O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 017 yil fevraldagi 4947-sonli



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/102
tarix07.07.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#136078
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   102
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

 
doimiy rekvizitlar; 

 
shartli doimiy rekvizitlar; 

 
o‘zgaruvchan rekvizitlar. 
Doimiy rekvizitlarga muayyan korxona doyrasida uzoq vaqt davomida 
o‘zgarmaydigan rekvizitlar kiradi. Doimiy rekvizitlar matbaa usulida bosilgan 
bo‘ladi. Ularga asosan quyidagilar kiradi: 

 
korxonaning nomi va manzili; 

 
hisob kitob schyoti; 

 
xodimlarning tabel raqamlari va b. 
O‘zgaruvchan rekvizitlarga xo‘jalik muomalalarining vaqtinchalik miqdor 
va sifat mazmunini begilaydigan rekvizitlar kiradi. Bularga quyidagilarni kiritish 
mumkin:

xo‘jalik muomalasining sodir bo‘lgan vaqti; 

ishlab chiqarishga berilayotgan materiallar miqdori; 

xodimlarga hisoblangan ish haqi summasi va b. 
Buxgalteriya hisobi kompyuterlashtirilgan sharoitda axborotlarga ishlov 
berish uchun dastlabki hujjatlarning rekvizitlari xos raqamlar bilan belgilangan 
(kodlashtirilgan) bo‘lishi mumkin. 
“Buxgalteriya 
hisobi to‘g‘risi”dagi Qonunda shu narsa alohida 
ta’kidlanadiki, dastlabki hisob hujjatlarini tuzgan va imzolagan shaxs, ularni o‘z 
vaqtida tuzilganligi, to‘g‘riligi, ishonchliligi, shuningdek ularni buxgalteriya 
hisobida aks ettirish uchun belgilangan muddatlarda topshirish bo‘yicha 
javobgardir. 
Buxgalteriya hujjatlarini tuzishga ham ma’lum talablar qo‘yiladi. Barcha 
hujjatlar o‘z vaqtida, qoidaga ko‘ra, muomala sodir bo‘layotgan daqiqada yoki 
muomala tugagach, sifatli tuzilishi, ularda ishonchli ma’lumotlar bo‘lishi hamda 
barcha majburiy rekvizitlarga ega bo‘lishi kerak. 
Agar yig‘ma hujjat kompyuter yordamida tuzilsa, unda bu hujjatda uning 
mazmunini tavsiflovchi sarlovha, undagi ma’lumotlarning isbotlovchi hujjatlarga 
muvofiqligini 
tasdiqlovchi 
shaxslarning 
imzolari 
keltiriladi. 
Isbotlovchi 


112 
hujjatlarning vazifasi axborotni kompyuterda bajarganda, u qo‘l bilan 
tayyorlanganga o‘xshash isbotlovchi hujjatning barcha rekvizitlariga ega bo‘lishi 
kerak. Hisob axborotini u yoki bu mashinali tashuvchisida avtomatik tarzda qayd 
etilgan muomalalar majmuasi to‘g‘risidagi yakuniy ma’lumotlar keyinchalik 
barcha majburiy rekvizitlarga ega bo‘lgan tegishli hujjatni tuzish bilan 
tasdiqlanishi kerak. 
Hujjatlarni siyoh, kimyoviy qalam bilan, yozuv mashinkalari yoki 
kompyuterlar yordamida yozib berishga ruxsat etiladi.
Hujjatlar batartiblik bilan tuzilishi, matn va raqamlar shunday aniq va 
ravshan yozilishi kerakki, undan rasmiylashtirilgan muomalaning mazmuni va 
hajmini osonlik bilan tushunib olish mumkin bo‘lsin. Hujjatdagi imzolar ravshan 
bo‘lishi kerak. Hujjatdagi matnda ham, raqamli ma’lumotlarda ham hech qanday 
tozalashlar, dog‘ va izohlanmagan to‘g‘irlashlarga ruxsat etilmaydi. Kirim va 
chiqim kassa orderlarida umuman hech qanday to‘g‘rilashlarga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Hujjatlardagi ma’lumotlarning ishonchliligi va ularning yuqori sifatli tuzilganligi 
uchun ularga imzo chekkan xodimlar (bo‘lim boshliqlari, omborchilar, kassirlar va 
boshqalar) javob beradi. 
Hujjatlardan ikki marta (qayta) foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida 
ulardan ba’zilari o‘chiriladi. Bu kirim va chiqim orderlarga biriktiriladigan barcha 
hujjatlar (arizalar, ishonchnomalar va shu kabilar)ga tegishlidir.

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin