Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
olgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirishda foydadan holi bo‘lmaydi, deb
o‘ylaymiz.
MUhAMMAD IBN MUSO AL-XORAZMIY. (783—850). Xorazmlik buyuk
olim boshlang‘ich ta’limni o‘z yurtida xususiy muallimlardan oladi, so‘ngra
Marvdagi madrasada tahsil ko‘radi, keyinchalik Bag‘doddagi «Bayt-ul hikma»
(«Donishmandlar uyi») da ilmiy faoliyatini davom ettiradi. Bu yerda o‘rta osiyolik
Ahmad al-Farg‘oniy, hamid ibn Abdumalik Marvarrudiy, Abbos Javhariy kabi
olimlar bilan hamkorlikda ishlaydi.
Asarlari: «Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob». «Al-
jabr»dan bizga ma’lum bo‘lgan «algebra», «algoritm» kabi atamalar kelib
chiqqan. Uning «hind hisobi bo‘yicha kitob», «Astronomik zij» nomli asarlarida
astronomiyaga oid muammolar haqida so‘z yuritiladi. «Yer surati haqida
kitob»ida 2400 ta shahar, dengiz, orol va boshqa obyektlarning joylashishi,
koordinatlari va holatlari haqida ma’lumot beriladi. Nil daryosi, Azov, Kaspiy va
Orol dengizlarining ju‘g‘rofiy xaritalari, manzaralari chizib berilgan. «Asturlob
bilan ishlash haqida kitob»; «Quyosh soatlari haqida kitob», «Yahudiylar eralari
va bayramlarini aniqlash haqida risola»; «Kitob at-tarix»; «Kitob ar-ruhnoma»
nomli asarlari shuhrat topgan.
ABUL ABBOS AhMAD IBN MUhAMMAD IBN KASIR AL-FARG‘ONIY
(taxminan 797-865 yillarda yashagan). Manbalarda aytilishicha, u boshlang‘ich
bilimini olgach, o‘sha davrning ma’muriy markazi va yirik ilm dargohi Marv
shahriga yo‘l oladi. Xalifa al-Ma’mun Bag‘dodda taxtga o‘tirganda, Marvda
tashkil etilgan ilmiy jamoani ham o‘zi bilan birga o‘sha yerga olib ketgan.
Ahmad al-Farg‘oniy Bag‘dodda tashkil etilgan «Bayt ul-hikma»da faoliyat
ko‘rsatgan. Tadqiqotchilar uning sakkizta asari mavjudligini qayd etadilar.
Asarlari: «Kitob fiy harakat as-samoviya va javomi’ ilm an-nujum» («Samoviy
harakatlar va umumiy astronomiya kitobi»); «Kitob al-komil fiy san’a al-asturlob»
(«Asturlob yasash haqida kitob»); «Kitob amal bil asturlob» («Astrolobiya bilan
ishlash kitobi»); «Jadval al-Farg‘oniy» («Al-Farg‘oniy jadvallari»); «Risola fiy
ma’rifa al-avqot allatiy yakun al-qamar fiyho favq al-arz av tahtho» («Oyning
Yer ostida va ustida bo‘lish vaqtlarini aniqlash haqida risola»); «hisob al-
aqolim as-sab’a» («etti iqlimni hisoblash»); «Kitob amal ar-ruhomat» («Quyosh
soatini yasash kitobi»); «Ta’lil li zij al-Xorazmiy» (Al-Xorazmiy «Zij»ining nazariy
qarashlarini asoslash»).
Al-Farg‘oniy o‘z kashfiyotlarida geliotsentrizmga o‘tish uchun ilmiy zamin
yaratdi; ekvator va ekliptika tekisliklaridagi doimiy burchakni 23 daraja-yu 35
minut deb aniq o‘lchadi; sferalar radiusini birinchi marta belgilab berdi; Oy
va Quyosh tutilishlarini tadqiq etdi; Yer yoyining qaysi uzunligi 1
o
ga to‘g‘ri
104
madaniyatshunOslik asOslaRi
kelishini o‘lchab, bu miqdorni aniqladi, uni 360 ga ko‘paytirib, 40. 800 km.
hosil qilishini qayd etgan. Yer shari meridianining uzunligini aytib berdi; Nil
daryosi gidrometeorologik tabiatini aniqlaydigan asbob — «Miqyosi Nil» ni
yasadi. Suv uchun to‘lanadigan soliq shunga asoslanganligi boisidan xalq
uni «adolat tarozisi» deb atadi; inson yashaydigan maydonni yetti iqlimga
bo‘ldi; vaqt o‘lchamini; osmonning kelajak manzarasini ifodalaydigan usturlob
nazariyasini yaratdi; va h. k.
ABU ABDULLOh MUhAMMAD IBN ISMOIL AL-BUXORIY (810—870)
yoshligidanoq arab tili va hadis kitoblarini sevib o‘rgangan, ularni yod olgan,
16 yoshida onasi va akasi Ahmad bilan haj safariga otlanadi. Uning xotirasi har
qanday kitobni bir marta mutolaa qilishda yod olish qobiliyatiga ega bo‘lgan.
U yuz ming sahih va ikki yuz ming g‘ayri sahih hadisni yoddan bilgan.
Asarlari: «Al-Jome’ as-sahih» («Ishonchli to‘plam»); «At-Tarix al-kabir»
(«Katta tarix»); «Al-Adab al-mufrad» («Adab durdona-la-ri»); «At-tarixal-avsot»
(«O‘rtacha tarix»); «Al-Jome’ al-kabir» («Katta hadislar to‘plami»); «Kitob al-ilal»
(«Nuqsonli hadislar kitobi»); «Barr-al-volidayn» («Ota-onani hurmat qilish»);
«Kitob al-ashriba» («Ichimliklar kitobi»); «Kitob az-zuhfo» («Zaiflar kitobi»);
«Asomi us-sahoba» («Sahobalarning ismlari»); «Kitob al-Kuna» («hadis
roviylarining taxalluslari haqida»).
Imom Buxoriy Xartang qishlog‘i (hozirgi Chelak tumani) da 870 yili vafot
etgan. Bu yerda unga bag‘ishlab me’moriy majmua qurilgan (1998).
ABU ISO MUhAMMAD AT-TeRMIZIY (824—892)Termiz shahrida tavallud
topgan. Ko‘p yillar dunyoning turli shaharlarida bo‘lib, o‘z bilimini oshirgan. U
hadis ilmini chuqur o‘rgangan, ko‘plab shogirdlar yetishtirgan. 892 yili Termiz
yaqinidagi Bug‘ qishlog‘ida vafot etgan.
Asarlari:«Al-jomi’» («Jamlovchi»); «Ash-shamoil an-nasavia» («Payg‘ambarning
alohida fazilatlari»); «Al-ilal fi-l-hadiy-s» («ha-dislardagi og‘ishishlar»); «Risola
fi-l-xilof va-l-jadal» («hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola»); «At-Tarix»
(«Tarix»); «Kitob ul-asmo va-l-kuna» («Ismlar va laqablar haqida kitob»).
At-Termiziy asarlari ichida eng mashhuri «Al-jomi’» bo‘lib, u payg‘ambar
alayhissalom hayoti va faoliyatiga doir muhim va ishonarli manbalardan biri
hisoblanadi.
ABU NASR MUhAMMAD IBN MUhAMMAD IBN UZLUG‘ FOROBIY (873 —
950) Sirdaryo bo‘yidagi Forob-O‘tror degan joyda dunyoga kelgan. U Toshkent,
Samarqand va Buxoro, shuningdek, Bag‘dod shaharlarida o‘z bilimini oshirgan.
Forobiy umrining so‘nggi yillarini halab, Damashq shaharlarida o‘tkazgan. U
160 ga yaqin asar yozgan.
|