2-Tajriba. Dissotsialanish darajasining elektrolit tabiatiga bog’liqligi. Ikkita probirkaga 2-3ml dan 0,1n xlorid va sirka kislotasi eritmasidan quyib, ikkala probirkaga bir xil miqdorda rux bo’lakchalarini soling. Xar bir probirkadagi vodorod gazining ajralib chiqish tezligiga e`tibor bering. Reaksiyalar orasidagi farqni izoxlang. Reaksiya tenglamalarini tuzing.
3-Tajriba. Elektrolit eritmalarida kimyoviy muvozanatning siljishi. Ikkita probirkaga 2-3ml dan sirka kislotasining 0,1n eritmasidan quying va ularga indikator qog’ozi tashlang. Probirkalardan biriga natriy atsetat tuzi kristalidan tashlang va probirkalarni solishtiring. Eritma ranggi o’zgarishini tushuntiring.
4-tajriba. Tuzlar gidrolizlanishida eritma muhitining o`zgarishi. Oltita probirkaga olib, birinchisiga distillangan suv, ikkinchisiga osh tuzi NaCl, uchinchisiga rux xlorid ZnCl2, turtinchisiga- natriy korbonat -Na2CO3, beshinchisiga alyuminiy sulfat Al2(SO4)3 , oltinchisiga natriy sulfid – Na2S eritmalarini quying. Har bir probirkaga bir- ikki bo`lak unversal indikator qog`ozidan tashlang. Universal indikator qog`oz rangini o`zgarishini kuzating.
Universal indikator qog`ozi
Gidroliz tenglamasini tuzing va o`zgarishni jadvalga to`ldiring.