1-bosqich. Bolalaming qurish-yasash qobiliyatlari ko‘nikma malakalarini, qiziqishlari darajasini o‘rganish. Qurilish o'yinlariga rahbarlik maqsadini aniqlash.
2-bosqich. Qurilish inshoot va binolariga sayohat, ekskursiya,maqsadli sayrlar tashkil etish. Turli suratlar, rasmlar, badiiyasarlar, suhbat orqali katta shahar va poytaxtdagi binolar,quruvchilar mehnati bilan yaqindan tanishtirish.
3-bosqich. 1. Bolalar о‘yinlari uchun sharoit yaratish. Qurilishmateriallarini yetarli tarzda tayyorlash (guruh va yakka-yakka shug‘ullanishlari uchun).
2. Qurilish materiallari turli hajm va katta-kichiklikda bo‘lishi
mumkin.
3. Guruhda va yer maydonchasida qurilish materiallari hamda
ish qurollarining saqlanishi.
4. Qurilish materiallarining to‘g‘ri va qulay saqlanishi.
5. Qurilish burchagidagi o‘yinchoqlar va materiallaming joylanishi.
6. Tashlandiq materiallardan qo‘lbola o‘yinchoqlaming mavjudligi.
7. O‘lkamiz va uning poytaxti, turli transportlar aks ettirilgan albomlar.
8.Bino va inshootlaming qurilishini bolalar bilan kuzatish.
4-bosqich. Bolalami qurish-yasashga o‘rgatish va malakalarini shakllantirish. Bunda quyidagi usullardan foydalaniladi:
1. Kattalarning tushuntirib, ko‘rsatib berishi.
2. Kattalarning biror-bir qurilishni qurib ko‘rsatishi, har birqismni tahlil qilib berishi.
3. Namuna sifatida tayyor qurilish inshootini ko‘rsatish.
4. Qurilishning ayrim muhim qismlari va ulaming xususiyatlari bilan tanishtirish.
5. Tugallanmagan qurihsh obyektini davom ettirishga jalb etish.
6. Berilgan mavzu asosida binolarni mustaqil qurish-yasashlari.
7. Bolalarning ijodiy-ixtiyoriy qurish-yasashlari.
8. Tayyor qurilishni tahlil qilish.
5-bosqich. Bolalarning ijodiy qurilish o'yinlarini tashkil etish.
O’yin jarayonida o‘zaro munosabatlarda axloqiy sifatlami, o‘ynay olish madaniyatini shakllantirish, shuningdek, yoz oyida qum,suv, qish oyida esa qor bilan o‘ynashga rahbarlik qilish.