O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 017 yil fevraldagi 4947-sonli



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/102
tarix07.07.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#136078
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   102
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

 
 
4.4. Joriy buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish 
Xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik qilish va buxgalteriya hisobining to‘g‘ri 
yuritilayotganligini tekshirish uchun har bir mablag‘lar turi, ularning manbalari va 
jarayonlar bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar zarurdir. 
Schyotlar tizimi xo‘jalik mablag‘larini tashkil topish manbalarini, xo‘jalik 
jarayoni natijasida ularning tarkibiy, miqdoriy va harakat jihatidan o‘zgarib 
borishini iqtisodiy guruhlash va doimo tezkor nazorat qilib borishdir. 
Ikki yoqlama yozuv — bu xo‘jalik jarayonida vujudga keladigan 
o‘zgarishlarni schyotlar tizimi orqali ifodalanishidir. 
Ikki yoqlama yozuv usulining ahamiyati shundaki, uning yordamida, hisob 
ishlari to‘g‘ri yuritilayotganligini nazorat qilib borish imkoniyati yaratiladi. 
Xo‘jalik jarayonini bir schyotining debeti va ikkinchi schyotning kreditida aks 
ettirilishi buxgalteriya o‘tkazmasi deyiladi. 
Sintetik va analitik hisobning ma’lumotlarini tekshirishda, ma’lumotlar har 
oyning oxirida schyotlardan olinadi. Lekin, har bir schyotda hisobning bitta 
obyekti bo‘yicha ma’lumotlar mavjud bo‘ladi. Barcha mablag‘larni yoki 


72 
hammasini birlashtirgan 
holda, ularning ayrim guruhlarini tavsiflovchi 
ma’lumotlar bir oydagi qoldiq va aylanmalar yakunini ko‘rsatuvchi aylanma 
qaydnoma (oborot vedomost)larda mujassamlanadi. 
Aylanma qaydnoma (oborot vedemost) bu buxgalteriya hisobi schyotlari 
yordamida joriy davrda hisobga olingan ma’lumotlarni ma’lum bir vaqtga (asosan 
bir oyga tuziladi) umumlashtirib ko‘rsatadigan jadvalga aytiladi.
Aylanma vedomostlari ikki xil bo‘ladi: 
1. 
Sintetik hisob sintetik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti; 
2. 
Analitik hisob analitik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti. 
Aylanma 
vedomostlarida 
obyektlarning 
boshlang‘ich 
qoldig‘i, 
oy 
davomidagi xarakati va oy oxiridagi qoldig‘i aks ettiriladi. 
Sintetik schyotlarda ma’lumotlar umumlashtirilib, faqat pul ko‘rsatkichida 
ifodalangani uchun sintetik hisob sintetik schyotlari aylanma vedomostlari 
quyidagicha shaklda bo‘ladi. 
Aktiv schyotlar bo‘yicha oxirgi qoldiqlar boshlang‘ich qoldiqqa debet oborot 
summasini qo‘shib, kredit oborot summasini ayirish yo‘li bilan aniqlanadi. 
Passiv schyotlar bo‘yicha oxirgi qoldiqni topish uchun boshlang‘ich qoldiqqa 
kredit aylanma summasi qo‘shilib debet aylanma summasi ayriladi. 
Aylanma qaydnomadagi ustunlar bir - birovlariga tegishli tartibda teng 
keladigan debet va kredit jamilariga ega bo‘lishlari kerak. Debet va kredit bo‘yicha 
boshlang‘ich qoldiqlar jamilarining tengligi balansning har xil bo‘limlarida 
keltirilgan bir xil mablag‘larning umumiy summalaridan iboratdir. Pul ko‘rinishida 
bu summalar har doim bir xil bo‘lishi kerak, chunki u aktiv va passivning jamidir. 
Barcha schyotlar debeti va kreditining yakunlari har xil bo‘lishi mumkin emas
chunki barcha muomalalar schyotlarda ikki yoqlama yozuv bilan aks ettiriladi. 
Oxirgi qoldiqlarning tengligi boshlang‘ich qoldiqlarning tengligiga o‘xshab 
shartlanadi. 
 
13-jadval 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin