O`zbekiston respublikasi oliy va



Yüklə 318,51 Kb.
səhifə9/19
tarix07.01.2024
ölçüsü318,51 Kb.
#201368
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
kimyo222

2. Kerakli reaktivlar: H2SO4 ning suyultirilgan (1:200) eritmasi, Na2S2O3ning 0.1 n eritmasi, 10% li HCl eritmasi, vodorod peroksid eritmasi, marganes (IV) oksid, marmar CaCO3 kukuni va bo`lakchasi. Temir (III) - xlorid FeCl3ning 0,02N eritmasi, ammoniy rodanid NH4SCN ning 0,02 N eritmasi, FeCl3 ning to`yingan eritmasi,NH4SCN ning to`yingan eritmasi, kraxmal, yod, distillangan suv.


1-tajriba. Reaksiya tezligini reaksiyaga kirishuvchi moddalar
konsentratsiyasiga bog`liqligi.
Sulfat kislota N2SO4 bilan natriy tiosulfat Na2S2O3 o`zaro reaksiyaga kirishishi natijasida oltingugurt S ajralib chiqib, loyka hosil qiladi va eritmalarni sutsimon rangga kiritadi.
H2SO4+Na2S2O3=Na2SO4+SO2+H2O+S
Reaksiya boshlangandan loyka hosil bo`lguncha o`tgan vaqt shu reaksiyaning tezligi hisoblanadi.
Uchta probirka oling. Ularning birinchisiga 3 ml Na2S2O3ning 0.1 n eritmasidan, 6 ml distillangan suv quying. Ikkinchisiga esa 6 ml Na2S2O3 ning 0.1 n eritmasidan va 3 ml distillangan suv quying. Uchinchisiga esa 9 ml Na2S2O3 ning 0.1 eritmasidan quying.
Uchta boshqa probirka olib, sulfat kislota H2SO4 ning suyultirilgan (1:200) eritmasidan 3 ml dan quying. Na2S2O3 va H2SO4 eritmalari uchun aloxida-aloxida o`lchov silindridan foydalaning. Ularni almashtirib qo`yish mutlaqo mumkin emas.
Birinchi probirkaga H2SO4 eritmasini quying, chaykating va vaqtni belgilang.Eritmalar aralashtirilgandan to loyqa hosil bo`lguncha o`tgan vaqtni sekundomerdan aniqlang. Qolgan probirkalar bilan ham tajribani takrorlang.
Tajribani natijalarini quyidagi jadvalga yozing

Probirka-larning raqami



Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning hajmi (ml hisobida)

Na2S2O3 ning
shartli kon-sentratsiyasi

Vaqt
t-sekund

Reaksiyani nisbiy tezligi V=100/t

Na2S2O3 eritmasi

H2O

H2SO4 eritmasi

1

3

6

3










2

6

3

3










3

9

0

3










Na2S2O3 nisbiy konsentratsiyasini absissalar o`qiga nisbiy tezlikni esa ordinatalar o`qiga qo`yib grafik chizing. Reaksiyaning tezligi reaksiyaga kirishuvchi moddalarning konsentratsiyasiga qanday bog`liq ekanligi xaqida xulosa chiqaring.





Yüklə 318,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin