O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 017 yil fevraldagi 4947-sonli


 Inventarizatsiya o‘tkazish va natijasini rasmiylashtirish tartibi



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/102
tarix07.07.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#136078
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   102
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

 
6.6. Inventarizatsiya o‘tkazish va natijasini rasmiylashtirish tartibi 
Inventarlashni boshlashga qadar quyidagilarni tekshirish zarur: 
- inventar varaqchalari, inventar daftarlari yoki ro‘yxatlarining mavjudligi va 
qanday holatdaligi; 
- texnik pasportlar yoki boshqa texnik hujjatlarning mavjudligi va qanday 
holatdaligi; 
- xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan ijaraga, saqlashga va vaqtincha 
foydalanishga topshirilgan yoki qabul qilingan asosiy vositalarga doir hujjatlarning 
mavjudligi. Hujjatlar yo‘q bo‘lsa, ularning olinishi yoki rasmiylashtirilishini 
ta’minlash zarur. 
Buxgalteriya hisobi registrlari yoki texnik hujjatlarda tafovutlar, yoxud 
noaniqliklar topilgan taqdirda ularga tegishli tuzatishlar va aniqlashtirishlar 
kiritilishi kerak. 
Asosiy vositalarni inventarlashdan o‘tkazayotganda komissiya majburiy 
tartibda obyektlarni naturada ko‘zdan kechiradi va inventarlash ro‘yxatlariga 
ularning to‘liq nomi, vazifasi, inventar raqamlari va asosiy texnik yoki foydalanish 
ko‘rsatkichlarini qayd etadi. 
Hisobga qabul qilinmagan obyektlar, shuningdek, hisob registrlarida ularni 
tavsiflaydigan ma’lumotlar bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilgan 
obyektlar aniqlangan taqdirda komissiya inventarlash ro‘yxatiga ana shu obyektlar 
bo‘yicha yetishmaydigan yoki to‘g‘ri ma’lumotlarni va texnik ko‘rsatkichlarni 
kiritishi kerak, masalan: binolar bo‘yicha - ularning vazifasi, ular qurilgan asosiy 
materiallar, hajmi (tashqi yoki ichki tomondan o‘lchab), maydoni (umumiy foydali 
maydoni), qavatlar soni (yyerto‘la, yarim yerto‘la va hokazolarsiz), qurilgan yili va 
hokazolar; kanallar bo‘yicha - uzunligi, chuqurligi va eni (tubi va yuzasi bo‘yicha), 
sun’iy inshootlar, tubi va yonlarini mahkamlash materiallari, ko‘priklar bo‘yicha - 
joylashgan yeri, materiallar turi va asosiy o‘lchamlari; yo‘llar bo‘yicha - yo‘l turi 
(tosh yo‘l, profilli yo‘l), uzunligi, qoplash materiallari vamashina qatnaydigan eni 
va hokazolar ko‘rsatilishi kerak. 
Inventarlashda aniqlangan hisobga olinmagan obyektlarni baholash joriy 
qiymat bo‘yicha o‘tkazilishi, eskirish esa obyektlarning haqiqiy texnik holati 
bo‘yicha belgilanishi, bunda baholash va eskirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli 
dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi kerak. 


122 
Inventarlash komissiyasi inventarlash vaqtida aniqlangan hisobga olinmagan 
obyektlar qachon va kimning farmoyishi bilan barpo etilganini, ularni barpo etish 
xarajatlari qaerga hisobdan chiqarilganini aniqlashi va buni bayonnomada aks 
ettirishi shart. 
Foydalanishga yaroqsiz va tiklab bo‘lmaydigan asosiy vositalar inventarlash 
ro‘yxatiga kiritilmaydi. Ana shu obyektlarga inventarlash komissiyasi alohida 
ro‘yxat tuzib, ularni foydalanishga topshirish vaqti va ushbu obyektlarni yaroqsiz 
holga keltirgan sabablar (shikastlanish, to‘liq eskirish va hokazolar) ko‘rsatiladi. 
Bunday obyektlarni hisobdan chiqarish umumiy belgilangan tartibda amalga 
oshiriladi. 
Nomoddiy aktivlarni inventarlaganda quyidagilar tekshirilishi zarur: 
tashkilotning ulardan foydalanishga doir huquqlarini tasdiqlaydigan hujjatlarning 
mavjudligi; nomoddiy aktivlar balansda to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirilganligi. 
Kassa inventarlanganda pul mablag‘lari va kassada bo‘lgan boshqa 
boyliklarning haqiqatda mavjudligi tekshiriladi. Qat’iy hisobdagi blanklar ham 
tekshiruvdan o‘tkaziladi. 
Kassada pul mablag‘larining haqiqatda mavjudligi hisob-kitob qilinganda 
pul belgilari, pochta markalari va davlat boji markalari hisobga qabul qilinadi. 
Hech qanday hujjatlar yoki tilxatlar kassadagi naqd pul qoldig‘iga 
kiritilmaydi. Kassirning kassada mazkur xo‘jalik yurituvchi subyektga tegishli 
bo‘lmagan pul mablag‘lari va boshqa boyliklar borligi to‘g‘risidagi bayonotlari 
e’tiborga olinmaydi. 
Naqd pul mablag‘larini inventarlash dalolatnomasida boyliklar qoldig‘i 
inventarlash kunida naturada va hisob ma’lumotlari bo‘yicha ko‘rsatiladi hamda 
inventarlash natijasi belgilanadi. 
Qat’iy hisobdagi blanklarning haqiqatda mavjudligini tekshirish blank turlari 
bo‘yicha u yoki bu blanklarning boshlang‘ich va oxirgi raqamlarini hisobga olgan 
holda amalga oshiriladi. Mazkur tekshirish natijalari maxsus ro‘yxat bilan 
rasmiylashtiriladi. 
Banklar bilan ssudalar bo‘yicha, byudjet, xaridorlar, mol yetkazib 
beruvchilar, hisobdor shaxslar, ishchi va xizmatchilar, deponentlar hamda boshqa 
debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni inventarlash tegishli hujjatlar bo‘yicha 
qoldiqlarni aniqlash va buxgalteriya hisobi chyotlarida qayd etilgan summalarning 
asosliligini sinchiklab tekshirishga asoslanadi. Komissiya debitor va kreditorlar 
chyotlari bo‘yicha qarzlarning paydo bo‘lishi, ularning realligi va shunday bo‘lgan 
taqdirda, da’vo etish muddatlarini o‘tkazib yuborishda aybdor shaxslarni aniqlaydi. 
Solishtirish qaydnomalari inventarlash paytida hisob ma’lumotlarida 
tafovutlar aniqlangan boyliklar bo‘yicha tuziladi. 


123 
Solishtirish qaydnomalarida inventarlash natijalari, ya’ni buxgalteriya hisobi 
ma’lumotlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar va inventarlash ro‘yxatlari (dalolatnomalari) 
ma’lumotlari o‘rtasidagi tafovutlar aks ettiriladi. 
Ortiqcha va kam chiqqan tovar-moddiy boyliklarning qiymati solishtirish 
qaydnomalarida ularning buxgalteriya hisobidagi bahosiga muvofiq keltiriladi. 
Inventarlash 
natijalarini 
rasmiylashtirish 
uchun 
yagona 
registrlar 
qo‘llanilishi mumkin, ularda inventarlash ro‘yxatlari (dalolatnomalari) va 
solishtirish qaydnomalarining ko‘rsatkichlari birlashtiriladi. 
Korxonaga tegishli bo‘lmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd etilgan 
(mas’uliyatli saqlanishda bo‘lgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) 
boyliklarga alohida solishtirish qaydnomalari tuziladi. 
Solishtirish qaydnomalari hisoblash va boshqa texnika vositalaridan 
foydalanib, shuningdek, qo‘lda tuzilishi mumkin. 
Inventarlash va boshqa tekshirishlar paytida aniqlangan boyliklarning 
haqiqatda mavjudligi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan farqlari quyidagicha 
tartibga solinadi: 
- ortiqcha chiqqan asosiy vositalar, moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va 
boshqa mol-mulk kirim qilinishi va tegishlicha xo‘jalik yurituvchi subyektning 
moliyaviy natijalariga yoki byudjet tashkilotini moliyalashni (fondlarni) 
ko‘paytirishga qayd etilishi, keyinchalik ortiqcha chiqish sabablari va aybdor 
shaxslar aniqlanishi kerak; 
- belgilangan me’yorlar doirasida boyliklarning yo‘qolishi xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar rahbarlarining farmoyishiga ko‘ra ishlab chiqarish va 
muomala chiqimlariga yoki byudjet tashkilotini moliyalashni (fondlarni) 
kamaytirishga hisobdan o‘chiriladi. Yo‘qolish me’yorlari haqiqatda kamomad 
aniqlangan taqdirdagina qo‘llanishi mumkin. 
Bunda belgilangan me’yorlar doirasida boyliklarning yo‘qolishi boyliklar 
kamomadi qayta navlarga ajratishdagi ortiqcha mol bilan hisobga olgach 
belgilanishiga e’tibor beriladi. Agar belgilangan tartibda o‘tkazilgan qayta navlarga 
ajratish bo‘yicha hisobga olingandan keyin ham boyliklar kamomadi mavjud 
bo‘lsa, tabiiy yo‘qolish me’yorlari kamomad aniqlangan boyliklar nomi 
bo‘yichagina qo‘llanilishi mumkin. 
Tasdiqlangan me’yorlar bo‘lmagan taqdirda yo‘qolish me’yorlaridan 
ortiqcha kamomad sifatida qaraladi; 
- yo‘qolish me’yorlaridan ortiqcha boyliklar kamomadi, shuningdek, 
boyliklar buzilishidan ko‘rilgan talafotlar aybdor shaxslarga yuklanadi. 
Suiiste’molliklar oqibati bo‘lgan kamomad va talafotlar aniqlanganda 
tegishli materiallar kamomad va talafotlar aniqlangandan so‘ng 5 kun davomida 


124 
tergov organlariga berilishi kerak, aniqlangan kamomad va talafotlar summasiga 
esa fuqarolik da’vosi taqdim etiladi; 
- boyliklarning yo‘qolish va boyliklar buzilishi tufayli talafotlar 
me’yorlaridan ortiqcha kamomadi, kamomad va buzilishlarning aniq aybdorlari 
aniqlanmagan hollarda, mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish 
xarajatlari tarkibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
tomonidan ishlab chiqarish va muomala chiqimlariga hisobdan chiqarilishi yoki 
byudjet tashkilotida moliyalashni (fondlarni) kamaytirishda qayd etilishi mumkin. 
Bunda boyliklarning yo‘qolish va boyliklar buzilishi tufayli talafotlar 
me’yorlaridan ortiqcha kamomadini hisobdan o‘chirishni rasmiylashtirish uchun 
taqdim etiladigan hujjatlarda ana shunday kamomad va talafotlarning oldini olish 
bo‘yicha qabul qilingan choralar ko‘rsatilishi kerak. 
Boyliklar buzilishi fakti to‘g‘risidagi xulosalar texnik nazorat bo‘limi yoki 
sifat bo‘yicha tegishli inspeksiyalardan olinishi kerak. 
Tabiiy yo‘qolish me’yorlaridan ortiqcha boyliklar kamomadi va buzilishini 
hisobdan o‘chirishni rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan hujjatlarda tergov 
yoki sud organlarining aybdor shaxslar yo‘qligini tasdiqlaydigan yoki aybdor 
shaxslardan zarar undirilishi rad etilgan qarorlari yoki texnik nazorat bo‘limi yoki 
tegishli ixtisoslashtirilgan tashkilotlardan (sifat bo‘yicha inspeksiyalar va 
hokazolardan) olingan boyliklar buzilishi fakti to‘g‘risida xulosa bo‘lishi kerak. 
Qayta navlarga ajratish natijasida ortiqcha chiqish va kamomadlarning 
o‘zaro hisobga olinishiga birgina tekshirilayotgan davr uchun, birgina 
tekshirilayotgan shaxsda, birgina nomdagi tovar-moddiy boyliklarga nisbatan va 
ishonchli shaxs ruxsatiga ko‘ra aynan bir xil miqdorlarda istisno tarzida yo‘l 
qo‘yilishi mumkin. 
Yo‘l qo‘yilgan qayta navlarga ajratish to‘g‘risida moddiy javobgar shaxslar 
ishonchli shaxsga batafsil tushuntirish taqdim etadilar. 
Moddiy javobgar shaxslar aybi bo‘lmagan holda qayta navlarga ajratishda 
hosil bo‘lgan qiymatdagi kamomad farqiga inventarlash bayonnomalarida bunday 
farq aybdor shaxslarga kiritilmasligi xususida mufassal tushuntirish berilishi kerak. 
Korxona mulklari inventarizatsiyasida qo‘llaniladigan hujjatlar ro‘yxati 
quyidagilardan iborat: 
1-ilova. Buyruq 
2-ilova. Inventarlashni o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqlar bajarilishini nazorat 
qilish daftari 
3-ilova. Qimmatliklarni inventarlash to‘g‘ri o‘tkazilganligining nazorat 
tekshiruvi Dalolatnomasi 
5-ilova. Inventarlashda aniqlangan natijalar Qaydnomasi 
6-ilova. Asosiy vositalarni inventarlash Ro‘yxati 


125 
7-ilova. Inventarlash Yorlig‘i 
8-ilova. Tovar-moddiy boyliklar inventarlash Ro‘yxati 
9-ilova. Yuklangan tovarlarni inventarlash Dalolatnomasi 
10-ilova. Mas’ul saqlashga qabul qilingan (topshirilgan) tovar-moddiy 
boyliklarning inventarlash Ro‘yxati 
11-ilova. Yo‘lda bo‘lgan material va tovarlarni inventarlash Dalolatnomasi 
12-ilova. Ta’mirlanishi tugallanmagan asosiy vositalarni inventarlash 
Dalolatnomasi 
13-ilova. Kelgusi davr xarajatlarini inventarlash Dalolatnomasi 
14-ilova. Naqd pul mablag‘larini inventarlash Dalolatnomasi 
15-ilova. Tilxat 
16-ilova. Xaridorlar, mol yetkazib beruvchilar va boshqa debitorlar va 
kreditorlar bilan hisob-kitoblarni inventarlash Dalolatnomasi 
17-ilova. 
Asosiy 
vositalarning 
inventarlash 
natijalarini solishtirish 
Qaydnomasi 
18-ilova. Tovar-moddiy boyliklarning inventarlash natijalarini solishtirish 
Qaydnomasi 
I. Aniqlangan kamomad qiymatiga hisob narxida 
D-t 5910 «Kamomad va moddiy boyliklarning buzilishi keladigan 
nobudgarchiliklar»
K-t «Kamomad bo‘lgan moddiy boyliklarni hisobga oladigan schyotlar» 
schyotlar
II. Moddiy javobgar shaxslardan undirib olinadigan (bozor narxidagi) 
summaga
D-t 4730 «Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi» (bozor 
narxida undirilib olinadigan summada)
K-t 5910 «Kamomadlar va moddiy boyliklarning buzilishidan keladigan 
nobudgarchiliklar» (kamomadning balans qiymati) 
K-t 6230 «Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar» (Moddiy javobgar 
shaxslardan undirib olinadigan summa bilan qiymati orasidagi farq summada) 
qiymati o‘rtasidagi farq - narxlardagi farq summasiga. 
III. Kamomad summasi undirilganda quyidagi buxgalteriya provodkalari 
beriladi. 
D-t 5010 «Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» yoki 6710 «Mehnat haqi 
bo‘yicha xodim bilan hisob - kitoblar» 
K-t 4730 «Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimning qarzi» 
Shu bilan birga moddiy javobgar shaxsdan undiriladigan summa bilan 
qiymatliklarning balans bahosi o‘rtasidagi farq quyidagi provodka bilan 
daromadga o‘tkaziladi: 


126 
D-t 6230 «Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar» 
K-t 9390 «Boshqa operatsion daromadlar» 
Bir davrning o‘zida va bir moddiy javobgar shaxsda bir turdagi tovar - 
moddiy boyliklarning kamomadi va ortiqcha chiqishlari o‘zaro hisobga o‘tkazilishi 
mumkin. Bunda agar kam chiqqan boyliklar - qiymati ortiqcha chiqqandan ko‘p 
bo‘lsa, unda farqi aybdor shaxslar hisobiga olib boriladi. 
Moddiy qiymatliklarni ortiqcha chiqishi aniqlanganda u 19 – MHBS ning 
5.70 bandiga binoan kirimga olinib xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy 
natijalariga o‘tkaziladi. Bu muomala quyidagi provodka bilan rasmiylashtiriladi: 
D-t tegishli moddiy qiymatliklarni hisobga olinadigan schyotlar 
K-t 9390 «Boshqa operatsion daromadlar» 
Kamomadlar yoki ortiqcha chiqishlarning har bir hodisasida farqlarning 
yuzaga kelishi sabablari chuqur va har tomonlama o‘rganilishi zarur. 
Qiymatliklar kamomadlari buzilishdan ko‘rilgan talofatlar ustidan ayniqsa 
sinchkov nazoratni o‘rnatish maqsadida buxgalteriya hisobi tizimida yuqorida 
keltirilgan alohida «Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan keladigan 
nobudgarchiliklar» nomli maxsus schyot ko‘zda tutilgan. U yig‘ib taqsimlovchi 
schyot bo‘lib, uning yordamida talofatlarning umumiy summasi va uning ayrim 
turlari bo‘yicha aniqlanib, bu summalarni tegishli schyotlarga hisobdan chiqarish 
uchun xizmat qiladi. 
«Kamomadlar 
va 
qiymatliklarning 
buzilishidan 
keladigan 
nobudgarchiliklar» schyoti - aktivdir. Uning debetida solishtiruv vedomosti 
asosida tovar - moddiy qiymatliklar («Materiallar», «Tayyor mahsulot», 
«Tovarlar» va boshqalar») schyotlaridan qiymatliklarning barcha kamomadlari va 
buzilishidan ko‘rilgan nobudgarchiliklar yig‘iladi. Bu schyotning krediti bo‘yicha 
uning debetida yig‘ilgan summalar yo‘qlama komissiyasining qaroriga binoan 
xarajatlar yoki aybdor shaxslar schyotlariga hisobdan chiqariladi. Buni quyida 
keltirilgan tasnifdan ko‘rish mumkin: 
Tabiiy yo‘qolish me’yorlari chegarasidagi yoki undan yuqori bo‘lgan 
kamomadlar, aybdor shaxslar bo‘lmaganda, tabiiy talofat hisoblanib, paydo 
bo‘lgan joyiga qarab, mahsulot ishlab chiqarish tannarxini yoki davr xarajatlarini 
oshirish kerak. Ular qiymatliklarni haqiqiy xarakatlari bilan shu harakatni hujjatli 
rasmiylashritish o‘rtasidagi nomuvofiqlikni aks ettiradi. Masalan, ishlab chiqarish 
zaxiralarining kamomadi ularni ishlab chiqarishga berilishini hujjatlarda aks 
ettirilganga qaraganda ko‘proq miqdorda berilganligi natijasi bo‘lishi mumkin; 
tayyor mahsulotning kamomadi - ularni haqiqatda olinganligiga qaraganda 
hujjatlar bo‘yicha ko‘proq olinganligini rasmiylashtirish natijasi bo‘lishi mumkin. 


127 
Tovar - moddiy boyliklarning kamomadini ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan 
chiqarilishi yo‘li bilan shuningdek yo‘l qo‘yilgan xatolar ham bartaraf qilinadi. 
Ortiqcha chiqishlar korxona ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish 
hisobiga tegishli qiymatliklar schyotlariga kirim qilinadi. Ortiqcha chiqishlar 
aniqlanganda, ularning kelib chiqish sabablari va aybdorlari surishtirib topiladi. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin