LABORATORIYA ISHI №8 Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Galvanik elementlar va metallarning korroziyasi. Ishning bajarilishi 1. Kerakli jihozlar: Probirkalar, elektroplitka (gaz garelkasi ham bo`lishi mumkin), azbestlangan to`r.
2. Kerakli reaktivlar:Sulfat kislota H2SO4 eritmasi, rux bo`lakchasi, mis sulfat eritmasi, yuzasi zangdan tozalangan temir plastinka, kontsentrlangan sulfat kislota H2SO4, mis sim, FeCl3 eritmasi, kaliy yodid KJ eritmasi, kraxmal kleysteri, vodorod peroksid H2O2 eritmasi, yod J2kristali, natriy ishqori – NaOH eritmasi, ammoniy bixromat- (NH4)2Cr2O7 kristalli.
1-Tajriba: Ruxning sulfat kislota bilan o`zaro ta`siri. Probirkaga 3-4 ml sulfat kislota H2SO4eritmasidan quyib, unga rux bo`lakchasidan tashlang. Vodorod ajralib chiqishini kuzating, reaksiya tenglamasini yozing. Elektron tenglamasi asosida oksidlovchi va qaytaruvchini ko`rsating.
2-Tajriba: Misni birikmasi tarkibidan temir yordamida siqib chiqarish. Probirkaga 3-4 ml mis sulfat eritmasidan quying. Unga yuzasi zangdan tozalangan temir plastinkasi tushiring. Temir plastinkani yuqori qismi suyuqlikka botmasin. 2-3 minutdan so`ng plastinkani eritmadan oling. Suv bilan yuving va plastinkani ustida erkin holda mis ajralib chiqqanligini kuzating. Reaksiyaning umumiy va elektron tenglamasini tuzing. Oksidlovchini va qaytaruvchini ko`rsating.