LABORATORIYA ISHI № 7 Elektrolit eritmalar. Tuzlarning gidrolizi Ishning bajarilishi 1. Kerakli jihozlar: Probirkalar, universal indikator qog`ozi. shisha tayoqcha, lakmus qog`ozi, elektroplitka (gaz garelkasi ham bo`lishi mumkin).
2.Kerakli reaktivlar: Distillangan suv, osh tuzi NaCl, rux xlorid ZnCl2, natriy korbonat Na2CO3, alyuminiy sulfat Al2(SO4)3 ,natriy sulfid Na2S eritmalari, natriy atsetat CH3COONa ning 0,5 n eritmasi, temir (III)- xlorid FeCl3 eritmasi , vismut (III)-nitrat Bi(NO3)3 eritmasi, alyuminiy sulfat Al2(SO4)3 eritmasi.
1-tajriba. Elektrolit eritmalarining elektr o’tkazuvchanligi. 150-200 ml sigimli stakanga distrlangan suv kuyib, ikkita elektrod tushiring va ularga ketma-ket kilib lampochka ulang. Asbobni elektr manbaiga ulang. Lampochka yonadimi? Asbobni elektr manbaidan uzib, elektrodlarni distrlangan suv bilan yaxshilab yuvib tashlang. Stakanga shakarli eritma kuying va uning elektr utkazuvchanligini tekshiring. SHu tajribalarni navbatma-navbat sulfat kislota, uyuvchi natriy, sirka kislotasi, ammoniy gidrooksidning 0,1n li eritmalari bilan utkazing. Eritmalarning elektr utkazuvchanligi tugrisidagi xulosalarni va dissotsialanish tenglamalarini yozing.