarining o‘ziga xos xususiyatlari. Sahnalashtirish o‘yinlari, bu bolalarning mustaqil ijodiy o‘yin turi bo‘lib,unda badiiy asar va hikoyalar bolalar tomonidan rollarga bo‘libijro etiladi. Bu o‘yinlar bolalarda iroda, intizom va o‘z xatti-harakatlarini boshqara olish, boshqalarning harakatlari bilan hisoblashish kabi ijobiy ma’naviy xislatlami shakllantiradi.Sahnalashtirish o‘yinlarida bolalar o‘yin jarayoniga kirib boradilar, voqea va ertak qahramonlarining ichki hayotiga bevositaaloqador bo‘lgan qahramonlik, jasurlik, mehribonlik, jonbozlik,jonkuyarlik kabi ijobiy fazilatlarni o‘zlarida yaqqol namoyon qiladilar. Bu jarayonda bolalarning nutq faolligi, lug‘at boyligi,dunyoqarashi kengayib boradi. Sahnalashtirish uchun badiiy asar, ertaklar tanlash katta yoshdagilardan bolalarning yosh xususiyatlari, qiziqishlari, istaklarini hisobga olishni talab etadi.
Adabiy asarlami tanlashda quyidagi talablar qo ‘yiladi:
1. Mazmunining g‘oyaviy-ma’naviy barkamolligi.
2. Badiiy jihatdan mazmundorligi.
3. Asardagi qatnashchi va rollaming soni (qancha ko‘p bo‘lsa,asar shuncha ahamiyatlidir).
4. Mazmuni yaxshi bo‘lishi bilan birga, unda harakat turlarining ham ko‘p bo‘lishi.
5. Ifodali o‘qishga mos bo‘lishi.
6. Mazmuni qiziqarli, hayot bilan bog‘langan bo‘lmog‘i.
Bolalar xalq ertaklarini sahnalashtirishni yaxshi ko‘radilar. Masalan, «Sholg‘om», «Zumrad va Qimmat», «Bo‘g‘irsoq» va boshqalar. Bolalar boshqa xalq ertaklarini ham turli usullarda qo‘g‘irchoq, soya, stol teatri orqali sahnalashtirishga ehtiyoj sezadilar.
Badiiy asari eslab qolishlari uchun uni qayta o‘qib berish,sahna ko‘rsatish, rasmlar namoyish etish, didaktik o‘yinlardan foydalaniladi.
Sahnalashtirish o‘yinlari qiziqarli o‘tishi va uzoq vaqt davometishi uchun kerakli jihozlar tayyorlanishi va unga to‘g‘ri rahbarlikqilinishi kerak. Kattalar o‘yin rejissori rolini amalga oshira borib,bolalaming xatti-harakatlari, qobiliyatlari,intilishlarini hisobga olib boradilar. O‘yinda faol ishtirok etgan bolalami alohida rag‘batlantirilib, kelgusida qaysi asarlarni sahnalashtirish kerakligini aniqlaydilar. Bolalaming ijodiy qobiliyatlarini yanada takomillashtirishda qurilish materiallari bilan o‘ynaladigan o‘yinlaming roli kattadir. Pedagoglardan Z.V. Lishtvan, V.G. Nechayeva o‘z tadqiqotlarida qurish-yasash o‘yinlarining o‘ziga xos tomonlari va ahamiyatini yoritib berganlar. Qurish-yasash o‘yinlari bolada buyum obrazini fazoviy ifodada tasvirlashni talab qiladi.
O’yin jarayonida biror-bir material yoki buyumning hajmi, katta-kichikligi, bir-biriga mosligi, fazoviy mo‘ljallay olish ko‘nikmasi shakllanadi, rivojlanadi. Qurish yasash o‘yinlari bolalarda kuzatuvchanlikni shakllantiradi, buyumlari fazoviy joylashtira olishga o‘rgatadi.
Bu o‘yinlami o‘tkazish quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:

Yüklə 66,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin