Kontokorrekt shakl
«Hisobdor shaxslar bilan hisoblashish» - Usmonov A.R
Sana №
Operatsiyalarning mazmuni
Debet
Kredit Summa
1 Dekabrga qoldiq
-
08.12 1
Tovarlar olib kelish uchun naqd pul berildi.
4430
5010
100000
11.12 2 Olib kelingan tovarlar chakana savdoga qabul
qilindi.
2910
4430
80000
13.12 3
Ishlatilmay qolgan pul mablag‘lari qaytarildi.
5010
4430
20000
Dekabr oyi bo‘yicha jami
100000 100000
1 Yanvarga qoldiq
-
-
-
Yuqorida «Hisobdor shaxslar bilan hisob kitob» analitik hisobi uchun
qo‘llaniladigan kartochkani ko‘rib chiqdik. Ushbu kartochka ma’lumoti analitik
hisob haqidagi ma’lumotlarda keng yoritilgan.
Ko‘p ustunli kartochkalarning yana biri sifatida «Asosiy ishlab chiqarish»
xarajatlari hisobi uchun yuritiladigan kartochkani misol sifatida keltirish mumkin.
Kartochkalar maxsus kartotekalarda saqlanadi. Kartotekaga kartochkalar
joylashtirilayotganda
moddiy
javobgarligi
joylangan
o‘rni va boshqa
xususiyatlariga ahamiyat berib, guruhlarga ajratilgan holda qo‘yiladi.
Buxgalteriya hisobi registrlari yozuv turlariga ko‘ra 3 xil bo‘ladi:
1. Xronologik hisob registrlari.
2. Tizimli hisob registrlari.
3. Kombinatsiyalashgan registrlar.
Xronologik hisob registrlarini o‘ziga xos xususiyati shundaki, undagi
yozuvlar xronologik tartibda aks ettirilib boriladi. Bu yozuvlar orqali jarayonning
qisqacha mazmuni, sodir bo‘lgan muddati va summasini xronologik tartibda aks
ettirib boriladi. Masalan, «Jarayonlarni ro‘yxat qilish jurnali» xronologik hisob
registriga misol bo‘lib, u hisobning memorial-order shaklida qo‘llaniladi.
130
Tizimli hisob registrlari jarayonlarni ma’lum bir belgilari bo‘yicha
tizimlashgan (guruhlashgan) holda aks ettirilishi bilan xususiyatlidir. «Bosh
daftar» tizimli hisob registrlariga misol bo‘ladi.
Ushbu registrdan XV asr oxirlarida ikkiyoqlamayozuv usuli vujudga
kelganidan boshlab foydalanish yo‘lga qo‘yilgan.
Buxgalteriya daftarlari bir yilga mo‘ljallangan bo‘lib, hamma betlari
raqamlanadi, bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanadi.
Oxirgi varaqning orqasida bosh buxgalterning imzosi bilan tasdiqlangan
holda quyidagi yozuv aks ettirilgan bo‘lishi zarur.
Buxgalteriya daftarida korxona xo‘jalik mulklarini aks ettiradigan schyotlar
uchun betlar ajratiladi. Sintetik schyotlar uchun tegishli analitik schyotlar ochilgan
bo‘lsa, bosh daftarda betlar ajratilayotganda e’tiborga olmoq zarur.
Masalan, savdo korxonasini chakana savdodagi tovarlari 2920 sintetik
schyotida yuritiladi. Aytaylik, shu savdo korxonasiga qarashli 3 ta magazin
mavjud. Bunday holatda bosh daftarda har bir moddiy javobgar shaxs uchun
alohida varaqlar qoldirilishi va umumiy tovarlar hisobi aks ettirilishi uchun ham
varaqlar ajratilgan bo‘lishi zarur.
Buxgalteriya daftarida mundarija ham bo‘lib, unda hisobi yuritiladigan
schyotlarning aks ettiriladigan varaqlari tartib raqami ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Buxgalteriya hisob registri daftarining boshqa registrlardan afzalligi
quyidagilardan iborat:
Hisob ma’lumotlarining bir registrda mujassamlashganligi;
Hisob ma’lumotlari saqlanishi mustahkam ta’minlanganligi.
Buxgalteriya daftarining kamchiliklari ham bo‘lib, ular quyidagilardan
iborat:
Buxgalteriya xodimlari o‘rtasida mehnat taqsimotini to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yishga xalaqit beradi, sababi, daftarda korxonada hisobi yuritiladigan hamma
schyotlar joylashgan. Buxgalteriya xodimlari o‘zlariga biriktirilgan schyotga
tegishli ma’lumotlarni aks ettirish uchun daftar bo‘shashini kutishi kerak bo‘ladi.
Buxgalteriya daftaridan hisob registri sifatida foydalanganda, hisob
ishlarini mexanizatsiyalashtirish imkoniyatlari kamayadi.
Buxgalteriya xodimlari mehnat unumdorligini oshishiga xalaqit beradi.
Birinchidan, daftardan galma-galdan foydalanish natijasida vaqt yo‘qotiladi:
ikkinchidan, buxgalteriya daftarining hajmi katta bo‘lib, tegishli varaqni topib,
undan foydalanishni sekinlashtiradi.
Buxgalteriya
daftarlarining
hamma
varaqlari
ham
hamma
vaqt
foydalanilaverilmaydi. To‘ldirilmagan varaqlar esa kelgusi hisobot davri uchun
foydalanilmaydi va hisob registrlari bilan bog‘liq xarajatlarni oshishiga olib keladi.
131
Buxgalteriya daftarlari bir hisobot yili uchun mo‘ljallangan.
Buxgalteriya registrlari ulardagi yozuv turiga ko‘ra, kombinatsiyalashgan
shaklda ham bo‘ladi.
Kombinatsiyalashgan buxgalteriya registrlarining o‘ziga xos xususiyati
shundaki, ularda xronologik va tizimli yozuvlar birgalikda aks ettiriladi. Bunday
registrlarning afzalligi quyidagilardan iborat:
Hisob ishlari ixchamlanadi.
Buxgalteriya yozuvlari aks ettiriladigan registrlar miqdorini qisqartiradi.
Xronologik
va
tizimli
yozuvlar
umumlashtirilgan
hamda
kombinatsiyalashgan hisob registrlariga jurnal-order misol bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobi registrlari ularda aks ettiriladigan ma’lumotlar hajmiga
ko‘ra ikki turga ajratiladi.
1.Sintetik registrlar.
2. Analitik registrlar.
Sintetik registrlar sintetik hisob ma’lumotlarini aks ettirishga mo‘ljallangan
bo‘lib, ularga bosh daftar, jarayonlarni ro‘yxat qilish jurnali, jurnal-orderlar va
boshqalar misol bo‘ladi.
Analitik registrlar analitik hisob ma’lumotlarini rasmiylashtirishda
qo‘llanilib, ularga «Materiallar», «Asosiy vositalar», «Hisobdor shaxslar bilan
hisob-kitoblar, mashinalar va boshqa mulklar hisobi bo‘yicha yuritiladigan
kartochkalar misol bo‘ladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati bilan bog‘liq jarayonlar dastlabki
hujjatlarda rasmiylashtiriladi. Ushbu boshlang‘ich hujjat ham shaklan, ham
mazmunan har tomonlama tekshirilgandan so‘ng, qayta ishlanadi. Dastlabki hujjat
ma’lumotlari asosida, buxgalteriya registrlari to‘ldiriladi.
Ba’zi vaqtlarda buxgalteriya registrlari ijroiya varaqlari asosida ham
rasmiylashtiriladi. Bunday holatlarga da’vogar yuzasidan hisoblashish, xodimdan
aliment summasini ushlab qolishlar, xodimni bankdan olgan kreditlari yuzasidan
ushlovlar uchun asos bo‘ladigan qonuniy kuchga ega bo‘lgan sud qarorlari, bank
bilan xodim o‘rtasida tuzilgan shartnomalar misol bo‘ladi.
Buxgalteriya
registrlari
qanday
dastlabki
hujjatlar
asosida
rasmiylashtirilmasin quyidagi talablarga rioya etish zarurdir:
dastlabki hujjatlarni tegishli blankaga rasmiylashtirilganligi:
dastlabki hujjat hamma rekvizitlari andozaga javob berishi:
ko‘rsatkichlar arifmetik to‘g‘ri hisoblangani:
dastlabki hujjatlarda rasmiylashtirilgan xo‘jalik jarayonlari iqtisodiy
mazmunligi va qonuniyligi:
tekshirib, qayta ishlangan dastlabki hujjatlar asosida buxgalteriya
registrlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirish:
132
buxgalteriya registrlari ma’lumotlari asosida buxgalteriya balansi va
hisobotni tegishli ko‘rsatmalarga asosan to‘g‘ri va o‘z vaqtida tuzish:
hamma talabga javob beradigan balans va hisobot boshqa shakllarini
o‘rnatilgan muddatda tegishli joylarga topshirish.
Yuqorida keltirilgan talablardan ko‘rinib turibdiki, buxgalteriya hisobi hisob
ishlarini hamma bosqichlari bir-biriga uzviy bog‘liqdir.
Dastlabki hujjatlarni naqadar to‘g‘ri rasmiylashtirilishi, buxgalteriya
registrlari ma’lumotlarini ham to‘g‘ri rasmiylashtirilishiga asos bo‘ladi. O‘z
navbatida buxgalteriya registrlari moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri
ma’lumotlar asosida rasmiylashtirilishiga xizmat qiladi. Bizga ma’lumki,
moliyaviy hisobot shakllari quyidagilardan iborat:
1. Buxgalteriya balansi - 1 shakl
2. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot - 2 shakl
3.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot - 4 shakl
4.
Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot - 5 shakl
Yuqorida keltirib o‘tilgan moliyaviy hisobot hamma shakllari ham
korxonalar faoliyatini har tomonlama o‘rganish, tahlil qilish, nazorat etish, hamda
boshqarish uchun xizmat qiladi.
Demak, korxona faoliyati haqida to‘g‘ri xulosaga kelish uchun moliyaviy
hisobot ma’lumotlari haqqoniy aks ettirilgan bo‘lmog‘i zarur ekan.
Buxgalteriya registrlarini ulardagi ma’lumotlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks
ettirishini ahamiyati ham shundadir.
Buxgalteriya registrlariga tegishli ma’lumotlarni aks ettirishni oldiga
qo‘yilgan talablarni sanab o‘tdik. Shu talablarga javob berish uchun esa quyidagi
vazifalar bajarilmog‘i kerak.
1. Dastlabki hujjatlarni har tomonlama tekshirish.
2. Buxgalteriya registrlari bilan to‘liq ta’minlanish.
3. Buxgalteriya registrlariga hisobot davri boshlang‘ich qoldiqlarini to‘g‘ri
aks ettirib chiqish.
4. Buxgalteriya provodkalarini hisob registrlariga tegishli tartibda o‘z
vaqtida yozish.
Buxgalteriya registrlariga hisobot davri boshida boshlang‘ich qoldiqlar aks
ettirilganda, oldingi hisobot davri uchun ohirgi qoldiq ko‘rsatkichlari olinadi.
Ushbu boshlang‘ich qoldiq summalari tegishli buxgalteriya hisobi registrlarida aks
ettirilayotganda, ularning tagiga chiziq chiziladi. Bunday chiziq tortilishiga sabab,
hisobot davri davomida aks ettirilgan oborot summalari bilan boshlang‘ich qoldiq
summasini xatolik bilan qo‘shib yuborilmaslik.
Buxgalteriya registrlarida yozuvlar aks ettirilayotganda, xuddi dastlabki
hujjatlarga qo‘yilgan talablarga rioya etish zarur. Yozuvlarni aks ettirish talablari
133
shundaki, siyohli ruchkalardan, kimyoviy qalamlardan, yozuv mashinkalaridan
foydalanish zarur.
Oddiy rangli qalamlardan foydalanish esa, ta’qiqlanadi bu bilan yozuvlarni
o‘zgartirishni oldi olinadi, yozuvlarni uzoq vaqt saqlanishi ta’minlanadi.
Yozuvlarni buxgalteriya registrlarida qanday usulda aks ettirishga ko‘ra,
mashinada yozish va qo‘lda yozishga bo‘lish mumkin.
Mashinada yozish deganda, yozuv mashinalari, elektron hisoblash
mashinalari yordamida buxgalteriya registrlarini rasmiylashtirish tushuniladi.
Buxgalteriya
registrlaridagi
yozuvlar
ulardan
necha
nusxadan
rasmiylashtirilishiga ko‘ra, bir va bir necha nusxali bo‘ladi.
Bir necha nusxada buxgalteriya hisobi registrlari rasmiylashtirilishida, ularni
har bir nusxasi alohida-alohida rasmiylashtirilishi yoki ko‘chirish qog‘ozlaridan
(kopirovka) foydalangan holda rasmiylashtirilishi mumkin.
Bir necha nusxada yoziladigan hujjatlar, asosan, dastlabki hujjatlar bo‘lib,
ularga dalolatnomalar, TTN (tovar-transport nakladnoy)larni, schyot-fakturalarni,
nakladnoylarni, to‘lov talabnomasi, to‘lov topshiriqnomalarini, shartnomalarni
misol tariqasida keltirish mumkin.
Ko‘chirish qog‘ozlari yordamida yozuvlarni aks ettirish orqali xato yozuvlar
kamayishiga, hisob ishlarini tezlashishiga va oqibat natijasida buxgalteriya
xodimlari mehnat unumdorligi oshishiga erishiladi.
Dostları ilə paylaş: |