O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rtamaxsus ta’limvazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Bog’cha yoshidagi bolalarda muloqotining xorij va o’zbek psixologiyasida o’rganilganligi



Yüklə 66,35 Kb.
səhifə12/16
tarix21.03.2023
ölçüsü66,35 Kb.
#88966
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
kurs ishi Azimova Xadicha

2.2 Bog’cha yoshidagi bolalarda muloqotining xorij va o’zbek psixologiyasida o’rganilganligi
Maktabgacha ta’lim tizimida o‘yinlar texnologiyasi o’yin texnologiyasining nazariy asoslari. Bugungi kunda ta’lim tizimiga, jumladan, maktabgacha ta’lim tizimiga ham yangi pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar kirib kelmoqda. Bu texnologiyalarning mazmun-mohiyatini, asosiy tamoyillarini, qonuniyatlarini, ulardan samarali foydalanish yo‘llarini amaliyotchi tarbiyachi va o‘qituvchilarga yetkazib berish pedagogika fani oldida turgan dolzarb muammolardan biridir.
«Texnologiya» yunoncha so‘z bo‘lib, «techne» — «mahorat»,«san’at» va «logos» — «tushuncha», «o‘rganish» demakdir. Texnologiya so‘zi zamirida jarayonlarni amalga oshirish usullari vavositalari haqidagi bilimlar yig‘indisi, shuningdek, obyektda sodirbo‘ladigan sifat o‘zgarishlari tushuniladi.
Ta’lim texnologiyasi tushunchasi ta’lim maqsadiga erishish quroli, ya’ni oldindan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish va shu maqsadga erishishning metod, usul va vositalari tizimini, ta’lim jarayonini boshqarishni ifodalaydi. Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi bola shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. Pedagogik texnologiyaning tamoyillari quyidagilardir:kafolatlangan yakuniy natija, ta’limning samaradorligi, qaytuvchan aloqaning mavjudligi, ta’lim maqsadining aniq shakllanganligi. O‘yin texnologiyasi ham o‘yin metodidan o‘zining aniq maqsadi, amalga oshirish kerak bo‘lgan jarayonlaming mantiqiy ketmaketligi va o‘zaro bog‘liqligi, oldindan belgilangan natijalarga erishishkafolati bilan farq qiladi. L.S. Vigodskiy o‘yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalami o‘zlashtirish vositasi sifatida ta’riflaydi. Har qanday o‘yin muayyan vazifalarni bajaradi:
• maftunkorlik;
kommunikativlik;
• o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish;
• tashxis;
• o‘yin ishtirokchilari o‘rtasidagi muloqot;
• ijtimoiylashuvlik.
S.A. Shmakovning ta’kidlashicha, o‘yinlar quyidagi to‘rt asosiy xususiyatga ega:
— erkin rivojlantiruvchi faoliyat, ya’ni bola o‘yinni o‘zi tanlaydi,unda faol ishtirok etadi. Bunda birinchi navbatda yakuniy natijaemas, balki о‘yin jarayoni muhim ahamiyatga ega;
— ijodiy xarakter, ya’ni o‘yin jarayonida bolalar uchun ijodqilishga katta imkoniyatlar mavjud;
— emotsional ta’sir bola o‘yinda markaziy o‘rin egallashnixohlaydi, g‘olib bo‘lishga intiladi, bu bolaning faolligini oshirishga yordam beradi;
— asosiy va qo‘shimcha qoidalar o ‘yin mazmuni, uningmantiqiy ketma-ketligini belgilaydi. O‘yin strukturasiga maqsad, rejalashtirish, maqsadga erishish,natijalami tahlil qilish kabi komponentlar kiradi.
O‘yinning eng asosiy xususiyati uning ijodiyligidadir. U o‘zaro kurash, musobaqalashish, raqobat shaklida namoyon bo‘ladi. Nazariy jihatdan o‘yinga faoliyat, jarayon va o‘qitish metodi sifatida qarash mumkin. O‘yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi vabunda shaxs subyekt sifatida o‘z imkoniyatlarini to‘la amalgaoshiradi. O‘yinli faoliyatni motivatsiyalash o‘yin xarakterining musobaqalashish shartlari, shaxsning o‘zini namoyon qila olishi, o‘zimkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini qondirishdan kelibchiqadi.
Jarayon sifatida o‘yin tuzilmasi (G.K. Selevko ta’biricha) quyidagilarni qamrab oladi:
• o‘ynash uchun olingan rollar;
• bu rollarni ijro etish vositasi bolgan o‘yin harakatlari;
• haqiqiy narsalami shartlilarga almashtirish;
• o‘yinda ishtirok etuvchilaming real o‘zaro munosabatlari;
• o‘yinda shartli ravishda yaratilgan sujet (mazmun).
Har qanday texnologiyada, jumladan, o‘yin texnologiyalaridaham, o‘quv maqsadi aniq belgilanishi zarur. Bu texnologiyaningasosiy negizidir. Maqsad to‘g‘ri qo‘yilishi uchun tarbiyachi bolaganimani o‘rgatmoqchi bolganligini bilishi kerak. Bitta mashg‘ulotda bitta maqsad qo‘yilishi maqsadga muvofiq. Masalan, bolalarni 3 raqami bilan tanishtirish yoki yil fasllari haqida tushuncha berishdir.
O‘yin texnologiyalari (ayniqsa, bog‘cha bolalari uchun) rivojlantiruvchi maqsadlarni (bolaning idrok, xotira, diqqat, tafakkurini rivojlantirish) amalga oshirishi ham mumkin. Bunda o‘yinjarayonida yakuniy natija muhimroq boladi.

Yüklə 66,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin