O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rtamaxsus ta’limvazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 66,35 Kb.
səhifə15/16
tarix21.03.2023
ölçüsü66,35 Kb.
#88966
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
kurs ishi Azimova Xadicha

Xulosa va tavsiylar
Maktabgacha yoshdagi bolalarning etakchi faoliyati bu o‘yindir. Bog’cha yoshidagi bolalarning o‘yin faoliyatlari masalasi asrlar davomida juda ko’p olimlarning diqqatini uziga jalb kilib kelmokda. Maktabgacha yoshdagi bolalar uzlarining o‘yin faoliyatlarida ildam kadamlar bilan olga karab borayotgan sermazmun xayotimizning xamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar. Ma’lumki, bolaning yoshi ulg’ayib mustakil xarakat kilish imkoniyati oshgan sari uning atrofdagi narsa va xodisalar bo’yicha dunyoqarashi kengayib boradi. Bog’cha yoshidagi bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida shu narsalar bilan bevosita amaliy munosobatga bo’lishiga intiladi. Bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o’zining xaddi sig’adigan narsalari bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bo’lgan o’zining kuchi ham yetmaydigan, xaddi sig’maydigan narsalar bilan ham amaliy munosobatda bo’lishga intiladi. Biroq tabiiyki bola o’zidagi bunday extiyojlarning birontasini xam haqiqiy yo’l bilan qondira olmaydi. Bolalarning tobora ortib borayotgan turli extiyojlari bilan ularning tor imkoniyatlari o’rtasidagi qarama - qarshilik yuzaga keladi. Buni shu bilan izohlab berish mumkinki, birinchidan, bolalarning muloqat faoliyati qandaydir moddiy maxsulot ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyat emas. SHuning uchun bolalarni muloqatga undovchi sabab(motiv) kelib chiqadigan natija bilan emas balki shu muloqat jarayonidagi turli xarakatlarning mazmuni bilan bog’likdir. Ikkinchidan esa, bolalar muloqat jarayonida o’z ixtiyorlaridagi narsalarni, o’zlarini qiziktirgan, ammo kattalargagina mansub bo’lgan narsalarga aylantirib xohlaganlaricha erkin faoliyatda bo’ladilar. Bolalarning o‘yin faoliyatlari ularning jismoniy va psixik jixatdan garmonik ravishda rivojlantirish uchun birdan bir vositadir. Muloqat bolalar haytida shunday ko’p qirrali faoliyatki, unda kattalarga mansub bo’lgan mehnat ham, turli narsalar haqida tafakkur qilish, hom xayol, dam olish va xushchakchaklik manbalari xam mujjasamlangandir, ya’ni mana shu jarayonlarning barchasi muloqat faoliyatida aniq bo’ladi. SHuni ham ta’kidlab o’tish kerakki muloqat faqat tashki muhitdagi narsa hodisalarni bilish vositasigina emas, balki qudratli tarbiya vositasi hamdir. Albatta, turmush tajribalari va faoliyatlari doirasi juda cheklangan kichik yoshdagi bolalar(ba’zan kichik gurux bolalari ham) o’zlarining muloqatlarida konkret odamlarni va ularning xarakatlarini aks ettiradilar. (Masalan, oyisini, adasini, akasini, tarbiyachisini va shu kabi). O’rta, katta bog’cha yoshidagi bolalarning o‘yinlarida esa bunday obrazlar umumiylik xarakteriga ega bo’la boshlaydi. Bolalarning muloqatlari orqali ularda ijtimoiy foydali, ya’ni yuksak insoniy xislatlarni tarbiyalash mumkin. Bundan tashqari, agarda biz bolalarning o‘yini faoliyatlarini tashkaridan kuzatsak, o‘yin jarayonida ularning barcha shaxsiy xislatlari (kimning nimaga ko’proq qiziqishi, qobiliyati, irodasi temperamenti) yaqqol namoyon bo’lishini ko’ramiz. SHuning uchun bolalarning muloqat faoliyatlari ularni individual ravishda o’rganish uchun juda qulay vositadir.


Yüklə 66,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin