O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 017 yil fevraldagi 4947-sonli


Biznes tashkiloti turlarining kuchli va nozik tomonlari



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/102
tarix07.07.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#136078
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   102
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

Biznes tashkiloti turlarining kuchli va nozik tomonlari
23
 
Biznes
turlari 
Kuchli tomonlari 
Nozik tomonlari 
Yakka 
tadbirkor 

Osongina tuziladi va tuzishga oz 
xarajat 

Tadbirkor o‘zi foydani 
hammasini oladi(boshqalar bilan 
bo‘lishmaydi) 

Boshqalarga bog‘liq bo‘lishi 
kerakmas 

Bir nechta tuzatishlarga 
asoslanadi 

Alohida daromad solig‘i(foyda 
solig‘i) ushlanmaydi 

Osongina tugatilishi mumkin va
xarajatlar minimal miqdorni 
tashkil etadi 

Cheklanmagan majburiyatga ega 

Cheklangan kapitalga ega 

Egasi biznes majburiyatlarini o‘z 
bo‘yniga oladi 

Cheklangan hayotga ega 
Hamkorlik 

Oson shakllanadi 

Boshqa hamkorlar olib kirilishi 
mumkin 

Kapital ko‘paytirishga 
imkoniyat mavjud 

Bir nechta tuzatishlarga 
asoslanadi 

Alohida daromad solig‘i 
ushlanmasligi kerak 

Biznesdan keladigan daromad 
uchun hamkorlar birgalikda 
ishlashadi 

Cheklanmagan majburiyat mavjud 
(kamida bitta hamkorning cheklanmagan 
majburiyati mavjud) 

Foyda hamkorlar orasida taqsimlanishi 
kerak 

Hamkorlar o‘rtasida kelishmovchiliklar 
kelib chiqishi mumkin 

Hamkorlikni tugatish shartlari aniq 
sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi 
Kompaniya 

Cheklangan majburiyat 

Katta miqdordagi kapital 
osongina yig‘iladi 

Egalik osongina boshqaga 
o‘tadi(qimmatli qog‘ozlar 
chiqarish orqali) 

Katta miqdorda foyda solig‘i mavjud 

Ko‘plab davlat tuzatishlariga asoslanadi 

Egalik ma’lum bir odam qo‘lida 
bo‘lmaydi 
1. Xizmat biznesi. Nomini nazarda tutgan holda, biznesning bu turida
sezib bo‘ladigan mahsulotlar bo‘lmaydi. Malayziyada, 1990 yillardan beri
xizmat biznesi tez darajada o‘sishni boshladi. Moliyaviy institutlar, sug‘urta
23
Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press, 
2014. 9b. 


80 
kompaniyalari, farmasevtika kompaniyalari, advokatlar va hisobchilar bu
biznesni qay darajada o‘sganiga misol bo‘la oladi.
2. Savdo biznesi. Savdo biznesi mahsulotlarni sotish va sotib olishni, va
shuningdek, savdo biznesi faoliyatini o‘z ichiga oladi. Mahsulotlar xomashyo,
uning qismlari yoki iste’molga tayyor mahsulotlar bo‘lishi mumkin. Umumiy
qilib olganda, savdo ulgurji sotuvchi (ko‘p miqdorda) yoki chakana sotuvchi 
(oz miqdorda) turlariga bo‘linadi. Savdogar ko‘plab jarayonlardan o‘tishni 
talab qilmaydigan sotuvchi va xaridor o‘rtasida mahsulot taqsimlovchi o‘rtada
turuvchi shaxs hisoblanadi. Ko‘p savdogarlarning qiladigan ishi mahsulotlarni 
o‘rash, reklama qilish va sotib oluvchilarga mahsulotlarni yetkazib berishdan
iboratdir.
3. Ishlab chiqarish biznesi.
24
Xomashyoni tayyor mahsulotga aylantirish 
jarayoni ishlab chiqarish deb nomlanadi. Shuning uchun, ishlab chiqarish biznesi
ko‘plab jarayonlarni o‘z ichiga oladi, chunonchi savdo biznesi bilan solishtirish 
ham, chunki bunda iste’mol uchun tayyor mahsulotlar qilinadi. Holbuki, ishlab
chiqarish biznesi xomashyo va mehnat jarayonida, fabrika natijasida: misol 
uchun egri mahsulotlar, egri mehnat, fabrikaga yordamchi va qulaylik
beruvchi mahsulotlarni o‘z ichiga oladi.
Biznes uy sharoitida kichik ishlab chiqarishni tashkil etish (uy 
xo‘jaligi sanoati): oziq-ovqat ishlab chiqarish, tikuvchilik, hunarmandchilik va
hokazolar yoki fabrikalarda yirik ishlab chiqarish: Proton yoki Saym
Antennalari kabilardan iborat bo‘ladi. 
Mablag‘lar aylanishidagi asosiy bosqich-moddiy boyliklarni yaratish 
jarayoni sodir bo‘ladigan ishlab chiqarish bosqichidir. Bu yerda ishlab chiqarilgan 
buyumlar nafaqat tashqi ko‘rinishi va xususiyati bilan, balki qiymatining hajmi 
bilan ham farq qiladigan yangi mahsulot tayyorlanadi. Yangidan tayyorlangan 
mahsulot, sarflangan ishlab chiqarish vositalarining xodimlar mehnati bilan 
yaratilgan zaruriy va qo‘shimcha mahsulotdan tashkil topgan bo‘lib, u yangi 
qiymatlardan iborat bo‘ladi. 
Ishlab chiqarish jarayonini buxgalteriya hisobida aks ettirish, birinchidan, 
unga qilingan xarajatlar - sarflangan mablag‘lar, ishchi kuchi va ikkinchidan, 
ishlab chiqarilgan mahsulotlar - tayyor buyumlarda qayd etiladi. Ishlab chiqarish 
xarajatlari pul shaklida hisobga olinadi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini yagona 
o‘lchov birligida ifodalash, tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi haqida 
yig‘ma ko‘rsatkichni olish uchun zarur. Pul shakli bilan birgalikda, moddiy xarajat 
sarflari buxgalteriya hisobida tegishli tartibda natura va mehnat o‘lchovlarda ham 
24
Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press, 
2014. 10b. 


81 
ko‘rsatiladi. Bu o‘lchovlar pulda baholash uchun asos hisoblanib, ulardan 
xarajatlar hajmini boshqarish uchun foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi mehnat 
vositalari va ishchi kuchi sarfini aks ettira turib, ishlab chiqarish jarayonining 
boshqa tomonini anglatadigan ishlab chiqarish iste’molini ham o‘z ichiga oladi. 
Ko‘pgina korxonalarda ishlab chiqarish vositalari birdaniga tayyor 
mahsulotga aylanmaydi. Chunki ularga mehnatning ta’siri yangitdan yaratilgan 
mehnat mahsuli sifatida, ma’lum vaqtni talab qiladi. Shu vaqtning o‘tishi 
davomida ular tugallanmagan ishlab chiqarish shaklida bo‘lib turadi. 
Ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan milliy daromadni taqsimlash jarayoni 
vujudga keladi. Taqsimlash paytida zaruriy mahsulotning puldagi ifodasi, korxona 
va davlatning markazlashtirilgan sof daromadining summasi hisoblab chiqiladi. 
Bunda korxonaning foydasi buxgalteriya hisobidan keyinroq, ya’ni sotish 
tugagandan so‘nggina aniqlanadi va qayd qilinadi.
Ta’minot doirasida korxona pul mablag‘lari hisobiga o‘ziga zarur bo‘lgan 
moddiy boyliklarni sotib oladi. Sotish bosqichida esa ishlab chiqarish jarayonida 
yaratilgan mahsulotning iste’molchilarga sotishi sodir bo‘ladi. Bu bosqichning 
yakunida korxona zaxiralari yana pul shakliga kiradi. 
Korxonaning ta’minoti va sotish jarayonlarini aks ettirishda buxgalteriya 
hisobida quyidagilarni qayd qilishi zarur: jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan 
xarajatlar, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish va mahsulot sotishiga 
qilingan xarajatlar; ta’minot jarayonida xarid qilinadigan buyumlar; sotish uchun 
mo‘ljallangan va sotish jarayonida joylashgan ishlab chiqarish mahsulotlari hamda 
sotilgan buyumlar uchun korxonalar tomonidan olinadigan pul mablag‘lari va h.k.
Sotilgan mahsulotning summasi ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar 
summasidan korxona tomonidan belgilangan sof daromad miqdoridan ko‘p 
bo‘ladi. 
Shunday qilib, sotish jarayonining yakunlanishi moddiy ishlab chiqarish 
sohasida yaratilgan sof daromadni taqsimlash imkonini beradi. Bu yerda 
buxgalteriya hisobi davlat daromadiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan, korxona 
tomonidan olingan summa, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, foyda solig‘i 
aniqlanadi va qayd qilinadi. 
Sotish jarayoni tugagandan so‘ng korxona tegishli organlarga berilishi kerak 
bo‘lgan summalarni o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladi. 
Tovar ishlab chiqarish sharoitida korxona mablag‘larining aylanish davri 
uning boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan xo‘jalik aloqalarini 
yuzaga keltiradi. Bunday aloqalar korxonada mol yetkazib beruvchilar va 
xaridorlar bilan ta’minot hamda mahsulot sotishni amalga oshirishda, bosh 
kompaniya bilan unga u yoki bu mablag‘larni topshirish yoki olib qo‘yish paytida, 
bank muassasalari bilan ulardan ssudalar olishda, byudjetdan tashqari tashkilotlar 


82 
bilan ijtimoiy ehtiyojlarga doir hisob - kitoblarda yuzaga keladi. Xo‘jalik aloqalari 
buxgalteriya hisobida korxona mablag‘larini aylanish davrining tegishli bosqichlari 
aks ettirilayotgan paytdan qamrab olinadi. 
Ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchini ishlab chiqarish maqsadlari 
uchun qilingan iste’moldan tashqari, korxonada noishlab chiqarish iste’mollari 
ham sodir bo‘ladi. 
Noishlab chiqarish iste’moliga korxona tasarrufidagi mablag‘lardan 
foydalanish kiradi. Ularning tarkibiga uy-joy, maishiy xizmatlar, sog‘liqni saqlash 
va boshqa shu kabi mablag‘lari kiradi. Bu mablag‘larning holati va ulardan 
foydalanishni ham buxgalteriya hisobida hisobga olinadi.
Korxona mablag‘larining aylanish davri shundan iboratki, ular - ishlab 
chiqarishga, ishlab chiqarish - tovarlarga, tovarlar esa yana pul shakliga aylanadi. 
Demak, mablag‘larning aylanish davri faqat uning har xil bosqichlari ketma - ket 
uzluksiz kelib tursagina sodir bo‘lishi mumkin. 
Mablag‘larning aylanish davrini to‘g‘ri tashkil qilish, ularni har bir 
bosqichini; bo‘lgan muddatlarda bo‘lishini talab qiladi. Korxonalarda vujudga 
keladigan jarayonlar odatda har doim, deyarli uzluksiz sodir bo‘ladi. Shuning 
uchun ham, korxonalar har bir bosqichda, ya’ni uch shakldagi - pul, ishlab 
chiqarish va tovar mablag‘lariga ega bo‘lishi kerak. Shu bilan birga bu 
mablag‘larning miqdori korxona faoliyatining hajmiga to‘g‘ri kelishi va har bir 
bosqichda normal ishni ta’minlashi kerak. 
Barcha jarayonlar - ta’minot, ishlab chiqarish va sotish - alohida xo‘jalik 
operatsiyalaridan iborat. Masalan, ta’minot va sotish qator xarajatlar qilish - sotish 
hodisalaridan tashkil topadi. Ishlab chiqarishda mehnat buyumlarini mahsulot 
tayyorlashga sarflash, korxona xodimlariga bajargan ishlari uchun ish haqi 
hisoblash, mehnat vositalaridan mahsulot ishlab chiqarishda foydalanganlik uchun 
amortizatsiya ajratmalarini hisoblash va xokazolarni qayta - qayta qiymatda 
amalga oshiradi. 
Har bir operatsiyaning asosiy mazmuni korxona mablag‘larining harakati, 
ularning shakllari o‘zgarishidan iborat. Masalan, materiallarni xarid qilishda 
korxona pul mablag‘lari o‘rniga o‘zlariga kerak bo‘lgan mehnat buyumlarini sotib 
oladi va ularni sarflashda mehnat buyumlarini ishlab chiqarish jarayoni yuzaga 
kelib, tayyor mahsulot olinadi. 
Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, xo‘jalik operatsiyalarida ishlab 
chiqarish faoliyatini amalga oshirsh korxona mablag‘larining harakatigabog‘liq 
ekan. 
Xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish boshqarish 
obyekti haqida kerakli axborotlarni olish, mablag‘lardan samarali foydalanish 


83 
darajasi baholash imkonini beradi. Shuning uchun ham ular buxgalteriya 
hisobining asosiy mazmunini tashkil qiladi. 
Buxgalteriya hisobining obyektlariga yuqorida ko‘rib chiqilgan xo‘jalik 
mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalaridan tashqari xo‘jalik jarayonlari 
ham kiradi. Xo‘jalik jarayonlari ta’minot, ishlab chiqarish va sotish jarayonlaridan 
iborat bo‘lib, kapitalning doiraviy aylanishini shakllantiradi.
Korxonaning ishlab chiqarish faoliyati uni ishlab chiqarish zaxiralari bilan 
ta’minlashdan boshlanadi. Ishlab chiqarish vositalarini sotib olish va tayyorlash 
jarayoni ta’minot jarayoni deb ataladi. Ta’minot jarayonida pul mablag‘lari ishlab 
chiqarish zaxiralari va asosiy vositalar ko‘rinishiga o‘tadi. Bu bosqichda korxona 
mol yetkazib beruvchilardan, boshqa korxona va tashkilotlardan ishlab chiqarish 
zaxiralari (mineral o‘g‘it, urug‘lik, yoqilg‘i va moylash materiallari va h.k.) va 
asosiy vositalarni (mashinalar, qurilmalar va h.k.) sotib oladilar va shu bilan birga 
ishlab chiqarish jarayonining to‘xtovsizligini ta’minlaydi. 
Ishlab chiqarish jarayonida (… I-ch …) ishlab chiqarish vositalari ishchi 
kuchi bilan birikib, uning ta’siri ostida ishlab chiqarish vositalarining ayrim 
elementlari o‘z shaklini o‘zgartiradi va boshqacha xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bu 
mahsulotlar tayinlanishiga ko‘ra shaxsiy iste’mol va ishlab chiqarish iste’moli 
uchun ishlatilishi yoki sotilishi mumkin.
Realizatsiya jarayoni (T
I
-----P
I
)xo‘jalik mablag‘larining doiraviy aylanishini 
yakunlar ekan, korxona o‘z tayyor mahsulotini xaridorlarga va boshqa 
korxonalarga sotadi va natijada ulardan pul kelib tushadi. Shunday qilib, bu 
jarayonda tayyor mahsulot pul shakliga o‘tadi. Ko‘p hollarda sotilgan mahsulot 
uchun pul kelib tushishi mahsulot sotilgan vaqtdan kechikadi.
Shunday qilib, xo‘jalik faoliyati jarayonida korxona mablag‘lari doiraviy 
aylanishining uchta bosqichidan ketma-ket o‘tar ekan. Ularning ayrimlari ta’minot 
jarayonida bo‘lganida, ayrimlari ishlab chiqarish jarayonida bo‘ladi, shuningdek 
bir qismi realizatsiya jarayonida bo‘ladi va natijada biridan ikkinchisiga o‘tib 
turadi.
Shuni ham ta’kidlash zarurki, doiraviy aylanishda xo‘jalik mablag‘larining 
shakllari va tuslari ham o‘zgarib turadi. Masalan, ta’minot jarayonidagi xomashyo 
va materiallar ishlab chiqarish jarayonidan so‘ng boshqa shakl va tusga, ya’ni 
tayyor mahsulotga aylanadi. O‘z navbatida tayyor mahsulot sotilgandan so‘ng esa 
pul shakliga o‘tadi. 
Doiraviy aylanish jarayonida xo‘jalik mablag‘larining manbalarida ham 
o‘zgarish sodir bo‘ladi. Mablag‘lar schyotdan jalb qilinganda, foyda aks 
ettirilganda, foyda taqsimlanganda, ssudalar bo‘yicha hisob-kitoblar amalga 
oshirilganda va boshqa hollarda mablag‘lar manbalarida o‘zgarish sodir bo‘ladi. 


84 
Demak, xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbalari doimo harakatda bo‘lib, 
o‘zgarib turar ekan. Xo‘jalik mablag‘lari va ular manbalarining tarkibi va 
tuzulishida sodir bo‘lib, tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan ayrim o‘zgarishlar 
xo‘jalik muomalasi deb ataladi. Masalan, ishlab chiqarishga moddiy boyliklarni 
sarflash, olingan mahsulotlarni kirim qilish va boshqa shunga o‘xshash ayrim 
muomalalar. 
Xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarida o‘zgarish sodir 
qiluvchi barcha xo‘jalik muomalalari tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi va 
buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Xo‘jalik mablag‘lari, ularning tashkil topish 
manbalarining tarkibi va funksional rolini, ularning doiraviy aylanish 
jarayonlaridagi harakatini ko‘rib chiqib, buxgalteriya hisobi predmetiga umumiy 
ta’rif berish mumkin. 
Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning pulda baholanadigan xo‘jalik 
mablag‘lari, ularning tashkil topish manbalari, hamda xo‘jalik faoliyati jarayonida 
sodir bo‘ladigan mablag‘lar doiraviy aylanishi va manbalar o‘zgarishi buxgalteriya 
hisobining predmetini tashkil etadi. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin