O`zbekiston respublikasi oliy va



Yüklə 318,51 Kb.
səhifə2/19
tarix07.01.2024
ölçüsü318,51 Kb.
#201368
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
kimyo222

Taqrizchi:

T.Sattarov

NamDU «Kimyo» kafedrasi mudiri, kimyo fanlari nomzodi, dotsent

So`z boshi
Kimyo fani fundamental tabiiy fanlardan biridir. Uni bilish hozirgi vaqtda turli sohalarda faoliyat ko’rsatayotgan mutaxassislarni ijodiy samarali ishlari uchun zarurdir. Oliy o’quv yurtlarida tayyorlanayotgan bo’lajak texnik bakalavrlar, xususan 60710600-Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo’nalishlar bo’yicha), 60712400-Avtomobilsozlik va traktorsozlik, 60711300-Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo’yicha), 60711000-Muqobil energiya manbalari (turlari bo’yicha), 60720800-Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish, 60720700-Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo’yicha), 60711900-Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari, 60610200-Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo’nalishlari talabalarini kimyoviy bilim darajasini oshirish juda dolzarb masalalardan biridir, chunki u yangi materiallarni texnikada qo’llash, ularni bardoshliligini oshirish, energiyani tejash imkonini yaratadi. Kimyo qonunlarini bilishi ekologik muammolarni hal qilishda, talabalar dunyo qarashini shakllanishida o’z hissasini qo’shadi.

LABORATORIYA ISH № 1


Texnika xavfsizligi qoidalari. Laboratoriyadagi idish va asboblar bilan tanishish

Kimyo laboratoriyasida tajribalar o`tkazish uchun talabalar quyidagi ehtiyot choralarini ko`rishi kerak:



  1. Har qaysi laboratoriya ishi belgilangan joyda bajarilishi shart.

  2. Mashg`ulot paytida talaba maxsus kiyim (xalat)siz ishlashi mumkin emas.

  3. Mashg`ulot rejasida ko`rsatilmagan ishlarni bajarishi taqiqlanadi.

  4. Laboratoriyada ishlaganda ozodalikka, saranjomlikka, tinchlikka va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishi lozim. SHoshilish va xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik tajribada xatolikka yo`l qo`yishga va ko`ngilsiz hodisalarga olib keladi.

  5. Tajribani rahbarni ijozati bilan boshlash lozim. Ishni bajarish tartibi laboratoriya daftariga yozilishi va uni rahbar tekshirib ko`rgan bo`lishi lozim.

  6. Zaxarli va badbo`y hidli moddalar bilan qilinadigan tajribalarni mo`rili shkafda bajaring.

Agarda reaktivlarni hididan aniqlamoqchi bo`lsangiz, uni og`zidan o`zingizga tomon oxista yelpib xidlang.

  1. Kontsentrlangan kislotalarni suyultirishda kislotani suvga childiratib quyib, aralashtirib turgan xolda suyultiring. Suvni kislotaga kuyish mumkin emas.

  2. Reaktivlarni probirkalarga quyishda ularni gavdangizdan uzoqroqda tuting.

  3. qizdirilayotgan reaktiv ustiga engashib qaramang.

  4. Probirkaga biror modda solib qizdirayotganingizda uni og`zini o`zingizdan va yoningizdagi sherigingizdan chetga buring.

  5. Elektr asboblari bilan ishlashda, uni to`liq izolyatsiyalanganligiga ishonch hosil qilmasdan turib ish boshlamang.

  6. Oson o`t oluvchi moddalar bilan qilinadigan tajribalarni olovdan uzoqroqda bajaring. Bunday moddalarni qizdirishda suv yoki qum hammomidan foydalaning.

  7. Benzin, spirt, efir va shu kabi oson o`t oluvchi moddalar o`t olib ketsa, qum sepib o`chiring. Suv sepilmaydi, chunki alanga hajmi kengayib ketadi.

  8. Kislota ta`sirida kuygan joy avvalo mo`l miqdordagi suv bilan, so`ngra suyultirilgan natriy bikarbonat eritmasi bilan yuviladi.

  9. Agar biror yeringiz yong`in yoki issiqlik ta`sirida kuyib qolsa, kuygan joyingizni kaliy permanganatning suyultirilgan eritmasi bilan yuvish yoki steptotsid emulsiyasi surtish lozim.

  10. Zaxarli gazlar (xlor, brom, vodorod sulfid, oltingugurt yoki azot oksidlari) bilan zaxarlanib qolgan kishini darhol ochiq havoga olib chiqish va vrachga murojaat qilish lozim.

  11. Ishqorlar ta`sirida zararlangan joyni avval qayta-qayta suv bilan, so`ngra esa sirka yoki limon kislotaning suyultirilgan eritmasi (3%) bilan yuvish lozim.

  12. Ishqor, kislota va yonuvchan suyuqliklarni rakovinaga to`kish yaramaydi. Bunday keraksiz suyuqliklarni maxsus idishlarga quyish kerak. Rakovinaga qum, qog`oz va shunga o`xshash narsalarni tashlamang.

  13. Simob va simobli asboblar bilan ehtiyot bo`lib ishlang. Simobli asbob (termometr va manometr) sinsa, uni tezda maxsus usul bilan yig`ib oling va suvli stakanga solib, simob to`kilgan joyga oltingugurt kukuni sepib uni o`ldiring.

  14. Gazlar bilan ishlashda juda ehtiyot bo`lish kerak, gazlar tozaligini tekshirib va asbob germetikligini aniqlab, so`ngra ish boshlash lozim.

  15. Reaktiv olish uchun ishlatiladigan qoshiqcha va menzurka aralashtirilib yubormasligi shart.

  16. Mashg`ulot tugagach, ishlatilgan moddalarni o`z joyiga qo`yish, asboblarni va shisha idishlarni tozalab yuvib, laborantga topshirish kerak.

  17. Laboratoriyadan ketishdan oldin gaz, vodoprovod jo`mraklarini berkitilganligini, elektr asboblarini o`chirilganligini tekshirib ko`ring.


Yüklə 318,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin