O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 017 yil fevraldagi 4947-sonli


 Buxgalteriya hisobi registrlari haqida tushuncha va ularning ahamiyati



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/102
tarix07.07.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#136078
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   102
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

 
7.1. Buxgalteriya hisobi registrlari haqida tushuncha va ularning ahamiyati 
Buxgalteriya hisobi korxonalar faoliyatini yoppasiga, uzluksiz hisobini olib 
borar ekan, bunda hujjatlashtirish ahamiyati yuqoridir. 
Kuzatish natijasida olingan ma’lumotlar dastlabki hujjatlarda aks ettirilib 
boriladi, so‘ngra shu dastlabki hujjatlar har tomonlama tekshirilib, buxgalteriyaga 
qabul qilib olinadi. 
Tekshirib qabul qilib olingan dastlabki hujjatlar asosida buxgalteriya 
provodkalari amalga oshiriladi. Tabiiyki, bu buxgalteriya provodkalari ham 
hujjatlashtirilishi shart. Buning uchun buxgalteriya hisobi registrlaridan 
foydalaniladi. 
Demak, buxgalteriya hisobi registrlari – hisob yozuvlarini (buxgalteriya 
provodkalarini) aks ettirishga mo‘ljallangan jadvallardir. 
Buxgalteriya hisobi registrlari - jurnallar, vedomostlar, kitoblar, tasdiqlangan 
blankalardir. Hisob registrlarining ahamiyati shundaki, ularda schyotlarga tegishli 
ko‘rsatkichlar aks ettiriladi, umumlashtiriladi, oy oxiriga qoldiqlar aniqlanadi va 
umuman, xo‘jalik mablag‘lari va ular tashkil topish manbalari bilan bog‘liq 
ma’lumotlar aks ettirib boriladi. 
Hisob registrlari ma’lumotlari oy oxirida umumlashtirilib, korxona balans va 
hisobotlarini 
tuzishda 
asos 
hisoblanadi. 
Demak, 
hisob 
registrlaridagi 
ma’lumotlarning nechog‘lik o‘z vaqtida to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirilishi nafaqat 
korxonaning o‘zi uchun, balki uning balans va hisobotlaridan foydalanuvchilar 
uchun ham ahamiyatli ekan. 
7.2. Buxgalteriya hisobi registrlarining turlari, ularni yuritish tartibi 
Buxgalteriya yozuvlarining turliligi, hajmi har xilligidan kelib chiqib, ular 
aks ettiriladigan hisob registrlari ham turlichadir. 
Hisob registrlari turlari o‘rganilayotganda, ularni quyidagi xususiyatlariga 
e’tibor bermoq kerak: 
1.
Tashqi ko‘rinish. 
2.
Ularda aks ettiriladigan yozuvlarning turliligi. 
3.
Ma’lumotlarning hajmi. 
Hisob registrlari tashqi ko‘rinishi xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha 
turkumlanadi: 


129 

daftarlar (kassa daftari, «bosh daftar»). 

kartochkalar. 

varaqlar (vedomostlar). 
Kartochkalar, asosan xo‘jalik mablag‘lari analitik hisobi uchun qo‘llaniladi. 
Kartochkalarning kontokorrekt, ko‘p ustunli va boshqa turlari mavjud. 
Kontokorrekt kartochka shakli pul 
o‘lchovida (qiymatda) hisobi 
yuritiladigan xo‘jalik jarayonlarini har bir schyotning debet va kredit tomonlarida 
aks ettirilishida foydalaniladi va har bir oy oxirida schyotlar bo‘yicha oborotlarni 
aniqlashda asos bo‘ladi. 
18-jadval 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin