O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rtamaxsus ta’limvazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


II BOB Bolaning kattalar bilan muloqoti muammosining empirik jihati



Yüklə 66,35 Kb.
səhifə9/16
tarix21.03.2023
ölçüsü66,35 Kb.
#88966
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
kurs ishi Azimova Xadicha

II BOB Bolaning kattalar bilan muloqoti muammosining empirik jihati
2.1 Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda psixdiagnostik tahlili
Milliy xalq o‘yinlari ikki guruhga bo‘linadi: 1. Milliy harakatli o‘yinlar. 2. Milliy xalq o‘yinlari. Milliy harakatli o‘yinlar sport turlari hamda xalqimiz qadriyatlari bilan aloqador bo‘lib, ular asrlar davomida davrlarga mos ravishdarivojlanib, takomillashib, e’zozlanib kelingan. U bolalaming jismonan baqvvat, sog‘lom, jasur, qat’iyatli, chaqqon, uddaburon bo‘libo‘sishlarida muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Xalq milliy o‘yinlarida millatning o‘tmish tarixi, ma’naviy va madaniy rivojlanishining xarakter xususiyatlari, urf-odatlari, an’analari jamlangandir.
Xalq milliy o‘yinlari orqali bolalami ma’naviy, aqliy, jismoniy,estetik jihatdan tarbiyalab borish jarayonida bolalarda o‘z Vataninisevish, uning boyliklari qadriga yetish, buyuk ajdodlarimiz meroslarini hurmat qilish, milliy kuy va qo‘shiqlardan zavqlanishtuyg‘ulari, shuningdek, o‘sib kelayotgan yosh avlodda chidamlilik, sabr-toqatlilik, tezkorlik, ildamlik, botirlik kabi shaxsiy sifatlar shakllanib boradi.
Xalq milliy o‘yinlarini maktabgacha ta’lim muassasalarida tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim:
• xalq milliy o‘yinlarining turlari va ularni tashkil etish yo‘llari,usullari hamda uslublarini ishlab chiqish;
• milliy o‘yinlarni tashkil etishda ma’naviy qadriyatlar va urfodatlarimizni kundalik hayot jarayoniga singdirib borish;
• maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy istiqlol ruhida tarbiyalashda xalq milliy o‘yinlaridan maqsadli foydalanish;
xalq ertaklari, xalq og‘zaki ijodi durdonalaridan unumlifoydalanish;
• bolalaming o'ynashlari uchun shart-sharoit (o‘yin uchun jihozlar, atributlar) yaratish;
• maktabgacha ta’lim muassasalari, oila va mahallalar o'rtasida milliy o‘yinlar bo‘yicha ko‘rik tanlovlari va musobaqalar o‘tkazish.
Milliy harakatli o‘yinlar bolalaming yosh xususiyatlariga,o‘yindagi harakatlar rivojiga qarab takomillashib boradi. 1—2 yoshli bolalar bilan о’ynaladigan о’yin turlari. «Barmoqqa barmoq», «G‘oz-g‘oz», «G‘oz tursin», «Bo‘p-bo‘p», «Toy-toy»,«Poyezd», «Achom-achom» o‘yinlari go‘dak endi bir-ikki qadam tashlashni o‘rganayotgan vaqtda gavdasini to‘g‘ri tutishga yordam beradigan o‘yinlar hisoblanadi.

Yüklə 66,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin