O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rtamaxsus ta’limvazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 66,35 Kb.
səhifə1/16
tarix21.03.2023
ölçüsü66,35 Kb.
#88966
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
kurs ishi Azimova Xadicha


O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA
O’RTAMAXSUS TA’LIMVAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT
DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

“Himoyaga ruxsat etilsin”


Fakultet dekani
_____ G.N.Ibragimova
“___” __________ 2021 yil

5110900 – Pedagogika va psixologiya


ta’lim yo’nalishi Pp – 201 guruh talabasi
Azimova Xadichaning
Bog‘cha yoshidagi bolalarda kattalar bilan muloqotning xususiyatlari”
mavzusidagi
KURS ISHI

“Himoyaga tavsiya etilsin”


Ilmiy rahbar: Ps.f.n.,dots. S.X.Jalilova
Psixologiya kafedrasi mudiri
___ps. f. n. dots. N. I. Xalilova
“___” ______ 2021 yil
Toshkent 2021
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………….3
I BOB Maktabgacha yoshdagi bolalarning kattalar bilan muloqot jarayonining psixalogik ahamiyati ….…………………………………………6

    1. Maktabgacha yosh davrida muloqot jarayonining o’ziga xosligi ….…………6

    2. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda o’yin jarayonida psixalogik xususiyatlar …………………………………………………………….……12

II BOB Bolaning kattalar bilan muloqoti muammosining empirik jihati …..25
2.1 Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda psixodiagnostik tahlili …….……..25
2.2 Bog’cha yoshdagi bolalar muloqotining xorij va o’zbek psixalogiyasida o’rganilganligi ……………………………………………………………………28
Xulosa ……………...…………………………………………………………….34
Foydalanilgan adabiyotlar …...………………………………………………..37

.
KIRISH


Mavzuning dolzarbligi: Har tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash hozirgi kun ta’lim tizimi oldidagi dolzarb muammolardan biridir. Barkamol shaxsni tarbiyalashda u dunyoga kelganidan boshlab, to maktabgacha tarbiya yoshigacha bo‘lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega. bolalar psixologiyasining hozirgi vaqtdagi dolzarb muammolari ko‘proq o‘z aksini topgan. Mamlakatimiz prezidenti Sh.Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida, Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillarida tarbiyachilar, pedagoglar oldiga ulkan vazifalami yuklamoqda”.
Ana shu vazifalami amaliyotda o‘z ifodasini toptirishda bolalar psixologiyasi va uni o'qitish metodikasi muhim rol o'ynaydi. O’qitish metodikasi ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismida bolalar psixologiyasi fanining metodlari, vazifalari va uning boshqa fanlar bilan aloqasi, chaqoloqlik, go'daklik, ilk bolalik va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalaming bilish jarayonlari, hissiy-irodaviy, motivatsion jihatlarining shakllanishi chuqur tahlil qilingan. O’qitish metodikasining ikkinchi qismida bolalar psixologiyasi, umumiy psixologiya, yosh va pedagogik psixologiya kabi fanlardan ma’ruza, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha qimmatli materiallar berilgan.
Bolalar psixologiyasi - psixologiya fanining alohida tarmog‘i bo‘lib, u turli yosh davrlari bola psixik taraqqiyotining qonuniyatlarini, shuningdek, bir yosh bosqichidan boshqasiga o'tish qonuniyatlarini o'rganadi. Bolalar psixologiyasi fanining asosiy e’tibori tug'ilgandan yetuklik davrigacha inson psixikasi va ongning qanday rivojlanishiga qaratilgan. D.B.Elkonin ta' kidlaganidek, bola jamiyat a’zosi va shaxs sifatida shakllanib borar ekan, uning psixikasi rivojlanib, olamni aks ettirish qobiliyati go‘daklikdan yetuklik davrigacha muiakkablashib va takomillashib boradi. Ushbu jarayonning o‘ziga xos xususiyatlari, uning qonuniyatlarini bolalar psixologiyasi tadqiq etadi.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi o‘quv-tarbiya faoliyatini tashkil qilish vosita va usullarini o‘quv-tarbiya jarayonida kelib chiqadigan muammolar va uning yechimini to‘g‘ri hal qila bilish, innovatsion texnologiya usullaridan foydalanish, qiyinchiliklarningto‘g‘ri yechimini topishga yo‘naltiradi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fani eng muhim asosiy pedagogik munosabatlar sabablarini aniqlaydi, uni pedagogik jarayonda o‘rganadi.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fani inson kamolotiga qaratilgan, xalq yaratgan boy tajriba, ilmiy tadqiqotga doir nazariy va metodik manbalarga, jahon mutafakkir, m a’rifatparvar pedagog olimlarining asarlariga suyangan holda komil insonni tarbiyalashning qonun, qoida va tamoyillariga asoslanadi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasining milliy asoslari: ta’limtarbiya masalalari, har bir millatning milliy merosiga, umum-bashariy qadriyatlariga bog‘langan holda bog‘cha yoshidan boshlab o‘zligini anglash, erkin fikrlash, g‘urur tuyg‘ularini shakllantirishga qaratiladi.

Yüklə 66,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin