3-Tajriba: Misning kontsentrlangan sulfat kislota bilan o`zaro ta`siri. (Tajriba mo`rili shkafda bajariladi.)
Probirkaga 1-2 ml kontsentrlangan sulfat kislota H2SO4 quying. Unga bir bo`lak mis Cu simidan tushiring. Qo`ngir tusli gaz ajralishiga e`tibor bering. Reaksiyaning umumiy va elektron tenglamasini tuzing. Oksidlovchi va qaytaruvchini ko`rsating.
4-Tajriba Temir - (III) xloridning kaliy yodid bilan o`zaro ta`siri. Probirkaga 2-3 ml FeCl3 eritmasidan quyib unga bir necha tomchi kaliy yodid- KJ hamda kraxmal kleysteri eritmalaridan qo`shing. Ko`k rang hosil bo`lishiga etibor bering. Ko`k rangni hosil bo`lishi eritmada KJ molekulalari vijudga kelganligidan dalolat beradi.
2FeCl3+2KJ Þ 2FeCl2+J2+2KCl
Reaksiyaning elektron tenglamasini tuzing. Koeffitsiyentlarini qo`ying. Oksidlovchi va qaytaruvchini ko`rsating.
5.Tajriba. Vodorod peroksidning kaliy yodid bilan o`zaro ta`siri. Probirkaga 2-3 ml vodorod peroksid H2O2 eritmasidan quying. Unga bir necha tomchi kaliy yodid KJ eritmasidan qo`shing. Erkin holdagi yod uchun xarakterli bo`lgan qo`ng`ir rangi paydo bo`lishini kuzating. Reaksiya ushbu sxema bo`yicha boradi.
H2O2+KJ ÞJ2+KOH
Elektron tenglamasini yozing. Oksidlovchi va qaytaruvchini ko`rsating.
6-Tajriba. O`z-o`zidan oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi. 3-4 bo`lak yod J2 kristalidan oling va unga natriy ishqori – NaOH eritmasidan tomizing va asta-sekin qizdiring. Yodning eritmaga o`tishi va yod rangini o`zgarishiga ahamiyat bering.
J2+NaOHÞNaJ+NaJO3+H2 Reaksiya tenglamasini yakunlang va elektron tenglamasi asosida koeffitsiyentlar qo`ying. Oksidlovchi va qaytaruvchini ko`rsating.
7- tajriba . Molekula ichidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi. Bir necha dona ammoniy bixromat - (NH4)2Cr2O7 kristalini asbestlangan to`rga qo`yib, parchalanish reaksiyasi sodir bo`lguncha qizdiring. Reaksiya natijasida qattiq modda - CrO3, gaz holatdagi azot - N2 va rangli modda hosil bo`lishiga e`tibor bering.
(NH4)2Cr2O7ÞCr2O3+N2+H2O
Reaksiyasi tenglamasini yakunlang va elektron tenglamasi asosida koeffitsiyentlar quying. Oksidlovchi va qaytaruvchini ko`rsating.