O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 017 yil fevraldagi 4947-sonli


 Hujjatlar rekvizitlari va ularni rasmiylashtirish



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/102
tarix07.07.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#136078
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   102
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

 
6.3. Hujjatlar rekvizitlari va ularni rasmiylashtirish 
Har bir hujjat shunday rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerakki, unda amalga 
oshirilgan muomalalar haqida to‘la - to‘kis fikrga ega bo‘lish va uning isbotlovchi 
kuchini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlar mavjud bo‘lsin. 
Hujjatlarning tarkibiy unsurlari hisoblangan bu ma’lumotlar uning 
rekvizitlari
deb 
nomlanadi. Rekvizit (lotincha reqnisitum) - bu kerakli, talab qilinadigan degan 
ma’noni anglatadi. 
Hujjatlarning rekvizitlari hisob obyektlariga nisbatan belgi rekvizitlari va 
mazmun rekvizitlariga bo‘linadi. 


110 
Belgi rekvizitlari hisob obyektlarini (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar b.) 
aks ettiradi. Mazmun rekvizitlari hisob obyektining tavsifini ochib beradi 
(o‘lchovi, navi, hajmi va b.). Ahamiyatliligi bo‘yicha rekivizitlar majburiy va 
qo‘shimcha rekvizitlarga bo‘linadi. Majburiy rekvizitilar har bir dastlabki hujjatda 
bo‘lishi shart. 
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risi”dagi Qonunga binoan dastlabki hujjatlarning 
zaruriy rekvizitlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 

korxonaning nomi; 

hujjatning nomi va nomeri, uning tuzilishi sanasi hamda joyi; 

xo‘jalik muomalalarini nomi, mazmuni va miqdoriy o‘lchovi (natura va 
pul ko‘rinishida); 

mas’uliyatli shaxslarning shaxsiy imzolari. 
Rekvizitlarni quyidagicha turkumlash mumkin: 
15-chizma.
 Hujjatlar rekvizitlarining turkumlanishi 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining «Elektron hujjat aylanishi 
to‘g‘risida»gi qonunining 6-moddasiga muvofiq elektron hujjatning majburiy 
rekvizitlari quyidagilardan iborat: 
Hujjatlarning 
rekvizitlari 
Amal qilish
muddati bo‘yicha 
O‘zgaruvchan rekvizitlar 
Shartli-doimiy
rekvizitlar 
Hisob
obyektlariga
nisbatan 
Belgi rekvizitlari 
Mazmun rekvizitlari 
Ahamiyatliligi bo‘yicha 
Majburiy rekvizitlar 
Qo‘shimcha rekvizitlar 
Doimiy rekvizitlar 


111 

elektron raqamli imzo; 

elektron hujjatni jo‘natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki elektron 
hujjatni jo‘natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; 

elektron hujjatni jo‘natuvchining pochta va elektron manzili; 

hujjat yaratilgan sana.
Zarur hollarda hujjatlarga qo‘shimcha rekvizitlar kiritilishi mumkin. Bular: 
mazkur xo‘jalik muomalasida ishtirok etayotgan korxona (tashkilot, muassasa, 
bank, xaridor) nomi va manzili xo‘jalik muomalasining amalga oshirish uchun 
asos bo‘luvchi hujjat va sh.o‘.
Amal qilish muddatiga ko‘ra rekvizitlar quyidagilarga bo‘linadi: 


Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin