O`zbekiston respublikasi oliy va


Metallaning korroziyasi. Tuzli eritmalarning elektrolizi



Yüklə 318,51 Kb.
səhifə19/19
tarix07.01.2024
ölçüsü318,51 Kb.
#201368
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
kimyo222

Metallaning korroziyasi. Tuzli eritmalarning elektrolizi.
1-Tajriba. Metallning kislotada erish protsessiga galvanik juft hosil bo`lishining ta`siri.
a) Burchak hosil qilib egilgan shisha nayga xlorid kislotaning 1.0 n. eritmasidan quying va uning bir tirsagiga ensiz rux plastinkasini tushiring. Reaksiya tenglamasini yozing.
Korroziyani ajralib chiqayotgan vodorod pufakchalariga qarab kuzatish mumkin. Nayning ikkinchi tirsagiga xuddi shu eritmaga, rux plastinkasiga tegmaydigan qilib, mis sim tushiring. Mis yuzasida vodorod ajralmayotganiga to`la qanoat hosil qiling. Mis simni, rux bilan tutashguncha, suyuqlikka ko`proq kiriting. SHunda mis yuzasida vodorod pufakchalari paydo bo`ladi. Bu galvaniq juftda boradigan jarayonlarni tushuntiring. Bundagi katod va anodni tushuntirib bering.

b) 2-3 ml mis sulfat eritmasi quyilgan probirkaga rux bo`lakchasini soling. 4-5 min. dan so`ng eritmani to`king va usti mis bilan qoplangan ruxni extiyotlik bilan bir necha marta suvda yuving. Ikkita probirkaga 3-4 ml dan xlorid kislota eritmasi quying. Probirkalardan biriga mis qoplangan rux bo`lagini, ikkinchisiga esa mis sulfat eritmasi ta`sir ettirilmagan rux bo`lakchasini tushuring.
Probirkaning qaysi birida vodorod kuchli ajralib chiqadi? Nima sababdan?
2-Tajriba. Xlor ionining korroziyaga ta`siri.
Ikkita probirkaga 2-3 tadan alyuminiy bo`lakchasi soling va bitta probirkaga mis sulfat eritmasidan, ikkinchisiga mis xlorid eritmasidan quying. Alyuminiyning olingan tuzlar eritmasiga nisbatan har xil munosabatda bo`lishiga ishonch hosil qiling.
Mis sulfat eritmasi solingan probirkaga ozgina natriy xlorid kukuni soling. Nima kuzatiladi?


Ilova


Suvning to’yingan bug’ bosimi




Harorat,oC

Bosim, mm.sim.ust.

Harorat,oC

Bosim, mm.sim.ust.

Harorat,oC

Bosim, mm.sim.ust.

0

4,479

18

15,477

36

44,563

1

4,926

19

16,477

37

47,067

2

5,294

20

17,535

38

49,692

3

5,685

21

18,650

39

52,442

4

6,101

22

19,827

40

55,324

5

6,543

23

21,068

45

71,880

6

7,013

24

22,377

50

92,510

7

7,513

25

23,756

55

118,04

8

8,045

26

25,209

60

149,38

9

8,609

27

26,739

65

187,54

10

9,209

28

28,349

70

233,70

11

9,844

29

30,043

75

289,10

12

10,518

30

31,824

80

355,10

13

11,231

31

33,695

85

433,60

14

11,987

32

35,663

90

525,80

15

12,788

33

37,729

95

633,90

16

13,634

34

39,898

100

760,00

17

14,530

35

42,175








FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



    1. Yu.I.Ibrohimov «Umumiy va noorganik ximiyadan praktikum». –T.: O’qituvchi, 1985.

    2. E.qodirov, A.Muftaxov, SH.Norov «Anorganik kimyodan amaliy mashg’ulotlar». –T.: O’zbekiston, 1996 .

    3. N.Madixonov, M.Yoqubova, I.Abdug’ofurov «Umumiy va anorganik kimyodan amaliy ishlar». –T.: Mehnat, 1997.

    4. X.To’xtashev, A.Ismoilov «Anorganik kimyodan amaliy va laboratoriya ishlari». –T.: O’qituvchi, 1984.

    5. L.N.Zaxarov «Texnika bezopasnosti v ximicheskix laboratoriyax». –L.: Ximiya, 1991.

    6. Yu.I.Ibrohimov, X.To’xtashev, X.Jo’raev «Ximiyadan masala va ularni yechish usullari». –T.: O’qituvchi, 1989.

    7. Z.E.Golьbrayx «Sbornik zadach i uprajneniya po ximii». –M.: Vo’shaya shkola, 1984.

    8. N.L.Glinka «Zadachi i uprajneniya po obhey ximii». –L.: Ximiya, 1985.

    9. q./afurov, I.SHamshidinov. «Noorganik kimyodan laboratoriya ishlariga oid metodik ko’rsatmalar to’plami». –T.: OO’MTV Respublika o’quv-uslub idorasi, 1993.





Yüklə 318,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin