3-tajriba. Reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasining o`zgarishini kimyoviy muvozanatga ta`siri . Temir (III) - xlorid bilan ammoniy radonit orasidagi reaksiya quyidagi tenglama bilan ifodalanadi.
Fe Cl3 + 3 NH4 SCN Û 3NH4Cl + Fe(SCN)3 Eritmaning qoramtir-qizil rangga kirishi Fe(SCN)3 hosil bo`lganligidan dalolat beradi. Probirkaga 5-6 ml FeCl3 ning 0,02 N eritmasidan quying. Ustiga ushancha mikdordan NH4SCN ning 0,02 N eritmasidan quying. Hosil bo`lgan eritmani teng miqdorda 4 ta probirkaga bo`ling. Birinchi probirkaga FeCl3 ning to`yingan eritmasidan, ikkinchisiga NH4SCN to`yingan eritmasidan 3-4 tomchi quying.
Uchchala probirkalardagi rang o`zgarishini to`rtinchi probirka rangi bilan taqqoslang. Kimyoviy muvozanatning siljishiga konsentratsiyaning ta`siri to`g`risida hulosa chiqaring. Sistemaning muvozanat konstantasi tenglamasini yozing. Eritma rangini o`zgarishiga qarab kimyoviy muvozanatning siljishini quyidagi jadvalaga yozing.