1.1. ZIYORAT TURIZMI HAQIDA MA’LUMOT. Turizmbugungikundajahondagiengko’pfoydakeltiruvchisohagaaylandi. So’nggi yillarda uning jahondagi tovarlar va xizmatlar savdosining 10 % to’g’ri kelmoqda. Shuning uchun ko’pgina mamlakatlarda bu sohaga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishida aholiga xizmat ko’rsatuvchi sohalarning o’rni va roli g’oyat sezilarli bo’lib, bunda turizmning ahamiyati boshqa xizmat ko’rsatish sohalariga qaraganda yuqori sur’atlar bilan rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham keyingi yillarda O’zbekistonda turizmni rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan masalalarga juda ham katta e’tibor berilib, uning turistik salohiyatidan samarali foydalanish yo’llari shakllanmoqda va qaror topmoqda. Mamlakatimiz turizmni rivojlantirishning barcha imkoniyatlariga ega. Birinchi navbatda, boy tarixiy merosi, an’analari, o’ziga xos tabiati, ya’ni turistikresurslargaboyligi buning tasdig’idir.
Turizm kabi tushunchaga nimalar kiradi degan savolga aniq javob berish mumkinmi? Ba’zilar uchun sayyohlik yo’llari bosib o’tilmagan kilometrlar bilan, chodir bilan, olov yonidagi qo’shiqlar bilan bog’liq, boshqalar uchun bu sayohat, tarixiy joylar, uchunchisi – chet davlatga sayohat. Hammasi yaxshi, chunki turizm juda xilma – xil.
Turizm – bu sayohat turi bo’lib, u odatiy muhitdan tashqarida, hordiq chiqarish, ish yoki boshqa maqsadlarda sayohat qiladigan va qoladigan odamlar doirasini o’zichiga oladi. Bir qarashda, “turizm” tushunchasi har birimizga tushunarli, chunki biz hammamiz bir joyga sayohat qilganmiz, gazetalarda turizm haqida maqolalar o’qiganmiz, sayohat haqidagi teleko’rsatuvlarni tomosha qilganmiz va ta’tilni rejalashtirayotganda biz uning maslahatlari va xizmatlaridan foydalanganmiz. Biroq, ilmiy va ta’lim maqsadlarida milliy iqtisodiyotning bir tarmog’i sifatida turizmning tarkibiy elementlari o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlash juda muhim.
Ziyorat turizmi – bu diniy turizmning bir turi. Ziyorat safarlari turli e’tiroflarga ishonganlar tomonidan amalga oshiriladi. Bu muqaddas joylarga sayohatlar, cherkovlarni, monastirlarni, muqaddas joylarni ziyorat qilish. Moskva shahri va Moskva viloyatining ajoyib tarixiy monastirlariga tashrif yaxshi misol bo’la oladi.2 Ziyorat turizm yangi yо‘nalish bо‘lsada, uning tarixiy shakllangan ilmiy asoslari mavjud bо‘lib, uni yanada rivojlantirish talab etiladi. Mamlakatimizda kо‘p asrlik boy merosga ega bо‘lgan tarixiy-madaniy yodgorliklar, memorial ziyoratgohlar va boshqa ma’naviy-madaniy yodgorliklar, xalq hunarmandchiligi, muzeylar sayyohlarni о‘ziga jalb etadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar nafaqat, iqtisodiyotning turli jabhalarida – sanoat, qishloq xо‘jaligi, transport, turizm, ijtimoiy sohalar – sog‘liqni saqlash, sport, ta’lim tizimi kabi sohalarda ham katta amaliy ishlar о‘z ifodasini topmoqda. Shu bilan birgalikda yurtimizda ma’naviy muhit va madaniy hayotni yaxshilashga qaratilayotgan qator yaxshi amallar tarixiy qadriyatlarimizga, ajdodlarimizga bо‘lgan yuksak e’tibor namunasidir. Ajdodlarimiz qoldirgan merosni asrab-avaylash, ularning amalga oshirgan ishlarini dunyo ahliga yetkazish, yashagan joylari va qabrlarini obodonlashtirishga qaratilgan ishlar bugun bardavom bо‘lmoqda. Islom dini olamida mashhur bо‘lgan avliyolar, ulamolarning qabrlarini ziyoratgohga aylantirish va shu orqali ushbu hududlarga sayyohlarni keng jalb etgan holda turizmni rivojlantirish jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.
Turizmni rivojlantirish uchun hududning jozibadorligini oshirish, eng avvalo, uning tarixiy-madaniy potensialini bilishga qiziqishni kuchaytirishga bog‘liq. U tarixiy obyektlar, ziyoratgohlar va boshqa ma’naviy-madaniy yodgorliklar, xalq hunarmandchiligi, muzeylarni о‘z ichiga oladi. Tarixiy-madaniy meros barcha ijtimoiy-madaniy muhitni bor an’analari va urf-odatlari, maishiy turmush xususiyatlari bilan birga qamrab oladi. Deyarli barcha ziyoratgohlar turistlar uchun bilimga qiziqish uyg‘otadi. Hozirgi kunda dunyoda 10 dan ortiq ziyorat turizmining yirik markazlari mavjud bо‘lib, ular orasida islom qadriyatlari hukmron bо‘lgan О‘rta Osiyo davlatlarining borligi mamlakatimizda ushbu tarmoqni rivojlantirish imkoniyatlari kattaligidan dalolat beradi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatida mamlakatimizning turistik imkoniyatlariga alohida tо‘xtalib о‘tib, “…biz ziyorat turizmi, ekologik, ma’rifiy, etnografik, gastronomik turizm va bu sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishimiz zarur”, ekanligini ta’kidlab о‘tgan edilar. Butunjahon turistik tashkilotining xulosasiga kо‘raXXI asrning birinchi yarmi – turizm davri, deb bejiz atalmagan. Keyingi yillarda xizmat kо‘rsatish sohasiga davlatlarning kо‘proq e’tibor qaratishi sayyohlar sonini oxirgi 30 – 40 yil ichida 70 mln dan 1,235 mlrd kishiga kо‘payishiga olib keldi. Mavjud ma’lumotlariga kо‘ra, har yil 200 mln dan ziyod kishi ziyorat turizmida ishtirok etadi. Hozirgi paytda mamlakatimizda regional turizmni rivojlantirishga e’tibor kuchaytirildi. Jumladan, О‘zbekiston Respublikasi 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari tо‘g‘risida” gi PQ-3514-sonli qarorining qabul qilinishi hamda Viza tizimining isloh etilishi, jumladan, 2019 yildan boshlab 45 davlatga vizasiz tizimning joriy etilishi (elektron viza tizimi hamda ta’lim turizmiga oid “Studentviza”, “Academicviza” viza turlari) О‘zbekistonda turizm industriyasini yanada rivojlanishiga yо‘l ochib berdi. Statistik ma’lumotlarga kо‘ra, 2017 yilga kelib О‘zbekistonga 2 million 700 ming, 2018 yilda 5 million 300 mingdan ortiq turistlar tashrif buyurgan. Mazkur sohani yanada rivojlantirish maqsadida 2019-2025 yillarda О‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi ishlabchiqildi. Mazkurkonsepsiyagakо‘ra 2025-yilga kelib xorijlik sayyohlar sonini 9-10 million nafarga oshirish, turlikо‘rgazmalar, tanlovlar о‘tkazish, О‘zbekistonni festivallar mamlakatiga aylantirish, shu tariqa ivent-turizmni rivojlantirish rejalashtirilgan. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 16-avgustdagi “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bо‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar tо‘g‘risida ”gi qarori qabul qilinishi sohani jadal rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy, ma’muriy va huquqiy muhitni yaratib, hududlarning iqtisodiy salohiyati va daromadlari bazasini kengaytirish, yurtimizga keladigan turistlar oqimini kо‘paytirish, shuningdek, milliy turizm mahsulotlarini jahon bozorida faol va kompleks ilgari surishga qaratilgan.
Ziyorat – sharqda “ziyorat”, “muqaddas joylarga tashrif buyurish” degan ma’noni anglatadi va ziyorat turizm va ma’rifiy yо‘nalishda diniy turizmni о‘z ichiga oladi. Ziyorat turizm atamasi “ziyorat” va ”turizm” kabi ikki sо‘z birikmasidir. Bunda turizm sо‘zi fransuz tilida tourisme – sayohat qilish, dam olish bilan bir qatorda sport va umumtarbiyaviy yoki siyosiy-ma’rifiy vazifalarni bajarish degan keng ma’noli tushuncha. Ziyorat tushunchasi diniy markazlarga, sayyohlar uchun odatiy muhitdan tashqarida bо‘lgan muqaddas joylarga sayohat qilish vaqt oralig‘i 6 oygacha bо‘ladi.
Ziyorat – muqaddas joylarga, mozor va qabristonlarga borib muayyan diniy-ma’rifiy ibodatlarni bajarib kelish. Muqaddas joylar maqomiga ega bо‘lgan obyektlar diniy nuqtai nazardan biror - bir hodisa sodir bо‘lgan joylar, barcha davrdagi buyuk avliyolari va ularning safdoshlari dafn qilingan joylar, yо‘qolgan dinlarning muqaddas joylari, kо‘p yillik ziyoratgohlar obyektlari joylarda tabiatning kо‘rinmas kuchlari yaratgan yagona landshaftlardir. Ziyorat an’analarining rivojlanishi barcha asosiy dinlar uchun xos. Islomda Makka va Madina shaharlari ziyorat turizmining bosh shaharlaridir. Bundan tashqari Quddus (Moria tog‘idagi Xalifa Umar masjidi), Istambul (Moviy masjid), Damashq (Ummaviylar masjidi), Bag‘dod (Oltin masjidi), Qohira (Ibn Tulun va Sulton Hasan masjidi) va Dehli (Qutb Minor minorasi va Quvvat ul Islom masjidi) ham musulmonlarning muhim muqaddas ziyoratgohlaridir. Amalda ziyorat turizmiga dinga, turli xildagi mistikaga va tushuntirib berishni imkoni yо‘q hodisalar va an’analarga bog‘liq bо‘lgan turistik xizmatlarning barcha turlari kiritiladi. Bugungi kunda turizm industriyasi juda ham tez sur’atlarda rivojlanib, sayohat va tarixiy turizm, ziyorat, ekoturizm, ta’lim turizmi, sport, tibbiyot turizmi kabi О‘zbekistonda turizm va rekreatsiyani rivojlantirishning geografik muammolari va imkoniyatlari, yо‘nalishlarda xalqaro turizm bozorida raqobat kundan kunga oshib bormoqda. Toshkent viloyatining tog‘li va tog‘oldi hududlarini о‘z ichiga olgan viloyat о‘zining tabiiy, tarixiy rekreatsion obyektlarga boyligi, tabiatining takrorlanmasligi va respublika ahamiyatiga ega bо‘lgan infratuzilmalarning shakllantirilganligi bilan ajralib turadi. Bu esa tumanda ziyorat turizmni tashkil qilish va amaliyot bilan bog‘lash imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Hozirgi kunda viloyatda 73 tadan ortiq ziyoratgohlar mavjud bо‘lib, ular orasida Islom qadriyatlari hukmron bо‘lgan О‘rta Osiyo davlatlarining borligi mamlakatimizda ushbu tarmoqni rivojlantirish imkoniyatlari kattaligidan dalolat beradi. О‘zbekistonning turli mintaqalarida, jumladan, Toshkent viloyatida turizmning qator turlari, ayniqsa, ziyorat turizmini rivojlantirish imkoniyatlari katta. Toshkent viloyati turizmni rivojlantirish uchun hududning jozibadorligini oshirish eng avvalo, uning tarixiy-madaniy salohiyatini bilishga qiziqishni kuchaytirish. Ya’ni viloyatdagi tarixiy yodgorliklar, memorial ziyoratgohlar va boshqa ma’naviy-madaniy yodgorliklar, xalq hunarmandchiligi, muzeylar haqida aniq ma’luotlar berish orqali turistlarda yanada kо‘proq qiziqish uyg‘otish. Buning uchun Toshkent viloyatida mavjud turistik obyektlarga, ziyoratgohlarga jalb qilish uchun reklamalar beriladi, infratuzilmalar yaratilishi lozim. Muhimi, muqaddas ziyoratgohlar vohaning daryo, ariq, buloq, kon, hunarmandchilik, dehqonchilik, chorvachilik, daraxt, turli dorivor о‘simliklar о‘sadigan hududlarda shakllanishi turli tarixiy, geografik omillar bilan bog'liq ekaniga guvoh bо‘lishimiz mumkin. Toshkentdagi eng yirik ziyoratgohlar Zangiota tumani va Toshkent shahri markazida joylashgan obida bо‘lib, ular – Zangiota, Qaffol Shoshiy (Hazrati imom), Shayx Zayniddin bobo, Shayx Xovand Tohur maqbaralar majmui kabi yodgorliklar turli davr voqea-hodisalar ta'sirida shakllangan bо‘lib, о‘zining geografik va tarixiy joylashuvi bilan boshqalardan ajralib turadi. Toshkent viloyatidagi ziyoratgohlarning aksariyati Ohangaron, Piskent, О‘rtachirchiq, Bekobod tumanlari hududlarida joylashgan bо‘lib, ushbu hududlarda istiqomat qilgan allomalar о‘z davrida ilm-fan va madaniyatning rivojlanishiga munosib hissa qо‘shishgan. Ajdodlarimiz nomlari bilan ataluvchi muqaddas ziyoratgohlar xalqimizning turmush tarzi, madaniyati, milliy va diniy qadriyatlari hamda arxitektura va me'morchilikdagi betakrorligi bilan kelgusi avlodlarga ulkan meros sifatida xizmat qiladi. Xalqimizning boy ma’naviy-madaniy merosini asrab-avaylash, har bir qadamjo, obida va ziyoratgohlarni talab darajasida saqlash, ta’mirlash, obodonlashtirish, ularning infratuzilmasini yanada rivojlantirish hamda ziyoratga tashrif buyuruvchilar, sayohatchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Toshkent viloyatida joylashgan yodgorlik, qadamjo va ziyoratgohlarda 20 tasi “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg‘armasining viloyat bо‘limi va 6 tasi “Vaqf” fondi tasarrufiga berilgan. Jumladan, Oltin meros” xalqaro xayriya jamg‘armasining viloyat bо‘limi tomonidan Ohangaron tumanidagi “Payg‘ambar ota” (2001 yilda), “Shoabdumalik bobo” (2009-2018 yillar), Parkent tumanidagi “Zarkent ota” (2002 yilda), “Buxangar buva”, Bugungi kunda Bо‘stonliq tumanidagi “Ansoriy bobo”, “Xazrati Mullo” ziyoratgohlarida loyihalash ishlari olib borilmoqda. Viloyatda joylashgan Zangiota, Hazrati Ali, Shodimalik ota, Buzruk ota, Zarkent ota, Payg‘ambar ota, Shomirqori avliyo, Parpi ota, Shayx Umar Vali Buzruk ota, Qirq qiz kabi ziyoratgohlari mashhur bо‘lib, bu yerga nafaqat respublikamizdan, balki qо‘shni respublikalar hamda Markaziy Osiyo Rossiya, Qozog’iston, Turkiya, Indoneyziya, Malayziya, Eron, Pokiston kabi davlatlardan ziyoratchilar tashrif buyurishmoqda.3