O‘yinning mazmuni, mohiyati va unga rahbarlik. Tayyorgarlik davri, o‘yinga kirishish, o‘yindagi harakatlami muhokama qilish, asosiylarini belgilab olish jarayonlariga bolinadi.Bu jarayonlar o‘yin mazmunini tolaroq ifoda eta olishga, o‘zaroiliq munosabatlami o‘rnatishda kelishib olishga yordam beradi0‘yinni rivojlantirish uchun o‘yinga qo‘yiladigan talablar mazmunini o‘zgartirish kerak. O’yin vaziyatini tanlash o‘yinga rahbarlik qilayotgan pedagogning mahoratiga, qiziqishiga bogliq.
Sujet-rolli o‘yinlar mazmunining o‘ziga xos tomonlarini mashhur pedagog va psixologlardan D.B.Elkonin, D.V. Mendjeritskiy, P.E.Samorukova va boshqalar o‘z kuzatuvlarida chuqur o‘rganganlar.Sujet o‘yin faoliyatida asosiy komponent bolib, u personajni,hayotiy vaziyatni, harakat va personajlar munosabatini o‘z ichigaoladi. Sujetli-rolli o‘yinlar o‘z mazmun va mohiyatiga ko‘ra jamoa o‘yini bo‘lib hisoblansa-da, yakka holda o‘ynalmaydi degan fikrni keltirib chiqarmasligi kerak. Sujetli-rolli o‘yinlar bolaning aqliy, axloqiy, jismoniy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etib, bunda bola ehtiyoji va malakasi tarbiyalanib, shakllanib boradi. Sujetli-rolli o‘yinlarga rahbarlik qilish quyidagi asosiy bosqichlarda amalga oshiriladi.
1-bosqich. Bolalarning qiziqishlarini, ulardagi sujetli o‘yinlar
rivojlanishi darajasini o‘rganishning asosiy vositasi quyidagilar:
— bolalar o‘yinlarini kuzatish;
— o‘yin rivojining asosiy yo‘nalishlari, o‘yin mavzusi, o‘yinmazmuni, bola o‘yin faoliyatining rivoji, o‘yinda o‘zaro munosabatlaming rivojlanishi bo‘yicha tavsifnoma tuzish;
—o‘yinga rahbarlik maqsadini aniqlash.
2-bosqich. Kattalaming о‘yin mavzuyi va mazmuniga ta’sir etishi:
— o'yin mavzuyi bo‘yicha sayohat va maqsadli sayrlar uyushtirish;
— suhbatlar o‘tkazish;
— badiiy asarlar va hikoyalar o‘qib berish;
— illustrativ rasmlar ko‘rsatish;
— mavzu bo‘yicha turli mashg‘ulotlar;
— tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari o‘tkazish.
3-bosqich. 0‘yinga tayyorgarlik (o'yin o'ynash uchun maxsus
joy, o‘yinchoqlar va о‘yin materiallari):
—tayyor o‘yinchoqlami tanlash;
— qo‘lda yasalgan o‘yinchoqlar. Bunda bolalaming mustaqil shug‘ullanishlari uchun o‘yin zonasini tashkil etish.
4-bosqich. Bolalami o‘ynashga o‘rgatish (o‘yin jarayoni va boshqa narsalarni o‘yinda aks ettirish):
— o‘yinchoq va uning o‘rnini bosuvchi buyumlar ta’sirini o‘rganish;
— o‘yinda xayoliy tasawurlami aks ettirishga o‘rgatish;
— o‘yinda so‘zlardan foydalanishga o‘rgatish;
— o‘yinda harakatlami hisobga shu malakalarini shakllantirish;
— so‘z va harakat;
— harakat va o‘yin materiali (so‘z, harakat va o‘yin materiali o‘yinning tili hisoblanadi).
5-bosqich. 0‘yinda axloqiy munosabatlarga ta’sir etish, bolalar jamoasi, xulq-atvor, madaniyat, o‘yin faoliyatida o‘yin madaniyatini shakllantirish:
— ma’lum o‘yin mavzuyiga nisbatan bolalarning his-tuyg‘ulariniuyg‘otish;
— bolalarga o‘yinni awaldan rejalashtirish elementlarini o‘rgatish;
— o‘yinda rol va o ‘yinchoqlarni oqilona taqsimlashga o ‘rgatish;
— tengdoshlari bilan ahil o‘ynay olish madaniyatini tarbiyalash;
— ahil jamoani shakllantirish: mustaqil o‘ynash va o‘yinni oxirigayetkazish, o‘yin jarayonidagi kelishmovchilik, bahslarni oqilona hal eta olish malakalarini tarbiyalash;
— kattalarning o‘yinga ta’sir etishi — maslahat berishi, tushunchalarini to‘ldirish, o‘yinga to‘laqonli yordam berish;
— bolalarning о‘yin faoliyatlarini, axloqiy munosabatlami baholash.