71
Keltirilgan misollardan ko‘rinib
turibdiki, tegishli analitik schyotlarning
oboroti va oxirgi qoldiqlari tegishli sintetik schyot ma’lumotlariga barobardir.
Sintetik va analitik (tahliliy) schyotning boshlang‘ich
hamda oxirgi
qoldiqlari o‘z tavsifi bo‘yicha analitik schyotlardagi tegishli qoldiqlarning umumiy
summalariga teng bo‘lishi kerak. Bu qoida shundan kelib chiqqanki,
analitik
schyotlar sintetik schyotlar ma’lumotlarini faqat batafsil ko‘rsatib beradi va unda
umumiy ko‘rinishda aks ettirilgan mablag‘larning tarkibiy qismlarini ko‘rsatadi.
Bu qoidaga ko‘ra, masalan, sintetik schyotdagi
debet qoldiq uning rivojiga
yuritiladigan analitik schyotlardagi barcha debet qoldiqlarning umumiy summasiga
teng bo‘lishi kerak.
Sintetik schyotning debeti va krediti bo‘yicha aylanma summalari tahliliy
schyotlari bo‘yicha aylanmalarning tegishli summalariga teng bo‘lishi kerak. Bir
sintetik schyotning aylanma summasi bilan shu sintetik schyot bo‘yicha
ochilgan
tegishli analitik schyotlar aylanmalari summalarining tengligi shu bilan
shartlanganki, analitik schyotlarga ham xuddi sintetik schyotlardagi kabi o‘sha
muomalalarning o‘zi va o‘sha tomoniga yoziladi.
Bunda bir nechta analitik
schyotlarga yozilgan muomalalar summalari har doim pirovardida shu muomala
bo‘yicha sintetik schyotda aks ettirilgan umumiy summani hosil qiladi.
Hisobot
davri yakunlarini chiqarish paytida sintetik va ana
Dostları ilə paylaş: