O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 017 yil fevraldagi 4947-sonli


Hujjatlarni buxgalteriyada ishlash



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/102
tarix07.07.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#136078
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   102
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

Hujjatlarni buxgalteriyada ishlash
Hujjatlarni guruhlash - bu ularni mazmuniga ko‘ra bir xil guruhlarga 
to‘plashdir. U bir xil hujjatlar bo‘yicha umumiy xulosa chiqarish imkonini beradi. 
Bu esa guruhlangan ma’lumotlarni ishlatishni ancha osonlashtiradi. 
Guruhlashning maqsadi har xil mablag‘lar yoki manbalar bo‘yicha ma’lum 
davr uchun yig‘ma (umumlashgan) ma’lumotlarga ega bo‘lishdan iborat. Shu bilan 
birga dastlabki hisobni yuritish ham soddalashadi. Masalan, materiallar harakatiga 
doir hujjatlar har bir nomenklatura raqamining kirimi va chiqimi bo‘yicha; kassa 
hujjatlari pul mablag‘larining maqsadli tushumi va sarflanishi bo‘yicha va h.k. 
guruhlanishi mumkin. Hujjatlarni guruhlash maxsus jamlovchi yoki guruhlovchi 
vedomostlarda amalga oshiriladi.
Hujjatlarni buxgalteriyada ishlash
Guruhlash
Taksirovka
Kontirovka
So‘ndirish


114 
Jamlovchi vedomostlar dastlabki hujjatlarning buxgalteriyaga kelib 
tushishiga qarab to‘ldiriladi. Hisobot davri oxirida ularda tegishli ko‘rsatkichlar 
bo‘yicha jami hisob-kitob qilinadi. Masalan, sotilgan mahsulotlarni xaridorlar 
bo‘yicha jo‘natish jamlama vedomosti. 
Guruhlovchi vedomostlar buxgalteriya hisobida aks ettiriladigan xo‘jalik 
muomalalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bir tizimga keltirish uchun tuziladi. Ular 
ma’lum belgilari bo‘yicha tanlangan hujjatlardan ma’lumotlarni o‘tkazish bilan bir 
vaqtda to‘ldiriladi. Masalan, butun korxona bo‘yicha hisoblangan ish haqi va 
ushlanmalar turlari bo‘yicha guruhlash vedomosti.
Hujjatlarni taksirovka qilish ularda ko‘rsatilgan natural va mehnat 
o‘lchovlarini umumlashtiruvchi pul o‘lchoviga o‘tkazishni nazarda tutadi.
Agar xo‘jalik muomalasi natural o‘lchovlarda (metr, kg, dona va h.k.) 
ifodalangan bo‘lsa, ularning miqdori bir birligining bahosiga ko‘paytiriladi. 
Masalan, limit-zabor vedomostlarini taksirovka qilish.
Agar hujjatlarda mehnat to‘lovlari (soat, ish kuni) ko‘rsatilgan bo‘lsa, u 
holda vaqt birligining qiymatiga ko‘paytiriladi. Masalan, ish vaqtini hisobga olish 
tabelidagi ishlangan vaqt bo‘yicha ish haqi hisoblash. Hujjatlar taksirovka 
qilingandan so‘ng aloqa qiluvchi schyotlar va xarajat moddalari bo‘yicha 
kontirovka qilinishi kerak. Kontirovka qilish usullari buxgalteriya hisobining 
korxonada qo‘llaniladigan shakliga bog‘liq. 
Kontirovka – bu dastlabki va yig‘ma hujjatlarda xo‘jalik muomalasining 
summasi debeti va krediti bo‘yicha aks ettirilishi lozim bo‘lgan schyotlarning 
ko‘rsatilishi. Ushbu maqsadda ko‘pchilik dastlabki hujjatlarda maxsus joy 
ajratiladi (avans hisobotida, kirim va chiqim kassa orderlarida, kassa daftarida va 
b.). 
Agar jamla hujjat bo‘lsa, ko‘rsatilgan yozuv uning oxirida keltiriladi.
Hujjatlarni so‘ndirish – hujjatlarda ularning ishlatilganligi to‘g‘risida 
«olindi», «to‘landi» yoki «so‘ndirildi» degan shtamplarni bosish yo‘li bilan belgi 
qo‘yish.
Barcha pul hujjatlari ularni qayta ishlatishning oldini olish maqsadida tezkor 
tarzda so‘ndiriladi. Boshqa barcha hujjatlar ular schyotlarga yozilganidan so‘ng 
adashib qayta yozish yoki qandaydir suiste’mollarning oldini olish uchun joriy 
tartibda so‘ndirilishi lozim.
Agar korxonada hisobning avtomatlashtirilgan shakli qo‘llanilsa, hujjatlarni 
buxgalteriyada ishlash hisob nomenklaturalarini (buxgalteriyada) tegishli xos 
raqam (kod) bilan belgilash va hujjatlarni pachkalarga komplektlashdan iborat 
bo‘ladi. 
Qayta ishlangan hujjatlarga albatta tegishli belgi qo‘yilishi lozim. Bu bilan 
hujjatni yana qayta ishlashni oldi olinadi. Agar hujjat qo‘lda qayta ishlansa, hisob 


115 
registriga yozilgan muddati, agar qayta ishlash hisoblash qurilmasi orqali amalga 
oshirilsa, ularni qayta ishlashga javobgar nazoratchi shtamp orqali belgi qo‘yadi. 
Kassa jarayonlariga asos bo‘luvchi kassa kirim va chiqim orderlariga, to‘lov 
vedomotslariga jarayon amalga oshirilgan zahoti qo‘lda yoki shtampda “olindi” 
yoki “to‘landi” degan so‘zlar muddatni (kun, oy, yil) ko‘rsatilib aks ettirilish shart. 
Buxgalteriya hisobida hujjatlar xarakati, ya’ni tashkil etish yoki boshqa 
korxonalar, tashkilotlar, muassasalardan hisobga, qayta ishlashga, arxivga uzatish 
uchun olinishi ro‘yxat bilan tartibga solinadi. 
Hujjat aylanishi ro‘yxatini tuzish ishlarini bosh buxgalter tashkil etadi va 
hujjat aylanishi ro‘yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 
Ro‘yxatni tuzishdan maqsad, hisob ishlarini osonlashtirish, hujjat aylanishini 
oqilona tashkil etishdan iborat. Hujjat aylanishi ro‘yxati sxema ko‘rinishida 
rasmiylashtirilishi mumkin. Yoki jadval ko‘rinishida bo‘lib, quyidagi rekvizitlarga 
ega bo‘ladi: hujjat nomi, hujjatni tuzish (nusxa soni, rasmiylashtiruvchi mas’ul, 
bajarilishga mas’ul, bajarilish muddati) hujjatni tekshirish (tekshirishga mas’ul, 
kim keltirishi, keltirish tartibi, keltirish muddati), hujjatni qayta ishlash (kim 
bajarishi, qayta ishlash muddati) arxivga berish (kim beradi, berish muddati), 
hamda ro‘yxatni tasdiqlash buyrig‘i tartib raqami va muddati, korxona muhri, 
korxona bosh buxgalteri va rahbari imzosi . 
Korxona xodimlari hujjat aylanishi ro‘yxatiga asosan, ular faoliyatiga 
taalluqli hujjatlarni tuzadi va taqdim etadi. Hujjatni o‘z vaqtida to‘g‘ri to‘ldirilishi, 
belgilangan, muddatda taqdim etilishi, ulardagi ma’lumotlar ishonchliligiga 
javobgarlik shu hujjatni tuzgan va imzo chekkan shaxsga yuklatiladi. 
Korxona bo‘yicha hujjat aylanishi ro‘yxati bo‘yicha ishlar o‘z vaqtida 
bajarilishini bosh buxgalter nazorat etib boradi. 
Dastlabki hujjatlar, hisob vedomostlari, buxgalteriya hisobotlari va 
balanslari arxivga topshirilishi majburiydir. 
Hujjatlar arxivga topshirilgunga qadar buxgalteriyada maxsus binoda yoki 
korxona rahbari tayinlagan moddiy javobgar shaxs mas’ulligida bekitiladigan 
shkaflarda saqlanadi.
Qat’iy hisobdagi blankalar esa, ular saqlanishini ta’minlaydigan seyflarda, 
metall shkaflarda, maxsus binolarda saqlanadi. Aniq bir, hisob vedomostiga 
taalluqli, joriy oyda qayta ishlangan dastlabki hujjatlar xronologik tartibda yig‘ilib 
arxivga ma’lumotnoma bilan uzatiladi. 
Kassa orderlari, hisobdorlik hisobotlari, bank ko‘chirmalari, ularni ilovalari 
bilan birga xronologik tartibda yig‘iladi va taxlanadi. Ba’zi bir hujjatlar 
taxlanmasligi mumkin, ammo ular yo‘qotilishi yoki suiiste’mollikni oldini olish 
maqsadida tikib qo‘yiladi. 


116 
Korxona arxivida dastlabki hujjatlar, hisob registrlarini, hisobotlarni saqlash 
tartibi O‘zbekiston Respublikasi arxivi bosh boshqarmasini materiallarini saqlash 
ko‘rsatmasiga ko‘ra, o‘rnatiladi. 
Hujjatlarni buxgalteriyadan va arxivdan boshqa tarmoq xodimlariga berilishi 
korxona bosh buxgaletriya ruxsati bilan amalga oshiriladi. 
Korxonadan hujjatlarni faqat aniqlash dastlabki tergov, prokuratura va sud 
tashkilotlari tomonidan amaldagi qonunchilikga javob bergan hollardagi 
qarorlariga asosan olinishi mumkin. Hujjat olinishi bayonnoma bilan 
rasmiylashtirilib, uni bir nusxasi korxona tegishli mas’ul xodimiga imzo bilan 
beriladi. Hujjat olgan tashkilot ruxsati va vakili ishtirokida, tegishli mas’ul xodim 
olingan hujjatdan nusxa olishi mumkin va unda asosni ko‘rsatilishi va olingan 
muddati ko‘rsatilishi kerak. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin