5-tajriba. Gidroliz jarayoniga haroratning ta`siri. a) Probirkaga natriy atsetat CH3COONa ning 0,5 n eritmasidan ozgina quying va undan shisha tayoqcha yordamida bir tomchi olib lakmusli qog`ozga tekkizdirib ko`ring. Olingan tuzining gidrolizlanish reaksiya tenglamasini yozing. Eritmani qaynaguncha qizdiring. Eritma rangi o`zgarishini kuzatib boring, eritma sovigach eritmaning rangi yo`qolishi sababini tushuntirib bering.
b) Probirkaga temir (III)- xlorid FeCl3 eritmasidan quying va uning reaksiya muhitini lakmusli qog`oz bilan sinab ko`ring. Eritmani 2-3 minut davomida qaynating. Nima kuzatiladi va uning sababi nima? FeCl3 ning asosli tuzlari Fe(OH)Cl2 yoki Fe(OH)2Cl hosil qiladigan gidroliz tenglamasini yozing.
6-Tajriba. Eritma suyultirilganda gidroliz jarayonning kuchayishi. Probirkaga vismut (III)-nitrat Bi(NO3)3 eritmasidan 2-3 ml quying va uni distillangan suv bilan 3-4 barobar suyultiring. Asosli tuz Bi(OH)2NO3, ning cho`kmaga tushishini kuzating. Gidroliz tenglamasini yozing.
7-tajriba. To`la gidroliz. Probirkaga 2-3 ml alyuminiy sulfat Al2(SO4)3 eritmasidan quying va ustiga shuncha miqdorda soda Na2CO3 erimasidan qo`shing. Reaksiya natijasida hosil bo`lgan alyuminiy karbonat - Al2(CO3)3 gidrolizlanishi hisobiga uglerod (IV)-oksidi ajralib chiqishini va alyuminiy gidroksid Al (OH)3 cho`kmasini hosil bo`lishini kuzating.
Olingan tuzlarni birgalikda gidrolizlanishining molekulyar va ionli tenglamalarini yozing.