134
o‘qish mumkin qilib, ingichka bitta chiziq tortiladi va yuqorisiga to‘g‘ri
yozuv
yozib qo‘yiladi. Bunday tuzatish to‘g‘risida tegishli registrning bo‘sh joyiga izoh
berilib, xatoni tuzatgan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Jurnal-order shaklida hisob yuritishda hisob registrlaridagi xatolar
korrektura usuli bilan ularda hisobot oyi uchun jami chiqarilgunga qadar tuzatiladi.
Registrlar jamlangandan so‘ng, lekin yozuvlar bosh daftarga o‘tkazilmasdan oldin,
registrlardagi
xatoni tuzatish, buning uchun belgilangan bo‘sh qator yoki grafada,
maxsus buxgalteriya ma’lumotnomasi (spravkasi) asosida amalga oshiriladi.
Jamlangan ma’lumotlar daftarga o‘tkazilgandan so‘ng registrlarda xatoni
tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday vaqtda
ham xatoni tuzatish maxsus
tuziladigan buxgalteriya ma’lumotnomasi asosida amalga oshiriladi. Bu
ma’lumotnomadagi yozuv Bosh daftarga alohida o‘tkaziladi. Ma’lumotnoma esa
xato topilgan jurnal-orderga ilova qilinadi (tikib qo‘yiladi).
Masalan: «Materiallar» hisob schyotini debeti bilan buxgalteriya hisob
reestriga 40050 so‘m o‘rniga, 40000 so‘m yozilgan
40000 (14.03.17) «to‘g‘rilanganligiga ishonilsin» (imzo).
«Qizil storno» usulidan buxgalteriya provodkasi noto‘g‘ri berilganida, yoki
ko‘p summa aks ettirilganida foydalaniladi.
«Qizil storno» usuli yordamida xato yozuv
qizil rangli siyoh orqali
to‘g‘rilanadi. Ya’ni qizil rangda yozilgan raqam, shu raqam yozilgan oborot jami
summasidan ayirilishi kerak.
Qizil
siyohdagi yozuv aks ettirib, xato yozuv to‘g‘rilanganidan so‘ngra,
to‘g‘ri buxgalteriya provodkasi hisob registrlariga yozib qo‘yiladi.
«Qizil storno» usuliga misolni keltirish orqali talabalarni, ushbu usul
mohiyati bilan yaqindan tanishtiramiz.
Masalan: «Asosiy ishlab chiqarish» uchun ombordan material berildi
60000 so‘m. Ushbu jarayon uchun buxgalteriya provodkasi quyidagicha bo‘ladi:
Debet «Asosiy ishlab chiqarish» 60 000
Kredit «Materiallar» 60 000
Buxgalteriya
xodimi tomonidan esa, hisob registrlariga 600 000 so‘m aks
ettirilgani aniqlandi.
Xato yozuvni bir «O» raqamini o‘chirish orqali to‘g‘rilash mumkin emas.
Demak, «qizil storno» usulidan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
600 000–540 000 = 60 000
Buxgalteriya hisob registrlariga 540 000 so‘m ortiqcha yozilganligi sababli,
600 000 dan 540 000 ayirilishi shart. Sxema ko‘rinishida sintetik schyotlarga
taalluqli buxgalteriya hisob registrlaridagi yozuvlar quyidagicha aks ettiriladi.