O`zbеkistоn rеspublikasi оliy vao`rta maхsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti “turizm” yo’nalishi



Yüklə 73,61 Kb.
səhifə3/7
tarix02.01.2023
ölçüsü73,61 Kb.
#78261
1   2   3   4   5   6   7
ziyoratturizm2

1.2. O’zbekistonning ziyorat turizmi.
Ma’lumki, turistik resurslarning turlari ko’p bo’lib, sayohatdan maqsad asosan tanishuv, dam olish va sog’lomlashtirish, sog’liqni tiklash va sport hamda diniy ziyorat va boshqa maqsadlarni ko’zda tutadi. Turizmning qadimiy va aktiv turlaridan biri bu diniy turizm hisoblanadi. Mazkur tarmoqning geografiyasi nazar tashlaydigan bo’lsak, jahonning turli mamlakat, mintaqalarida diniy turistik resurslar turlicha ta’minlangan. Ayni paytda esa hamma joyda ham diniy turistik obyektlar mavjud emas. Binobarin, jahon miqiyosidagi, ya’ni dunyo dinlari hisoblangan xristianlik, islom va buddizm hamda mahalliy dinlarga yer shari aholisi e’tiqod qiladi. Diniy ziyorat maqsadida sayohatlar qadimdan rivojlangan, xatto hozirgi kundagi eng aktiv “turmigrasiya” hisoblanadi. Hozirgi kunda dunyo bo’yicha har yili 200 mln.dan ortiq kishilar aynan ziyorat maqsadida jahondagi turli ziyoratgoh, o’zlari uchun muqaddas hisoblangan maskanlarga borib, diniy turistik sayohatlarga chiqmoqdalar. Statistik ma’lumotlarga nazar tashlaydigan bo’lsak, yiliga 150 mln. xristianlar, 45 mln.musulmonlar, 40 mln. buddistlar, sintoistlar, 30 mln. induistlar diniy ziyorat maqsadida sayohat uyushtirgan. Demak, dunyoda diniy turistik migrasiyasi aktiv hisoblanib, sayohlar asosan ruhan poklanish, buyurilgan amallarni bajarish, muqaddas maskanlarni ziyorat etishadi. Turistik oqimlarga diniy motivasiyalar sezilarli ta’sir o’tkazadi. Diniy turizm ildizlari uzoq asrlarga borib taqaladi. Ilk sayohatlar to’g’risida ma’lumotlar Antik davrga taluqlidir. Eng mashhur ilohiy markaz Ollada Delfada joylashgan. U o’z diniy peshvolari bilan umumiy Gresiya ahamiyatiga ega bo’lgan. Ko’p sonli zohidlar, sayyohlar bu yerga bashoratchi Pifiyaning karomatlarinikutish uchun kelishgan. Diniy motivlar bo’yicha migrasiya O’rta asrlar davriga to’g’ri keladi, u taraqqiy etish davom qildi, yangi qirralar paydo bo’ldi. Ziyorat Solb yurishi shaklida o’ziga xos ommaviy xarakater kasb etadi. U shakkoklarga (musulmonlar) qarshi kurash bayrog’i ostida, xristianlarning muqaddas joylarini ulardan ozod qilish shiori ostida o’tkazilgan. Ziyorat harakatlari XV va XVI asrlarda sezilarli kengaygan. Uning ko’lami kengayishi bilan oqimlari har xilligi ham kuchaydi. Muqaddas yerga borayotganlarning ko’pchiligi o’z maqsadlari va qiziqishlarini diniy ziyorat bilan niqoblashgan. Ular orasida quddusda Xudo qabriga o’zini bag’ishlagan aslzodalar ham, avliyolik bilimlarni egallashni orzu qilganlar ham, ijod ahlilari ham bo’lgan masalan, Yustus Tepellus va Velgelm Postel – Fransiya qiroli Fransiska II topshirishga ko’ra, Falastinda Parij kutubxonasi uchun qo’lyozmalar yig’ilgan savdo-sotiq maqsadidasayohatgachiqqan savdogarlar hambo’lgan. XIXasrda “Muqaddas sayohatlar” tashkiliy shaklkasb etdi. 1861 yildan boshlab har yili Fransiyada respublika hukumatining cherkovga qarshi jinoyatlari uchuntavba-tazarri qilish belgisi ostida ziyoratchilar karvoni tashkil qilingan. Uningishtirokchilari soni 300-400 kishiga yetgan. 1870 yillar oxiridan fransiskachilarVenadanva Myunxendan hamxuddi shunday karvonlar jo’nata boshladilar. Bugun ham ko’p asrlar avvalgidek diniy e’tiqod sayohat bosh motivlaridan birihisoblanadi. Har yili 200 mln. kishi dunyo bo’ylab ziyoratga boradi. Ulardan 150mln. xristianlar, 20-30 mln. hindlar, 40 mln. buddistlar, musulmonlar, sintoistlar vaboshqalardan, ziyoratchilar ruhiy xotirjamlik, og’ir iztiroblardan xolos bo’lish,ma’naviy yaqin kishilari bilan bir bo’lish umidida muqaddas joylarni tavob qiladilar. Ular yashash va hayot mazmunini ato etgan yaratganga shukrona aytish uchun yo’lgaotlanadilar. Bu bilan o’z imon– e’tiqodlariga sodiqekanliklarini izhor qiladilar. O’zbekiston turistik resurslarning boyligi bilan ajralib turadi. O’zbekistondadiniy turizm, ya’ni aziz qadamjolarni ziyorat qilish maskanlariga juda boy hisoblanadi. Jumladan, Markaziy Osiyoda, qolaversa jonajon O’zbekistonimizda ham aziz avliyolar yashab, dafn etilgan qadamjolar, ziyorat maskanlari beqiyosko’p. Ko’pgina avliyolarning dafn etilgan joylariva qabrlari qaytadan ta’mirlanib, asl holatiga keltirilmoqda. Ular qatoriga Bahoviddin Naqshbandiy, G’ijduvoniy, Imom al-Buxariy, Mahtumi A’zam, Shohizinda, Motrudiy, Hakim at-Termiziy, Zangiota kabi aziz avliyolar va imomlar maqbaralari musulmon ahlining beqiyos, go’zal ziyorat qiladigan va ma’naviy ruhlanadigan joylariga aylantirildi. Ayniqsa, Imom Al-Buxoriy majmuasini muhim ziyoratgohga aylantirish xalqaro ahamiyatga egadir. Chunki, bu ziyoratgoh musulmon olamida Makka va Madina shaharlaridan keyin eng muhim sajdagoh hisoblanadi. Shu sababli ziyorat qilish uchun qulay shart -sharoit yaratish, ya’ni infratuzilmani shakllantirish bugungi kunning muhim masalasi hisolanadi. Bu yerda asosiy vazifa xorij mamlakatlar fuqarolarining ortiqcha qiyinchiliklarsiz ziyorat qilib ketishlariga erishishimizdir. Buning uchun Samarqand shahri aeroportini jahon andozalariga yarasha bo’lishi, masalani asosiy yechimidir. Mustaqallik yillarida diniy qadamjolarga davlat tomonidan katta e’tibor berilmoqda. Buyuk ajdodlarimiz qo’nim topgan maskanlarni qayta tiklash, obodonlashtirish, ta’mirlashga jiddiy e’tibor berganligi tufayli ziyoratgoh maskanlar 1.5 mlrd. Musulmon dunyosini o’ziga tortmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda diniy turizmni hududiy tashkil etish va rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratish lozim. Xususan, Janubi – Sharqiy Osiyo va G’arbiy Osiyo mamlakatlari ziyoratchilarni jalb etish maqsadida tadbirlar ishlab chiqish kerak. Buning uchun har bir viloyat, tuman va qishloqlardagi kishilar tomonidan muqaddas hisoblanib kelinayotgan ziyoratgohlarni aniqlash, umumlashtirish, respublika va viloyat diniy turistik kartalarini yaratish hamda ziyoratchilarga zarur sharoitlar yaratish, yo’l qurish, transport imkoniyatlarni o’rganish maqsadidamuvofiqdebhisoblaymiz. Diniy ziyoratgohlar kam mablag’ hisobiga katta daromad manbaiga aylanishi shubhasiz. Mamlakatimizning barcha viloyatlaridan o’nlab, yuzlab diniy qadamjolar mavjud. Ammo ularni ziyorat etish marshrutlari aniq tuzilmagan. Achinarli holati shundaki, islom dunyosida katta xizmat qilagn, avliyo darajasiga ko’tarilgan siymolarimiz abadiy qo’nim topgan maskanlarini faqatgina mahalliy darajada, ya’ni tuman yoki viloyat miqiyosidagi bilamiz, xolos. Binobarin, bunday muqaddas ziyoratgohlarni respublika va xalqaro darajadagi diniy ziyoratgoh obyektlariga aylantirish mumkin. Xulosa o’rnida shuni aytish lozimki, diniy turizm hamma vaqt sayohatning eng aktiv turi bo’lib kelgan. Insoniyat borki, u e’tiqod qiladi, sig’inadi, ruhan va ma’naviy jihatdan poklanishga harakat qiladi. Shuning uchun u diniy ziyoratni hoxlaydi. Buning uchun muqaddas ziyoratgoh bo’lishi shart. Vaholanki, mamlakatimiz diniy ziyoratgohlarga boy mintaqa hisoblanib, kelajakda diniy turizmni rivojlantirishga yanada e’tiborni yanada kuchaytirish ham moddiy, ham ma’naviy yuksalishida muhimahamiyat kasbetadi. Hozirgi kunda xalqaro turizmning eng muhim tarmoqlaridan biri diniy ya’ni ziyoratchilik turizmi bo’lib hisoblanadi. Ziyoratchilik turizmning shakllanish tarixi uzoq o’tmishga borib taqaladi. Ya’ni uning ilk bor vujudga kelishi antik davriga to’g’ri keladi. Ziyoratchilik turizmning asosiy paydo bo’lgan maskanlari qadimgi greklar va rimliklar vatani bo’lib hisoblanadi. Qadimda greklar va rimliklar ibodatxonalar va cherkovlar qurib, ularda sig’inishganlar. Ziyoratchilarning sayyohat qilishidan asosiy maqsadi aziz avliyo joylarga qadam ranjida qilishi, sig’inish chog’ida ruhiy jihatdan yengillashishi, ko’ngillarning poklanishi, og’ir kasalliklardan xolos bo’lmoqligi, qilib qo’ygan gunoh ishlarini ollohdan so’rab kechirishlarini, safar chog’ida safdoshlari bilan ma’naviy yaqinlikda bo’lishni orzu-umid qilishadilar.Ziyoratchi sayyohlar safarga chiqishida o’z orzu umidlariga erishish, yaratganga shukronlar aytib uning izzat hurmatinibajo keltirishnio’z ko’ngillaridano’tkazadilar. Hozirgi kunga kelib dunyoda ziyoratchilik sayyohligining 10 dan ortiq yirik markazlari mavjud bo’lib, ular yer sharining deyarli hammaqit’alarida joylashgandir.
Musulmon olamida ziyorat qilish makonlari ham anchagina. Jumladan, Markaziy Osiyoda, qolaversa jonajon O’zbekistonimizda ham aziz avliyolar yashab, dafn etilgan qadamjolar, ziyorat maskanlari beqiyos ko’p. Ular qatoriga Janubiy Qozog’iston viloyati, Turkiston shahridagi Axmad Yassaviy maqbarasi; Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Zangiota majmuasi; Toshkent shahridagi Shayx Xivanda Taxur maqbarasi, Qaldirg’och-biya maqbarasi, Yunusxon maqbarasi; Hazrati Imom majmuasi; Abubakr Muhammad Kaffal Shashi maqbarasi; Shayx Zayniddin bobo maqbarasi; Samarqand viloyati Payariq tumani Xartang qishlog’idagi Imom Al-Buxoriy majmuasi; Oqdaryo tumani Dahbed qo’rg’onidagi Maxtumi A’zam maqbarasi; Samarqand shahridagi Shohi Zinda, Amir Temur, Ruhobod, Xo’ja Doniyor, Motrudiy, Murod avliyo, Xo’ja Axror Vali, Oq saroy, Cho’ponota maqbaralari; Buxoro shahridagi–Ismoil Samoniy, Chashmai Ayub, Sadriddin Buxarzi, Bohovuddin Naqshbandiy, Buyon Kulixon, Chor Bakr maqbaralari; Xorazm viloyatida Uch avliyo, Said Allovuddin maqbarasi; Qashqadaryo viloyatida–Jahongir, Dorus Saodat, Dorut Tilovat majmuasi, Ko’k gumbaz masjidi; Surxondaryo viloyatida - Hakim at-Termiziy majmuasi; Sulton Saodat ibodatxona yodgorligi, Fayoztepa ibodatxonasi; Jizzax viloyatida–Sadr Vaxs avliyo (Avliyoota) majmuasi; Farg’ona viloyatida Daxmon Shaxon go’rxonasi, Mozorixon maqbarasi kabilar ziyoratchi sayyohlarni o’ziga jalb qilib keladigan maskanlar bo’lib hisoblanadi.

Yüklə 73,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin