O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/65
tarix15.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#58032
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
Asarlari: «Ixso al-ulum»; «hikmat asoslari»; «Arastu logikasiga talqinlar»; 
«Katta muzika kitobi»; «Grajdanlik siyosati»; «Fozil shahar aholilarining raylari»; 
«Mantiqqa kirish»; «Vakuum haqida»; «Metafizika tezislari» va boshqalar.
Forobiy  dunyoqarashini  panteistik  g‘oya  tashkil  etadi.  Uning  fikricha, 
mavjudot emanatsiya yordamida ibtidodan bosqichma-bosqich paydo bo‘lgan. 
Forobiy ijtimoiy qarashlarida ma’naviy hayotga oid ko‘pgina qimmatli fikrlarni 
olg‘a surgan. U insoniyat jamiyati vujudga kelishi va rivojlanishining muayyan 
tabiiy sabablarini ko‘rsatib bergan. Jamiyat axloqining vujudga kelishi, inson 
va jamiyatning o‘zaro munosabatini tekshirgan. Shuningdek, u insoniylik, 
adolat, yetuk jamoa, komil inson muammosini o‘rtaga qo‘yadi va ularni nazariy 
jihatdan asoslab bergan.
ABUBAKR MUhAMMAD IBN JA’FAR NARShAXIY (943) Buxoro viloyatiga 
qarashli Narshax mavzesida tug‘ilgan. Yoshligidan qadimgi tarix, geografiya, 
arab tilini puxta o‘rgangan.
Asari: «Buxoro tarixi». Bu asar turli tarixiy manbalarda «Tarixi Narshaxiy», 
«Axbori Buxoro», «Tarixi Buxoro», «Buxoro viloyatining tadqiqi» kabi nomlar 
bilan atalib kelingan. Asarda qadimgi Buxoro aholisining tarixiy kasb-korlari 
(ovchilik, baliqchilik, dehqonchilik kabi), Afshona, Romiton, Varaxsha kabi 
qadimiy  maskanlarning  barpo  etilishi,  Markaziy  Osiyo  hududlarida  arab 
hukmronligining  o‘rnatilishi,  Islomning  tarqalishi,  Muqanna  qo‘zg‘oloni, 
sosoniylar davlati, Buxorodagi iqtisodiy- ijtimoiy va madaniy hayot, er-suv 
munosabatlari haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Asar nafaqat Buxoro, 
balki butun Markaziy Osiyo tarixini o‘rganishda noyob manba hisoblanadi. 
Kitob 1966, 1991 yillarda o‘zbekcha chop etilgan.
ABU  MANSUR  IBN  MUhAMMAD  IBN  MAhMUD  AL-hANAFIY  AL-
MOTURIDIY  AS-SAMARQANDIY (vafoti — 945) sunniy mazhabiga tegishli 
Moturidiya  oqimining  asoschisi  Moturid  (Jomboy)  qishlog‘ida  tug‘ilgan. 
Boshlang‘ich  ma’lumotni  o‘z  qishlog‘ida  olgach,  o‘qishni  Samarqandda 
davom  ettirgan.  Manbalarda  qayd  etilishicha,  Moturidiy  fiqh  va  kalom 
bilimlarini chuqur egallagan, hanafiya mazhabi mudarrislaridan saboq olib 
o‘z tasavvurlarini chuqur-lashtirgan, keyinchalik shu e’tiqodni ilmiy asoslab 
bergan.
Asarlari: «Kitob at- tavhid», «Kitob al-maqomat», «Kitob ta’vilot al-Qur’on», 
«Kitob bayon va umm al-mu’tazila», «Kitob al-jadal», «Kitob al-usul» («Diniy 
ta’lim usuli kitobi»). Uning eng nodir hisoblangan «Kitob at-tavhid» asari 
hozirgacha saqlanib qolgan. Al-Moturidiy islom olamida «Imom al-Xuda» 
va «Imom al-mutakallimun» («hidoyat yo‘li imomi va mutakallimlar imomi») 
nomi bilan mashhur bo‘lgan. Uning asarlarida Alloh, inson va ilm masalalari 
markaziy o‘rinda turadi. Uning fikricha, bilim ikki xil ko‘rinishga ega bo‘ladi, 


106
madaniyatshunOslik asOslaRi
birinchisi — Alloh bilimi («al-ilm billoh») bo‘lib, mutlaq haqiqatdir. Ikkinchisi 
— Alloh to‘g‘risidagi bilim bo‘lib «ilm-olloh» deb ataladi. Alloh, olam va insonni 
bilish bir-biri bilan bog‘lanib, ularga aql, hissiy mushohada va xabarlar orqali 
erishiladi.
ABU ABDULLOh MUhAMMAD IBN AhMAD IBN YUSUF AL-XORAZMIY 
(vafoti — 997)ning yoshligi Xorazmning Xiva, Zamaxshar va Qiyot shaharlarida 
o‘tgan, hayotining muayyan davri Xurosonda kechgan.
Asari: «Mafotih al-ulum» («Ilmlar kalitlari»). Bu qomusiy asar falsafa, mantiq, 
tibb, ilmi nujum, musiqa va boshqa sohalarga bag‘ishlangan. Unda ilmlar 
quyidagicha tasnif qilinadi:
Shariat ilmlari: fiqh, ya’ni islom huquqshunosligi; Kalom, ya’ni islom asoslari; 
Grammatika (Sarf va nahv); Ish yuritish; She’riyat va aruz; Tarix.
Nazariy  falsafa:  tabiiyot  ilmlari  va  fizika  (tibb,  ob-havoni  aniqlash, 
mineralogiya, kimyo, mexanika kabilar); Ilohiyot, ya’ni metafizika — oliy ilm; 
Mantiq.
Amaliy falsafa: etika (insonning o‘zini boshqarish ilmi); Uyni boshqarish; 
Siyosat-shahar — davlatni boshqarish.
ABU  ALI  IBN  SINO  (980—1037)ning  asl  ismi  husain,  otasining  ismi 
Abdulloh, mashhur qomusiy olim, tabiatshunos, faylasuf, astronom, matematik, 
musiqashunos, huquqshunos, tilshunos, yozuvchi va shoir Buxoro yaqinidagi 
Afshona  qishlog‘ida  dunyoga  kelgan.  Ibn  Sino  «Shayx-ur-rais»  («Olimlar 
boshlig‘i»)nomi bilan shuhrat qozongan. U 450 dan ortiq asar yozib qoldirgan. 
Shulardan 190 ga yaqini falsafa, mantiq, ruhshunoslik, axloqshunoslik va 
ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag‘ishlangan.
Asarlari: «Al-qonun fit tibb» («Tibb ilmlari qonuni»); «Kitob ash-shifo»asari 
mantiq, fizika, matematika, metafizikani o‘z ichiga oladi; «Kitob ul-insof» (20 
tomlik); «Kitob lison ul-arab» («Arab tili bo‘yicha 10 jilddan iborat kitob»); 
«Donishnoma» (4 qismdan iborat); «Risola at-Tayr» («Qush tili»); «Salamon va 
Ibsol»; «hay ibn Yakson»; «Kitob al-ishorat»; «Yusuf qissasi»; «Urjuzalar»-tibbiy 
dostonlar va h. k.
Ibn Sino o‘z asarlarida ijtimoiy-falsafiy, ma’rifiy, ma’naviy, ta’lim-tarbiya, 
inson salomatligi masalalariga katta e’tibor bergan. Tarbiyani aqliy tarbiya, 
jismoniy tarbiya, axloqiy tarbiya, nafosat tarbiyasi, yoshlarga hunar o‘rgatish 
bilan bog‘liq bo‘lgan tarbiyadan iborat, deb hisoblagan.
ABU RAYhON BeRUNIY (973 — 1048) Xorazmning qadimiy poytaxti Kat 
shahrida dunyoga kelgan, G‘aznada vafot etgan.
Asarlari: «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Mas’ud qonuni», 


107

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin