112
hujjatlarning vazifasi axborotni
kompyuterda bajarganda, u qo‘l bilan
tayyorlanganga o‘xshash isbotlovchi hujjatning barcha rekvizitlariga ega bo‘lishi
kerak. Hisob axborotini u yoki bu mashinali tashuvchisida avtomatik tarzda qayd
etilgan muomalalar majmuasi to‘g‘risidagi yakuniy ma’lumotlar keyinchalik
barcha majburiy rekvizitlarga ega bo‘lgan tegishli
hujjatni tuzish bilan
tasdiqlanishi kerak.
Hujjatlarni siyoh, kimyoviy qalam bilan, yozuv mashinkalari yoki
kompyuterlar yordamida yozib berishga ruxsat etiladi.
Hujjatlar batartiblik bilan tuzilishi, matn
va raqamlar shunday aniq va
ravshan yozilishi kerakki, undan rasmiylashtirilgan muomalaning mazmuni va
hajmini osonlik bilan tushunib olish mumkin bo‘lsin. Hujjatdagi imzolar ravshan
bo‘lishi kerak.
Hujjatdagi matnda ham, raqamli ma’lumotlarda ham hech qanday
tozalashlar, dog‘ va izohlanmagan to‘g‘irlashlarga ruxsat etilmaydi. Kirim va
chiqim kassa orderlarida umuman hech qanday to‘g‘rilashlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatlardagi ma’lumotlarning ishonchliligi va ularning yuqori sifatli tuzilganligi
uchun ularga imzo chekkan xodimlar (bo‘lim boshliqlari, omborchilar, kassirlar va
boshqalar) javob beradi.
Hujjatlardan ikki marta (qayta) foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik
maqsadida
ulardan ba’zilari o‘chiriladi. Bu kirim va chiqim orderlarga biriktiriladigan barcha
hujjatlar (arizalar, ishonchnomalar va shu kabilar)ga tegishlidir.
Dostları ilə paylaş: