Buyum va о‘yinchoqlar bilan о‘ynaladigan о‘yinlar bolaning ilk yoshidan boshlab, to maktab yoshiga yetgunga qadar o‘ynaladigano‘yin tori hisoblanadi. Bunda bolalaming tasvvurlari, diqqatlario‘yin asosini tashkil etadi. Ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, ularning sifati, foydali tomonlari to‘g‘risida umumiy tushuncha hosil bo‘ladi. 0‘yinda o‘ynaladigan har bir buyum yoki o‘yinchoqo‘zining tashqi ko‘rinishiga ega bo‘lishi, narsaning asosiy belgisiniajrata bilish imkonini berishi lozim. Bunday o‘yinlar bolalarningnarsalarning shakli, hajmi, belgisi, sifati haqidagi bilimlarinikengaytiradi.
Stol-bosma о’yinlaribolalarning tevarak-atrof haqidagi tasavvurlarini aniqlash, bir tizimga solish, tafakkurini (tahlil qilish,sintez, umumlashtirish, tavsiflash) o‘stirish imkonini beruvchio‘yin usulidir. Bu o‘yin turiga a) lotto; b) juft rasmlar; d) domino;e) labirint kiradi.
Og‘zaki so‘z о’yinlarikatta maktabgacha yoshdagi bolalar bilano‘tkaziladi. Ular bolani eshita olish, zudlik bilan javob topa olish,o‘z fikrlarini tez va aniq ifoda eta olishga o‘rgatadi. Tadqiqotchilarning fikricha, bunday o‘yinlar bolaning aqliy rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan o‘yin turlarida didaktik maqsad va o‘yin materiallarining mavjudligi muhimahamiyat kasb etadi.
Qoidali-harakatli о‘yinlarasosini bolaning jismoniy rivojlanishiga' qaratilgan harakatlar tizimi egallaydi. Bunda asosan yurish,yugurish, sakrash, chirmashib chiqish, uloqtirish, emaklash kabiharakatlar o‘yin mazmunini belgilaydi. Qoidali-harakatli o‘yinlarkelib chiqishiga ko‘ra: a) xalq milliy o'yinlari; b) mualliflik o‘yinturlariga bo‘linadi.
Har ikki o‘yin turida ham asosiy mezon — o‘yin qoidasi bo‘lib hisoblanadi. Harakatli o‘yinlar harakatlaming aniqligi, ifodaliligi,bolalarda tezkorlik, epchillik, qo‘rqmaslik, mardlik kabi oliyjanob fazilatlarni tarbiyalab boradi. Ko‘pchilik harakatli o‘yinlar jamoabo‘lib o‘ynashga mos, bu jamoada uyushgan holatda harakat qilish qobiliyatini shakllantiradi. Qoidali harakatli o‘yinlami o‘tkazishda bolalarga rolni to‘g‘ri taqsimlash o‘yin jarayonini kuzatib borish,unga rahbarlik qilish, o‘z vaqtida yaxshi harakatlarni rag‘batlantirish o ‘yin nufuzini oshiradi. O’yin jarayonida quvnoq kayfiyat,ijobiy his-tuyg‘ular yuzaga keladi.